Kitobning to‘liq elektron bazasi: har bir so‘z asos va qo‘shimchalarga ajratilgan holda — yozing va tarkibini bir zumda ko‘ring.
Kitobda «/» bilan ajratilgan so‘z qismlari — asos va qo‘shimchalar chegarasi
Izofali birikma yoki leksikalizatsiya natijasida bir so‘zga aylangan guruhlar
Ayrim so‘zlarga fonetik hodisa yoki tarkib haqida izoh berilgan
Lug‘atning maqsadi, ilmiy asoslari va tuzilish tamoyillari mualliflar so‘zboshisida bayon etilgan.
Tilning ijtimoiy hodisa ekani uning boshqa tillar, jamiyat hayoti va undagi o‘zgarishlar bilan doimiy aloqadaligini bildiradi. Bu esa, o‘z navbatida, so‘zning tarkibi bo‘lgan asos va qo‘shimchalarda to‘xtovsiz o‘zgarish bo‘lib turishini anglatadi.
Uzoq va boy tarixga ega o‘zbek tili – tilshunoslik tadqiqotlarining qimmatli obyekti. Shu sababli lug‘atshunoslik – tilshunoslikning o‘zgarishlarga eng boy sohasi. Bugun tuzilgan lug‘at ertaga yangilanishga ehtiyoj sezadi. Shu sababli izohli, imlo, ayrim soha lug‘atlarining yangi-yangi nashrlarini tez-tez uchratamiz. Shunday ekan, ushbu so‘z tarkibi lug‘ati ham o‘zidan avvalgi shu tipdagi lug‘atlarning tadrijiy va mantiqiy davomidir. Hozirgi vaqtda o‘zbek tilining shu tipdagi bir necha lug‘atlari mavjud bo‘lsa-da, ular ko‘pincha morfemalarning ham butun doirasini qamrab olmaydi yoki tilning hozirgi holati va tilshunoslik taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari natijalarini aks ettirmaydigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek tilining ilk so‘z tarkibi (morfem) lug‘ati – Ayub G‘ulomov yetakchiligida tuzilgan “O‘zbek tilining morfem lug‘ati”1. Sobiq SSSR davrida morfemaga so‘z tarkibi sifatida qarash ortidan so‘zlarning tarkibiy qismlarga ajralishini bildiradigan lug‘atga morfem lug‘at deyilgan. Morfemaning slavyan tillariga xos “so‘zning asosi va qo‘shimcha qismi” ta’rifini o‘zbek tiliga tatbiq etish mazkur tipdagi lug‘atning so‘z tarkibi lug‘ati emas, morfem lug‘at nomini olishga sabab bo‘ldi. Keyinchalik o‘zbek tilshunosligida morfemaga bo‘lgan qarash o‘zgardi. Endi morfema so‘zning tarkibiy qismi emas, so‘zning asosiy ma’nosini ifodalab kelayotgan qismni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi til birligi sifatida qarala boshladi. Ya’ni morfemaning asosiy vazifasi lug‘aviy ma’no anglatish emas, balki lug‘aviy ma’no anglatuvchi birliklarni shakllantirish hisoblanadi. Shu sabab bu tipdagi lug‘atning davomchisi so‘z tarkibi lug‘ati deya nom oldi2. Professor Baxtiyor Mengliyev rahbarligida ana shunday nomdagi lug‘atni tuzishga muvaffaq bo‘lindi. Shunday qilib, so‘zni asos va qo‘shimchaga ajratadigan lug‘at so‘z tarkibi lug‘ati o‘laroq ommaga taqdim etildi.
Ayub G‘ulomovning “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” kitobi leksikografik metodologiyaning taraqqiyoti, til lug‘at boyligida o‘zgarish bo‘lgani sabab yangilanishga muhtoj edi. Undagi ayrim so‘zlarning tarkibiy qismlarga ajratilishi so‘nggi davrlardagi o‘zbek tilining tabiiy xususiyatlariga mos kelmaydi. Masalan, avay/la/b, avay/la/moq, avia/tor, bag‘ish/la/t/moq, be/jirim, be/jiz kabi. Aslida, bunday yondashuv tarixiy-etimologik-genetik tabiatga ega va mantiqsiz emas. Vaqt o‘tishi nafaqat so‘zlarning tarkibida o‘zgarish bo‘lishiga, balki yondashuvlarning yangi turlariga ham olib keladi. Shu sabab ushbu lug‘atning qayta ishlangan, ishonchliroq variantini tuzishga ehtiyoj sezildi. Bu vazifani tilshunoslar – B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar boshlab berishdi. Ularning so‘z tarkibiga bag‘ishlangan lug‘ati ko‘p yillar davomida o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun muhim qo‘llanma vazifasini o‘tab keldi deyish mumkin. Qo‘lingizdagi bu lug‘at uchun mazkur manbalar asos bo‘lib xizmat qildi.
Hurmatli o‘quvchi, hukmingizga havola etilayotgan ushbu lug‘atning ayrim jihatlarini alohida ta’kidlash lozim:
Bu jihatlarga ega bo‘lgani holda ushbu lug‘at ham davr mahsuli, vaqt o‘tishi bilan u, avvalgilari kabi, yangilanishga ehtiyoj sezadi.
O‘zbek tilining yangilangan so‘z tarkibi lug‘ati – tilshunos, filolog, tarjimon va o‘zbek tiliga qiziquvchilar uchun muhim manba. Lug‘at quyidagi dolzarb vazifalar nuqtayi nazaridan yaratildi:
– o‘zbek tilining tuzilishi va tarixini yanada chuqur o‘rganish;
– o‘zbek tilining grammatika va lug‘at boyligini takomillashtirish;
– o‘zbek tilidagi matnlarni tahlil va sintez qilishning yangi usullarini ishlab chiqish;
– O‘zbekistonda til madaniyati va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Hurmatli kitobxon, lug‘atning keyingi yangilangan variantini tayyorlash, balki, Sizga nasib etar. Shunday ekan, uni o‘rganishda davom eting. Lug‘atning qanchalik mashaqqat bilan tayyorlanganini Siz ham o‘zingizda his eting. Shundagina o‘zingizdan avvalgi olimlarning bosib o‘tgan yo‘llaridan yurib, lug‘atchilik an’anasining saqlanib qolishi va rivojlantirilishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
Unutmang! Nafaqat leksikografiyaning, balki butun boshli o‘zbek tilining ravnaqi ham Siz bilan bo‘ladi!
Baxtiyor Mengliyev,
Nodirbek Xabibillayev
1 Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тoшкент: Ўқитувчи, 1977. – 463 б.
2 Mengliyev B., Bahriddinova B. O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati. – Тoshkent: Yangi asr avlodi, 2007. – 56 b.
Harfni tanlang — o‘sha bo‘limdagi so‘zlar o‘zbek alifbosi tartibida chiqadi. Istalgan so‘zni bosing, tahlili yuqorida ochiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud morfemalar: har bir qo‘shimchaning ta’rifi va namunalari. Bosh qidiruvga «-lar» kabi defis bilan yozsangiz ham qo‘shimcha haqidagi ma’lumot chiqadi.
| Qo‘shimcha | Ta’rifi | Namunalar |
|---|
Nodirbek Xabibillayev. «O‘zbek tili so‘z tarkibi lug‘atini tuzishning lingvistik asoslari» (monografiya, 2025) — lug‘atning ilmiy-nazariy poydevori. Bo‘lim sarlavhasini bosib, matnni oching.
Jahon tilshunosligida morfemika va so‘z tarkibi sohalarining mustaqil yo‘nalishlar sifatida taraqqiy etishi, lug‘atlarning yaratilishida milliy morfemika va so‘z tarkibini rivojlantirish masalalari hamda bu boradagi tadqiqotlarning amaliy qamrovi kengaymoqda. Bu esa mazkur sohalardagi ilmiy izlanishlarning amaliyot bilan bog‘liq zarur lisoniy ehtiyoj ekanini yaqqol ko‘rsatib beradi. So‘zlarni tarkibga ajratish borasida bugungi kunda muammolar yetarlicha ko‘zga tashlanib, mazkur yo‘nalishda eng ko‘p munozarali lisoniy vaziyatlar maydonga kelmoqda.
Dunyo tilshunosligida ilmiy yondashuvlar asosida tilning milliy korpusini yaratish, til birliklaridan samarali va natijador foydalanishni ta’minlash borasida ham ko‘plab tadqiqotlar maydonga kelmoqda. Xususan, milliy korpusni yaratishda morfemalarning semantik jihatdan mutanosiblashuvining ilmiy-nazariy asoslarini aniq va mukammal holga keltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. XXI asrga kelib, korpus lingvistikasini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish harakatlarining kuchayib borishi sezilmoqda. Milliy tillar avtomatik tarjima sifatini yaxshilash, har bir tilga oid so‘zlarni lemmalash, lemmatizatsiyalash, teglash nazariyasi algoritmi hamda lingvistik ta’minotini yaratish, matn tahlil qilish, tarjima dasturlarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish va yaratish elektron texnologiyalar davrida zaruriy masala sifatida qo‘yilmoqda. Bugungi davrda informatsion texnologiyalar, jumladan, elektron dasturlar orqali tilshunoslikning sohaviy fanlarini jamiyat hayotiga joriy qilish, milliy leksik birliklarning tarkibi masalalarini ilmiy-sistem tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbek tilshunosligida ham “…respublikamiz hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan katta o‘zgarishlar, rivojlangan juda ko‘p mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayib borayotganligi qisqa vaqt mobaynida o‘zbek tili, xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ana shunday omillar ta’sirida o‘zbek tili lug‘at tarkibida yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar munosabati bilan tilning davr talabiga javob beradigan ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzish va chop etish”1 ishlari amalga oshirilganidan so‘ng yanada rivojlanmoqda. Tilning lug‘at boyligida bo‘lgan o‘zgarishlar va o‘zga tildan kirib kelayotgan morfemalar lug‘atning boshqa turlarining ham yangilanishini, jumladan, so‘z tarkibi lug‘atining yangi variantlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida morfemikaning va so‘z tarkibining o‘rni, umumiy va xususiy tarkibga ajratish muammolari bilan bog‘liq tadqiqotlar muayyan darajada amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, so‘zlarning tarkibi va uning tahlili masalasi muammoligicha qolmoqda. Bunga ushbu tildagi birliklarga yetarli baho bermaslik, o‘zga til tajribalaridan ko‘r-ko‘rona foydalanish, lingvistik qarashlarda an’anaviylik, mavjud yangiliklarni tan olmaslik kabi omillar sabab bo‘lmoqda. Sohaga oid amaldagi manba sifatida so‘z tarkibi lug‘atini tuzishga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiya mavzusi ham o‘zbek tilshunosligi oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning bajarilishiga ulush bo‘lib qo‘shiladi.
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2023. – B. 6.
Avvalo, ta’kidlash joizki, morfema termini Boduen de Kurtene tomonidan muomalaga kiritilgan. U morfemaga quyidagicha ta’rif beradi: tilning boshqa mayda morfologik bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik morfologik birligidir. Olim morfema terminiga slavyan tillari xususiyatidan kelib chiqib ta’rif bergan. Rus tilida morfema asos va qo‘shimchalar mazmunini anglatishi shu tilning ensiklopedik lug‘atida ham o‘z aksini topgan2. Sharqshunos olim Yevgeniy Polivanov ham morfemalarni leksik (o‘zak) va formal (grammatik) morfemalar kabi turlarga bo‘lgan3. Iristoy Qo‘chqortoyev ham asosni morfema hisoblaydi4. Abduazim Sodiqov boshchiligida yozilgan kitobda ham morfemaga so‘zning tarkibi sifatida qaralganiga guvoh bo‘lamiz5. Abdurayim Turobov ham morfemani so‘zning tarkibiy qismi deb hisoblaydi6. Tabiiyki, slavyan tillarining leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari o‘zbek tilining ana shu xususiyatlari bilan mos emas va shu sabab ushbu tillardagi mavjud leksik va grammatik tamoyillarning o‘zbek tiliga kirib kelishi tilda bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bular haqida tadqiqot davomida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbek tilshunosligiga morfema tushunchasi sobiq SSSR davrida kirib kelgan. Rus tilining ta’siri kuchli bo‘lgani sababli ushbu davrda tilshunoslikdagi ko‘plab yangi qarashlar shu tildan oqib kira boshladi. Shular qatori morfema tushunchasi ham boshqa aksariyat yangiliklar singari rus tilshunosligiga moslashgan holatda o‘zbek tilshunosligiga, Azim Hojiyevning ta’biri bilan aytganda, “majburlab” olib kirildi. Buning natijasida bir qator muammolar yuzaga kela boshladi. Morfema borasidagi ana shu muammolarni payqash va ularni to‘g‘rilash akademik Azim Hojiyevning davrigacha davom etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ungacha morfemaga bo‘lgan qarash deyarli barcha olimlarda bir xil tus oldi. Ya’ni, morfema – so‘zning eng kichik, boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfemani so‘zning tarkibiy qismi sifatida ana shunday qarash an’anaviy tus olgan bir paytda olim bularga nuqta qo‘ydi, deyishimiz mumkin. Tadqiqotimizning ushbu qismidan ana shu masalalar va so‘nggi davrlarda amalga oshirilayotgan mavzuga oid ilmiy-tadqiqot ishlar o‘rin olgan.
O‘zbek tilshunosligiga morfema termini slavyan tilidagi o‘ziga xos xususiyati bilan birga kirib kelganligini unga berilgan ta’rif orqali bilib olish mumkin. Ya’ni morfema – so‘zning tarkibiy qismi. Eng kichik, boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan qism. Professor Olga Axmanovaning tilshunoslik terminlarining izohiga bag‘ishlangan lug‘atida lug‘aviy ma’no anglata oladigan birliklarga ham morfema sifatida baho berish o‘z ifodasini topgan7. Quyida morfemani ana shunday birlik sifatida qabul qilgan olimlarning shu mavzudagi mulohazalari bilan tanishamiz.
Avvalo, aytish joizki, Ayub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligida fonetika, morfologiya, so‘z yasalishi, sintaksis va leksikografiya bo‘yicha asarlar yozib, ushbu sohalarning taraqqiyotiga juda ulkan hissa qo‘shgan yetuk olimdir. Uning asarlari hali-hanuzgacha o‘z sohasining asosiy grammatik qoidalarini jamlagan manba bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, olim yaratgan “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” ko‘p yillar davomida soha vakillariga juda qo‘l kelgan. Olim morfemani so‘zning eng kichik ma’noli qismi sifatida izohlagan. Professor Ayub G‘ulomov o‘z davrining yetuk olimi hisoblangan. Olim til sathidagi umumiy, ijtimoiy-ruhiy morfema bilan uning nutqiy jarayonda xilma-xil ko‘rinishlarda voqelangan morflar (allomorflar)ni bir-biridan farqladi. Shuningdek, olim morfemalarni o‘rganuvchi alohida tilshunoslik bo‘limi ajralib chiqayotganini ham payqadi. Bu haqida u quyidagicha yozadi: “O‘zak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi – hodisaga qanday nuqtayi nazardan yondashishi har xil, shunday bo‘lsa ham, baribir har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. Shunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda ularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalarning har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega”.
Bundan tashqari, olim so‘zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishini bir-biridan farqlab berdi. Uning ta’kidlashicha, so‘zning morfematik tahlilida uning morfemalari aniqlansa, so‘z yasash tahlilida so‘z yasalma sifatida doimo ikki qismga – yasovchi o‘zak yoki yasovchi negiz, yasovchi affiksga ajraladi. Shunday qilib, olim morfemika va so‘z yasalishi kabilarni alohida o‘rganish lozimligini bildirib o‘tgan. Bu bilan tilshunoslikning alohida bo‘limi – morfemikaning mavjud ekanini aniqlagan. Shundan so‘ng o‘tgan asrning 70-yillarida morfemika bo‘limi o‘zbek tilshunosligida ham alohida o‘rganila boshlandi. Olimning katta yutug‘i shundaki, morfemaning morflar yig‘indisi hamda umumlashma ekanini e’tirof etdi. Bu bilan morfemaning til tizimida alohida birlik ekanini tasdiqladi.
So‘z tarkibida bir yoki bir necha morfemalar ishtirok etishi, ular tub yoki yasama holida mavjud bo‘lishi, tub va yasama so‘zlarning morfemalarga tenglashish darajasi turlicha shakllanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, analiz qilinayotgan so‘zdagi bo‘linuvchi har bir qism o‘zbek tilidagi boshqa so‘zlarda uchraydigan xuddi shunday elementlar bilan qiyos qilib ko‘rilishi kerak8.
О.Usmon va B.Avizovlarning fikricha, yasama so‘zning aosiy, bo‘linmas qismi “o‘zak”, so‘zdan shakl yasovchilar (turlovchilar) olib tashlangandan qolgan qismi esa “negiz” hisoblanadi9. E’tibor bering, ushbu fikr 1939-yili ilgari surilgan bo‘lsa, 2010-yilda Azim Hojiyev bunga qarshi fikrni bildirib o‘tadi10. Ungacha hech kim bunga e’tiroz bildirmaydi. O‘zak va negiz tushunchalari turkiy tillarga xos bo‘lmagani uchun Hojiyevning e’tirozlari o‘rinli deb hisoblaymiz.
Ra’no Sayfullayeva morfemika so‘zning nomustaqil qismi haqidagi ta’limot… So‘zning o‘zakdan boshqa qismi undan ayricha tushunilmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfemalar deyiladi, degan fikrni ilgari surgan edi11. O‘zi yo‘q narsa haqida ma’lumot berib bo‘lmaganidek, bu holatda nomustaqil qism deganda unga ta’rif berishning o‘zi mantiqsizlik bo‘ladi. Bu bilan Ra’no Sayfullayeva morfema faqat so‘zning tarkibidagina bo‘ladi, degan avvaldan mavjud bo‘lgan morfema borasidagi o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan talqinni keltirib o‘tmoqda. Olima morfemaning turi mavjudligini (ko‘makchi va yetakchi) o‘z asari orqali bildirib o‘tmoqda. Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega degan fikr orqali Azim Hojiyevning fikrini tasdiqlamoqda. Azim Hojiyevning so‘z morfemalar terminini olima “leksema-morfema” termini bilan “oraliq uchinchi” maqomida o‘rganishni taklif etgan. Lug‘aviy ma’noga ega emasligi jihatidan va shakllanuvchanlik belgisini yo‘qotganligi jihatidan ular morfemaga o‘xshasa, alohida ajralganlik jihatidan so‘zlarga o‘xshashini ta’kidlab o‘tib olima ularni “leksema-morfema” termini bilan ataydi. Ammo leksema tushunchasi leksik ma’no anglatadigan birlik sifatida ushbu holatga mos emasligi ma’lum. Bu jihatdan Azim Hojiyevning “so‘z morfemalar” termini ko‘proq mos kelishi aniq.
Olimaning qo‘shimchalardan xoli leksemaning o‘zak atamasi bilan nomlanishini tan olishi uning rus tilshunosligiga tayanganligidan dalolat beradi. Rus tilidan kirib kelgan o‘zak, negiz tushunchalarining o‘zbek tili uchun keraksiz ekanini quyida Azim Hojiyevning fikrlari misolida ko‘rib o‘tamiz.
Bundan tashqari, Ra’no Sayfullayeva morfemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra polisemiya, omonimiya, antonimiya va sinonimiya kabi turlari mavjudligini ko‘rsatadi12. Ushbu fikrning noo‘rinligini ham quyida Azim Hojiyevning fikrlari misolida ko‘rib o‘tamiz. Ya’ni mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan birliklar o‘rtasida sinonimlik, antonimlik, omonimlik va ko‘p ma’nolilik kabi holatlarning bo‘lishi kulguli holat sanaladi.
Abduzuhur Abduazizov so‘zning asosiy ma’nosini ifodalab kelayotgan qismini o‘zak morfema hisoblaydi (Shomaqsudov boshchiligida yozilgan kitobda ham morfemaga mana shunday ta’rif berilgandi13). Shu sabab qo‘shimchalardan xoli bo‘lgan gul, kitob, ko‘z, yoz kabi so‘zlarni bir morfemali so‘zlar deya ta’riflaydi14. Mana shuning o‘zi olimning ushbu mavzuga rus tilshunosligi ta’siridagi morfema tushunchasidan kelib chiqib yondashganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, olim affikslarning so‘zda kelish o‘rniga ko‘ra uchga bo‘linishini keltirib o‘tadi. Ular orasida interfiks – so‘z o‘zagi va boshqa qismining ulanishi uchun xizmat qiluvchi so‘zning o‘rtasida keluvchi morfema e’tiborimizni tortdi. Olim interfiks haqida ma’lumot bergan ilk olimlardan emas. Bu tushuncha avvaldan mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hali hamon o‘zbek tilshunosligidagi o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri bo‘lib kelmoqda edi. O‘zbek tilida boshqa turkiy tillardagi kabi so‘z formalari morfemalarning ketma-ket ulanishidan tuzilib, odatda, o‘zak morfema va keyingilari affiksal morfemalardan iborat. Ba’zan so‘z formasining asosi o‘zak morfema va bir yoki bir necha affiksdan iborat deb hisoblanadi15. So‘zlarni tarkibga ajratishdagi o‘zbek modeli (asos deb qaraladigan qism mustaqil qo‘llanishi kerak, morfema deb qaraladigan qism boshqa so‘zlarga ham qo‘shila olishi kerak)dan kelib chiqsak, ikki so‘z o‘rtasida keluvchi bunday morfemalarning o‘zbek tilshunosligi uchun xos emasligi aniq bo‘ladi. Magnitoelastik, gultojixo‘roz kabi so‘zlarda kelayotgan о va i kabi morfemalar o‘zbek tilida tarkibga ajratilmasligi borasida ushbu tadqiqot davomida to‘xtalamiz.
Yormat Tojiyev morfemika morfologiyaning alohida bir bo‘limi ekanini ta’kidlaydi16. Bu Tojiyevning o‘zbek tilshunosligida morfemaga bo‘lgan an’anaviy qarash hisoblanmish so‘zning tarkibiy qismi ekanini qabul qilganini anglatadi. Olim morfemalarni ikki qismga (yetakchi morfema – o‘zak morfema va ko‘makchi morfema – affiks morfema) ajratib, yuqoridagi tilshunoslar kabi fikrlaydi. Olim morfema qabul qilmagan yoki nol ko‘rsatkichga ega bo‘lgan leksemalarni o‘zak morfema sanamaydi: so‘z qismlardan (eng kamida ikki qismdan) tashkil topmagan bo‘lsa, u tub so‘z sifatida baholansa, bu o‘rinda morfema haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, «So‘z birgina morfemadan iboratdir», – deb qarash maqsadga muvofiq emas. Demak, morfema tushunchasi so‘z qismlardan iborat bo‘lgandagina paydo bo‘ladi. Jumladan, kuz, muz, kel, bir, ol, non, ish, ter, yur, tur, gul, tog‘, bor va boshqalar. Alohida olinganda, morfemadan keyin turadigan yirik til birligi bo‘lib, ular so‘zlardir. Bu so‘zlar gapda ishtirok etganda, ma’lumki, albatta, qandaydir bir grammatik formaga ega bo‘ladi. Bu forma nol forma ko‘rinishida bo‘lishi ham, ko‘rsatkich (alohida) ishtirok etgan ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin. Qiyoslang: kuz kelishi bilan qishki-kuzgi ishlarga tayyorgarlik boshlab yuborildi; Har yili kuzda bir dala aylanib kelaman. Birinchi gapdagi kuz so‘zini grammatik ma’no ifodalovchi nol ko‘rsatkichlariga nisbatan (bosh kelishik, birlik...) o‘zak morfema sifatida baholash mumkindek tuyulsa ham, u o‘zak morfema emas, balki asos – forma yasalish asosidir. Demak, gap tarkibidagi kuz so‘zi (so‘z-formasi) bilan alohida olingan, lug‘aviy birlik sifatida qaraladigan kuz so‘zi o‘rtasida farq bor (asos va so‘z sifatida farq qiladi).
Keyingi gapda kuzda so‘zi, ko‘rinib turibdiki, ikki qismdan iborat: kuz – o‘zak morfema; -da affiks morfema. Bu so‘zning morfem tahliliga ko‘radir. Morfologik tahlilga ko‘ra ham bu so‘z ikki qismdan iborat: kuz – forma yasalish asosi; -da grammatik ma’no ifodalovchi vosita. Xullas, ikkinchi holatda so‘zning kuz qismi morfem tahliliga ko‘ra o‘zak morfema, morfologik tahlilga ko‘ra forma yasalish asosidir17.
Olim so‘z va morfemaning farqi bor ekanini ham bildirib o‘tadi. Ya’ni o‘zak morfema so‘z emas, so‘z esa morfema emas. Masalan, ishchi so‘zidagi o‘zak morfema ish so‘zidir. Ushbu o‘zak morfemaga ergash morfema qo‘shilib ishchi so‘zi (o‘zak morfemasi emas) hosil bo‘lmoqda. So‘z va o‘zak morfema haqida to‘xtalar ekan, olim yana bir fikrni ilgari suradi: so‘zning ma’no doirasi bilan o‘zak morfemaning ma’no doirasi hech qachon teng bo‘lmaydi. O‘zak morfemaning ma’no doirasi nihoyatda cheklangan bo‘lib, bu ma’noning qanday ma’no ekanligi ana shu konkret so‘z doirasida (kichik qurshov – yasama so‘z yoki forma doirasida) belgilanadi. So‘zning ma’no doirasi esa katta qurshov – gap doirasida belgilanadi18.
Morfemaga so‘zning tarkibi sifatida qarash nuqtayi nazaridan ushbu fikr to‘g‘ri sanaladi. Ammo o‘zbek tilida bunday emas. Bundan tashqari, olim morfemalar biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, biri ikkinchisidan ajratilganida morfemalik xususiyatini ana shu o‘rinda yo‘qotgan bo‘ladi, degan qarashni ilgari suradi19. Bu fikrning ham o‘zbek tilidagi morfema birligi uchun xos emaligini quyida ko‘rib o‘tamiz. Ya’ni -lar morfemasi so‘zga qo‘shilgandagina mavjud, so‘zdan alohida ajratilganida mavjud bo‘lmaydi, degan fikr o‘sha davr uchun to‘g‘ri bo‘lsa-da, hozirgi o‘zbek tilshunosligidagi morfema borasidagi fikrga to‘g‘ri kelmaydi.
Olim affikslarda ham omonimiya, sinonimiya, antonimiya va polisemiya kabi hodisalar mavjudligini bildirib o‘tgan. Ammo bu hodisa nafaqat o‘zbek tili, balki hech qaysi til uchun xos emasligini quyida ko‘rib o‘tamiz. Sababi, lug‘aviy ma’no bildiradigan so‘zlarnigina qo‘shish mumkin bo‘lgan yuqoridagi guruhlarda lug‘aviy ma’nosi bo‘lmagan birliklarni tahlil qilish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Shunday qilib, olimning morfema borasidagi qarashlari bilan yuqorida tanishib chiqdik. Shuni ta’kidlash joizki, Yormat Tojiyevning qarashlari bugungi kun o‘zbek tilshunosligiga mos emas. Ammo o‘z davri uchun eng to‘g‘ri va yangicha qarash bo‘lgan.
Abdulhamid Nurmonov morfemaning jahon tilshunosligidagi tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarni berib qoldirgan20 (biz ular haqida to‘xtalib o‘tishni lozim topmadik). Ammo uning o‘zi ushbu manbada morfema haqida qarashlarini aniq bildirmagan.
Olim morfemalarning mazmun va vazifasiga ko‘ra quyidagi to‘rt turi bor ekanini bildirib o‘tadi:
Leksik morfemalar;
Sо‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar;
Grammatik ma’no ifodalovchi morfemalar;
Oraliq morfemalar (undov leksema, modal morfemalar)21.
О‘sha davr uchun bunday qarash to‘g‘ri hisoblansa-da, morfemani bunday turlarga bо‘lib о‘rganish uning mohiyati о‘zbek tilshunosligida aniq belgilanmaganini anglatar edi. Birinchidan, leksik morfemalar deganda sо‘zning asosiy mazmunini anglatib keluvchi qism – asos (yetakchi morfema, о‘zak morfema) tushunilgan. Bu esa rus tilshunosligi ta’siri natijasi hisoblanadi. Sо‘z yasovchi morfema va grammatik ma’no ifodalovchi morfema sifatida bо‘linishi esa, morfema haqida bildirilgan fikrlarning bugungi kun holatiga mos kela oladi deyishimiz mumkin. Ammo oraliq morfemalar deyilishi morfemaning bu turiga qanday nom berishni bilmaslik ortidan kelib chiqqan deyish mumkin. Bu borada Azim Hojiyevning “sо‘z leksemalar” degani mantiqqa kо‘proq mos kelishi borasida quyida batafsil tо‘xtalamiz.
Qalandar Sapayev morfemika tilshunoslikning alohida bо‘limi ekanini va uning о‘rganish obyekti morfema ekanini bildirib о‘tadi. Shu bilan birga morfema deganda sо‘zning asos va qо‘shimchalar qismini aralash tahlil qiladi. Bu bilan olim morfemaning yetakchi morfema va kо‘makchi morfema degan turlari borligini tasdiqlab, rus tilshunosligi ta’sirida kirib kelgan bunday qarashni ma’qullaydi. E’tibor bering: Morfemika sо‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. Bu kichik qismlar tilshunoslikda morfemalar deb yuritiladi. Masalan, paxtakorlarimizga sо‘zi paxta, -kor, -lar, -imiz, -ga qismlaridan iborat. Bu qismlar turli xil sо‘zlar tarkibida qatnashib, о‘ziga xos ma’nolar ifodalaydi. Bu qismlar yana bо‘linadigan bо‘lsa, uning ma’nosi yо‘qoladi. Demak, morfema sо‘zning eng kichik ma’noli qismidir.
Morfema tarkibiga kо‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bitta fonemadan iborat bо‘ladi. Masalan, u-ni, kitob-i22.
Yuqoridagi holatda uch sо‘zning tahlili berilgan: Paxtakorlarimizga, uni va kitobi. Paxtakorlarimizga sо‘zi tarkibidagi paxta sо‘zining ham morfema hisoblanishi va quyiroqda bitta fonemadan iborat morfema sifatida u-ni sо‘zining keltirilishi sо‘zning asosiy ma’nosini ifodalab kelayotgan qismi – asos qismning morfema sanalayotganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, olim morfemaning affikslari mavjud sо‘zlardagina ajralishini keltiradi. Bu orqali u morfemaning sо‘zdan tashqarida mavjudligini inkor etadi. E’tibor bering: gulzor, paxtakor, temirchilik, о‘qiganman kabi qismlar morfemalarga ajratiladi, ammo uy, kitob, olma, osh, kо‘m-kо‘k kabi sо‘zlar morfemalarga ajratilmaydi. Ular yaxlit sо‘zlardir23. Demak, olim morfemani sо‘zdan ayro tushunmoqda. Ya’ni sо‘zning asosiy ma’nosini ifodalab kelayotgan qism – asos morfema hisoblanadi-yu, qо‘shimcha qо‘shilmaganda u morfemalikdan chiqadi. Ushbu holat morfemaga berilgan ta’rifning mukammal emasligini anglatadi. Aslini olganda, olimning morfemani sо‘zning tarkibiy qismi degan tamoyildan kelib chiqib bildirgan ushbu xulosasini xato deb bо‘lmaydi. Buni morfemaga bо‘lgan yanglish tushuncha ketidan paydo bо‘lgan qarash deb atash mumkin. Demak, masalaning yechimi morfemaga bо‘lgan munosabatda ekan.
Olimning morfemalarni ma’no va vazifasiga kо‘ra ikki xil:
О‘zak morfema;
Affiksal morfema kabi turlarga bо‘lishi ham rus tilshunosligi ta’sirida kirib kelgan grammatikani ma’qullashi borasidagi yuqoridagi xulosamizni dalillaydi.
Qalandar Sapayev о‘zakning qо‘shimchaga aylanishi mumkinligi borasida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: О‘zak morfema о‘z konkret ma’nosidan uzoqlashib, umumiy xarakterda ma’no ifodalaydigan vositaga, ya’ni affiksal morfemaga aylanishi mumkin. Masalan, oshxona, ishxona, choyxona, talabnoma, taklifnoma, ruxsatnoma kabi sо‘zlardagi xona, noma elementlari shu о‘rinda bir ish faoliyat joyi ma’nosini, biror predmet turi ma’nosini ifodalovchi qо‘shimchaga aylangan24. Kо‘rinadiki, bu fikr amaldagi imlo lug‘atiga mos kelmaydi. Unda aytilishicha, xona, noma, poya kabi sо‘zlar qо‘shma sо‘zlar sifatida baholangan25. Bundan tashqari, bugungi kundа аffiksоidlаr sifаtidа о‘rgаnilаyоtgаn ushbu birliklаrning о‘z xususiyаtini yо‘qоtib qо‘shimchа vаzifаsigа о‘tgаn qismlаr sifаtidа berilishi ulаrning sо‘zdаn tаshqаridа hаm аffiks ekаnini аnglаtаr edi. Vаhоlanki, ushbu qismlаr leksemаlik mаqоmini yо‘qоtgаnichа yо‘q.
Оlimning qо‘shimchаlаr ikki xil bо‘lishi hаqidаgi (sо‘z yаsоvchi vа shаkl yаsоvchi) fikrlаrini, sо‘zdа ulаrning kelish ketmа-ketligi bоrаsidаgi qаrаshlаrini, qо‘shmа qо‘shimchаlаr bоrаsidаgi mulоhаzаlаrini о‘rinli deb bildik. Аmmо dаrdchil, epchil, yugurdаk, kekirdаk kаbi sо‘zlаrdаgi -chil vа -dаk mоrfemаlаrining аjrаtilmаsligi bоrаsidаgi qаrаshlаri birоz munоzаrаlidir. Bizning fikrimizchа, ushbu sо‘zlаrning tаrkibiy qismlаri bugungi kundа yаxlitlаnishgа ulgurmаgаn. Ulаrning tаrkibgа аjrаtilishi vа tаrkibidа yаsоvchi mоrfemаlаr bоr deb hisоblаnishi xаtо fikr hisоblаnmаydi.
Ishning dаvоmidа оlim yаnа shulаrni mа’lum qilаdi: sо‘zlаrdа bо‘lgаni kаbi qо‘shimchаlаrdа hаm shаkl vа mа’nо munоsаbаti аsоsidа оmоnimiyа, pоlisemiyа, sinоnimiyа kаbi hоdisаlаr uchrаydi26. Ushbu fikrlаrning bugungi kun о‘zbek tilshunоsligidаgi mоrfemа bоrаsidаgi qаrаshlаrgа mоs kelmаsligini tаdqiqоt dаvоmidа Аzim Hоjiyevning mоrfemа bоrаsidаgi qаrаshlаri mоsоlidа kо‘rib о‘tаmiz.
Yuqоridаgilаrdаn shundаy xulоsа qilish mumkinki, Qаlаndаr Sаpаyev Аzim Hоjiyevning mоrfemа bоrаsidаgi 2000-yildаn buyоn bildirib kelаyоtgаn fikrlаrigа 2009-yildа nаshr ettirilgаn kitоbidа munоsаbаt bildirmаgаni hоldа ungа qаrshi fikrlаrni berib о‘tаdi. Bu bilаn оlim Hоjiyevning fikrlаrigа qо‘shilmаsligini аnglаshimiz mumkin. Bizningchа, mоrfemа bоrаsidа Hоjiyevning qаrаshlаri о‘zbek tili nuqtаyi nаzаridаn о‘rinlidir.
Ulug‘ Tursunоv, yuqоridа аytib о‘tgаnimizdek, аksаriyаt о‘zbek tilshunоs оlimlаri mоrfemа аtаmаsini eng kichik mа’nоli qismgа nisbаtаn ishlаtаyоtgаn bir pаytdа Ulug‘ Tursunоv uni mоrf deb аtаydi27. Ulаrning ikki turi – о‘zаk vа аffiksаl mоrf kаbi turlаrining mаvjud ekаnini bildirishi оlimning аksаriyаt bоshqа оlimlаr kаbi mоrfemа bоrаsidаgi rus tilshunоsligi tа’siridаgi qаrаshni mа’qullаshini аnglаtаdi.
Оlim аffiksаl mоrflаrning ikki turi: suffiksаl vа prefiksаl kаbi turlаri mаvjudligini keltirib о‘tаdi28. E’tibоr bering, tilshunоs оlimlаrdаn M.T.Irisqulоv vа А.Аbduаzizоv ulаrning interfiksаl turini hаm аjrаtishgаn, аmmо аniq mа’lumоt berishmаgаn edi. Ulug‘ Tursunоv esа interfiksаl mоrfemаlаrning о‘zbek tilidа mаvjud ekаnini inkоr etаdi.
Ulug‘ Tursunоvning аffiksаl mоrfemаlаr bоrаsidаgi qаrаshlаri bugungi kun о‘zbek tilshunоsligidаgi аffiksаl mоrfemаlаrgа bо‘lgаn munоsаbаtgа mоs kelishi mumkin. Аmmо оlimning shаkl yаsоvchi mоrfemаlаrni ikki tur: kаtegоriаl vа nоkаtegоriаl kаbilаrgа bо‘lishi, bizning fikrimizchа, о‘zbek tilshunоsligi uchun nоо‘rindir. Sаbаbi, оlim kаtegоriаl shаkl yаsоvchi аffikslаr degаnidа sо‘z о‘zgаrtiruvchi mоrfemаlаrni nаzаrdа tutgаn29. Shаkl yаsоvchilаrning bu turigа kаtegоriаl shаkl yаsоvchi аffikslаr deb nоm berilishining о‘zi xаtо hisоblаnаdi. Sаbаbi, kаtegоriаl deganda mа’lum kаtegоriyаlаrgа (umumiy vа xususiy jihаtlаri mаvjud bо‘lgаn birliklаrning bir umumiy jihаt аsоsidа birlаshishi) birlаshаdigаn shаkllаr yig‘indisidаn ibоrаt guruh tushunilаdi30. Shаkl yаsоvchi mоrfemаlаrni kаtegоriyа hоsil qilish nuqtаyi nаzаridаn guruhlаrgа bо‘lish ulаrning mаzmun-mоhiyаtini tо‘g‘ri аnglаmаslikdаn kelib chiqаdi, deyish mumkin. Оlimning fikricha, til birliklаri tegishli sоhаlаrgа аjrаtilаdi vа hаr bir sоhаning ichidаgi аlоqаdоrlik hаmdа о‘zigа xоs xususiyаtlаr kо‘rib chiqilаdi: fоnоlоgiyаdа – fоnemаlаr, leksikоlоgiyаdа – leksemаlаr, mоrfоlоgiyаdа – mоrfemаlаr vа hоkаzо. Shundаy qilib, fоnоlоgik, leksikоlоgik, mоrfоlоgik vа hоkаzо tizimlаr tаsviri yаrаtilаdi. Аnа shu tаsvirlаr аsоsidа til birliklаri tuzilаdi vа о‘rgаnilаdi31. Kо‘rinаdiki, оlim mоrfemа mоrfоlоgiyаning о‘rgаnish оbyekti ekаnligini tаsdiqlаmоqdа.
Prоfessоr Ulug‘ Tursunоv аffiksаl mоrfemаlаrning shаkl vа mа’nо-munоsаbаtigа kо‘rа оmоnimiyа, sinоnimiyа, pоlisemiyа kаbi turlаri mаvjudligini mа’lum qilаdi. Bu esа hech qаysi tilning аffikslаrgа bо‘lgаn munоsаbаtigа mоs kelmаsligi mа’lum. Bu hаqidа tаdqiqоt dаvоmidа hаm bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tаmiz.
Muhаmmаdаbbоs Tursunоvich Irisqulоv mоrf vа mоrfemаning bir-biridаn fаrqi bоr ekаnini uqtirаdi. Аksаriyаt оlimlаr mоrfemа hisоblаyоtgаn birlikni Irisqulоv Ulug‘ Tursunоv kаbi mоrf ekаnini tа’kidlаydi. Bu ikkisining bir-biridаn fаrqini esа оlim quyidаgichа izоhlаydi: mоrf nutqning mоrfоlоgik yаrusidаgi eng kichik mа’nо аnglаtuvchi birligi, mоrfemа esа tilning mоrfоlоgik yаrusidаgi eng kichik mа’nо аnglаtuvchi birligidir32. Оlim mоrf vа mоrfemа hаqidа fikr bildirаr ekаn: Mоrf vа mоrfemа hаmmа vаqt bir-birigа teng kelаvermаydi. Til birligi bо‘lmish mоrfemа nutqdа bittа mоrf оrqаli vа bа’zi hоllаrdа bir nechа mоrf оrqаli ifоdаlаnishi mumkin. О‘zbek tilidа оtlаrdа kо‘plik bittа -lаr mоrfemаsi bilаn ifоdаlаnаdi. Bundаy hоllаrdа mоrf vа mоrfemа bir-birigа mоs kelаdi. Yоki chiqish mа’nоsi kelishik qо‘shimchаsi оrqаli, yа’ni -dаn hаm xuddi shundаy misоl bо‘lа оlаdi33. Lekin jо‘nаlish mа’nоsi о‘zbek tilidа turli qо‘shimchаlаr bilаn аmаlgа оshirilаdi: (-gа, -kа, -qа). Bundаy hоllаrdа bir mоrfemа uchtа mоrf оrqаli nаmоyоn bо‘lаdi. Оdаtdа bir mоrfemаgа kiruvchi mоrflаr shu mоrfemаning vаriаntlаri yоki аllоmоrflаri deyilаdi. Demаk, аllоmоrf deb, turli shаklgа egа bоlgаn lekin bir xil mа’nо аnglаtаdigаn vа bir mоrfemаni tаshkil etаdigаn mоrflаrgа аytilаdi. Аllоmоrflаrgа misоllаr hind-оvrupо tillаridа kо‘plаb uchrаydi: n, s, r kаbi rus tilidаgi kо‘plikni kо‘rsаtuvchi аllоmоrflаr shulаr jumlаsidаndir34.
Оlim аksаriyаt о‘zbek tilshunоslаri о‘zаk mоrfemа hisоblаyоtgаn birlikni mustаqil ishtirоk etа оlаdigаn mоrflаr, kо‘mаkchi mоrfemаni esа mustаqil ishtirоk etа оlmаydigаn mоrflаr deyа izоhlаydi. Bu bilаn оlim mоrfemаlаrning fаrqini mustаqil ishtirоk etishigа kо‘rаginа fаrqlаyotgаnini аnglаshimiz mumkin. Bu esа mоrfemаgа bо‘lgаn sаyоz tushunchа hisоblаnаdi. Kitоbning dаvоmidа muallif mustаqil qо‘llаnmаydigаn mоrflаrni аffiksаl mоrflаr deb аtаsh mumkinligini vа ulаrning sо‘z yаsоvchi vа shаkl yаsоvchi kаbi turlаri mаvjudligini keltirib о‘tаdi. Bu jihаtdаn uning fikrlаri bоshqа аksаriyаt оlimlаrning qаrаshlаri bilаn mоs kelаdi deyish mumkin. Аmmо sо‘z yаsоvchi аffiksаl mоrfemаlаrning tоbe leksik mоrflаr deyilishi ulаrgа yаngichа nоm berish bо‘ldi. Аmmо yаngi nоm qо‘yilgаni bilаn ungа bо‘lgаn qаrаsh о‘zgаrgаni yо‘q.
Shаkl yаsоvchi аffiksаl mоrflаrni оlim yаnа ikki turgа аjrаtgаn:
shаkl yаsоvchi grаmmаtik аffiksаl mоrflаr;
sо‘z о‘zgаrtiruvchi grаmmаtik аffiksаl mоrflаr.
Sо‘zning аsоsiy leksik mа’nоsini о‘zgаrtirmаy, u аnglаtgаn hоdisа vа nаrsаlаrning bоrliqqа munоsаbаtini ifоdаlаydigаn mоrflаrgа shаkl (fоrmа) yаsоvchi grаmmаtik аffiksаl mоrflаr deyilаdi35. Bundаy mоrflаrgа о‘zbek, rus, ingliz, frаnsuz, nemis tillаridаgi kо‘plikni аnglаtuvchi mоrflаr, sifаt vа rаvish dаrаjаlаrini yаsаydigаn mоrflаr kiritilishi mumkin.
Sо‘zning sо‘z birikmаlаri vа gаplаrdаgi bоshqа sо‘zlаr bilan аlоqаsini, munоsаbаtini kо‘rsаtishgа xizmаt qilаdigаn mоrflаr sо‘z о‘zgаrtiruvchi аffiksаl grаmmаtik mоrflаr deyilаdi. Bundаy mоrflаrgа tillаrdаgi kelishik kаtegоriyаlаrining qо‘shimchаlаri kirаdi. О‘zbek tili misоlidа bu ikki xil grаmmаtik mоrf оrаsidаgi fаrqni kо‘rishimiz mumkin.
Sen uni chaqirding. Sen ularni chagirding.
Bu ikki gapdagi tushum kelishigining kо‘rsatkichining ishlatilishi majburiy, aks holda sо‘zlar bir-biri bilan bog‘lanmaydi. Lekin kо‘plik qо‘shimchasi -lar ning ishlatilishi majburiy emas: uning bor bо‘lishi yoki bо‘lmasligi mazkur gaplarda sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishiga aloqasi yо‘q.
Sо‘z о‘zgartuvchi grammatik affiksal morflar bilan shakl (forma) yasovchi grammatik affiksal morflar sо‘zning leksik ma’nosiga hech qanday ta’sir о‘tkazmaydi, faqat sо‘zning grammatik ma’nosini о‘zgartirishga xizmat qiladi36.
Shakl yasovchi morfemalarga yuqoridagidek munosabat bildirish bugungi kun о‘zbek tilshunosligidagi morfemalarga bо‘lgan munosabatga mos kelishi mumkin. Ammo sо‘z о‘zgartiruvchi (sintaktik shakl yasovchi) qо‘shimchalarga biroz torroq doirada munosabat bildirilgan. Ularning tarkibi bugungi kun о‘zbek tilshunosligida kengroq.
Bundan tashqari, olim affiksal morflarning о‘zakka misbatan joylashishi nuqtayi nazaridan uch turga bо‘linishini: prefiksal, infiksal va postfiksal morflarni keltirib о‘tadi. Ammo interfiksal morflar borasida aniq fikr bildirmaydi.
Olimning morfema borasidagi yuqorida bildirilgan fikrlaridan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, Irisqulov morfema masalasiga noan’anaviy yondashib, morf va morfema haqidagi qarashlarini ilgari suradi. Sо‘z yasovchi va shakl yasovchi morfemalar borasida aniq ma’lumotlarni ochiqlasa-da, sо‘z о‘zgartiruvchi morfemalar borasida aniq ma’lumot bermaydi.
Nosirjon Uluqov morfemika tilshunoslikning alohida sohasi ekanini ta’kidlagani holda ushbu soha quyidagilarni о‘rganishini ma’lum qiladi:
Sо‘zning tarkibiy tuzilishi.
Sо‘zning eng kichik ma’noli qismlari.
Qо‘shimcha va uning turlari.
Sо‘zlarning tuzilishiga kо‘ra turlari37.
Morfemani eng kichik ma’noli qism sifatida tushunish morfemikaning о‘rganish obyektini yuqoridagidek tahlil qilishga olib keladi. Ya’ni morfemika sо‘zning tarkibiy tuzilishini о‘rganadi deyish uning eng kichik ma’noli qism ekanini tan olish hisoblanadi. Bu esa, о‘z navbatida, morfemani morfologik birlik deb tushunishga olib keladi. Rus tilshunosligida morfemaning morfologik birlik ekani ma’lum38. Shu sabab ham ikkinchi guruhda morfemika sо‘zning eng kichik ma’noli qismlarini о‘rganadi deyilmoqda. Kitobning davomida olimning yetakchi morfemalar haqidagi fikrlari ham yuqoridagi fikrimizni dalillaydi. Ammo olimning qо‘shimchalarning tuzilishiga kо‘ra turlari va vazifasiga kо‘ra turlari borasidagi fikrlarini morfemaga bо‘lgan bugun kun о‘zbek tilshunosligidagi munosabatdan kelib chiqib о‘rinli deyishimiz mumkin.
Kitobning davomida olim qо‘shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga kо‘ra turlari borasida о‘z fikrini bayon etar ekan, ularning omonim va sinonim kabi turlari mavjud ekanini keltirib о‘tadi39. E’tibor bering, omonimiya va sinonimiya hodisalari lug‘aviy ma’no bilan bog‘liq hodisalar bо‘lgani holda olimning lug‘aviy ma’no bildirmaydigan birliklarni ham ana shu doirada tahlil qilishiga qо‘shilib bо‘lmaydi. Yana shunisi e’tiborliki, qо‘shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga kо‘ra turlari keltirilganida antonimiya va, bundan tashqari, polisemiya kabi turlari chetlab о‘tiladi.
Miraziz Mirtojiyev morfemalarni aksariyat boshqa tilshunos olimlar singari eng kichik ma’noli qism sifatida tushunadi. Shu sabab sо‘z ma’noli qismlardan iborat: bular о‘zak va qо‘shimchalardir deya fikr bildiradi40. О‘zak, negiz kabi terminlarni ishlatishi uning ham rus tilshunosligi ta’siridagi о‘zbek grammatikasini ma’qullashini kо‘rsatadi.
Shunisi e’tiborliki, olim qо‘shimchalarni о‘z mazmun-mohiyatiga kо‘ra uch turga bо‘ladi:
Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar.
Shakl yasovchi qо‘shimchalar.
Sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar.
Yuqoridagi bо‘linish shuni anglatadiki, sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalarni (sintaktik shakl yasovchi qо‘shimchalarni) olim shakl yasovchi qо‘shimchalardan alohida tushunmoqda. Ammo lug‘aviy va sintaktik shakl yasovchi qо‘shimchalar bir umumiy grammatik ma’no – sо‘zga grammatik mazmun berish jihatidan bir guruhdan joy olishi lozim.
“О‘zak” va “negiz” kabi terminlarning о‘zbek tili uchun zarur emasligini isbotlab bergan Azim Hojiyev о‘sha davrlar о‘zbek tilshunosligidagi morfema tushunchasiga berilayotgan ta’rifning aslida noto‘g‘ri ekaniga urg‘u berish orqali bu sohada mavjud bо‘lgan muammolarga yechim topdi, desak mubolag‘а bо‘lmaydi. Uning fikricha, “morfema” degan tushuncha paydo bo‘lganiga 70 yildan ortiq bo‘lgan bo‘lsa-da, hali ham uning mohiyati to‘laligicha anglab yetilmagan. Bu rus tilidagi morfema tushunchasining o‘zbek tiliga majburan moslashtirilishi bilan bog‘liq. Ya’ni o‘zbek tilidagi morfema tushunchasi rus tili xususiyatidan kelib chiqib tadqiq etilgan. Berilgan ta’riflarning nomukammalligi nazariyada bilinmasa-da, amaliyotga ko‘chganida bo‘y ko‘rsatmoqda. Morfema o‘zbek tili lisoniy birliklaridan, ya’ni til qurilishining asosiy birliklari hisoblanuvchi birliklardan farqli holda til sistemalarini shakllantiradigan til birliklarini yasash uchun xizmat qiladi.41 O‘zbek tilshunosligida morfemaning ana shu muhim jihati hisobga olinmagani sabab morfemaning mohiyati va u bilan bog‘liq til hodisalarining mohiyatini to‘g‘ri va to‘la yoritishning imkoni bo‘lmadi. Aksariyat manbalarda morfemani sо‘zning tarkibiy qismi deb о‘rganib kelindi. Vaholanki, bu bilan morfema deb ataluvchi til birligining mohiyatini tо‘liq anglab yetish mumkin bо‘lmaydi. Olim morfemalarni sо‘zning tarkibi deb tushunish ularning sо‘zdan tashqarida mavjudligini inkor etish ekanini aytib о‘tdi42. О‘sha paytlari hatto ana shu fikr ilgari surilgan ayrim ishlar ham paydo bо‘la boshlagani ta’kidlanib, quyidagi misol keltiriladi: morfemalar biri ikkinchisiga bog‘liq bо‘ladi. Biri ikkinchisidan ajratilganda morfemalik xususiyatini ana shu о‘rinda yо‘qotgan bо‘ladi.43 О‘sha davr tilshunosligi uchun bu to‘g‘ri bо‘lsa-da, aslida xato fikr edi. Sababi, daraxtlarning sо‘zi tarkibidagi morfemalar (-lar, -ning) faqatgina mana shu sо‘zning tarkibidagina mavjud emas, balki ular tildagi tayyor birliklardir. Boshqa sо‘zlarga qо‘shilganida о‘zining xos ma’nolarini anglataveradi.
Olimning 1979-yilda nashrdan chiqqan “Hozirgi о‘zbek tilida forma yasalishi” nomli kitobidan olingan quyidagi fikrga e’tibor bering: sо‘zning morfologik strukturasi morfemalardangina iborat emas. Forma yasalishida (sо‘zning morfologik strukturasida) morfemalardan tashqari sо‘z ham qatnashishi mumkin44. Morfema tushunchasi endigina kirib kelgan paytlardayoq Azim Hojiyev о‘zbek tili xususiyatidan kelib chiqib unga yetarli baho bera olganligining isboti mana shu bо‘ladi, deyishimiz mumkin.
Olim morfemika haqida fikr bildirar ekan: “Morfemika sо‘zning necha morfemadan tashkil topishini о‘rganmaydi, balki morfemalarning turini va har bir turiga xos xususiyatlarini о‘rganadi”45, deydi.
90-yillardan keyin о‘zbek tilshunosligida morfema borasida yangicha qarashlar yuzaga kela boshladi. Jumladan, Hamid Ne’matov, Ravshanxо‘ja Rasulov va Abdulhamid Nurmonovning ana shu sohaga oid qilgan ayrim ishlarida leksema va affikslardan tashqari yordamchi sо‘zlar (kо‘makchi, bog‘lovchi, yuklamа)ni va undov, taqlidlarni ham morfema deb atash tamoyili yuzaga keldi. Lekin bunday ishlar о‘zbek tili materiallarini tadqiq etish natijasida paydo bо‘lmaganini, boshqa tillardan shundayligicha o‘zbek tiliga tatbiq etilganini Azim Hojiyev aytib о‘tadi46. Shuningdek, olim yordamchi sо‘z turkumlarining “oraliq uchinchi”, “leksema-morfema” kabi ta’riflar bilan о‘rganilishini ushbu asarida qoralaydi hamda yordamchi sо‘z turkumlarini bir guruhda о‘rganishning о‘zi xato ekanini bildirib о‘tadi47.
Olimning fikricha, morfemalarga xos umumiy xususiyat bu yasovchilik belgisidir. Ana shu xususiyat bilan ular “til qurilishining asosiy birliklari” (leksemalar)dan farq qiladi. Ya’ni paxtakor sо‘zining yasalish asosi paxta, -kor esa sо‘z yasovchi morfemadir. Paxtalarning sо‘zida esa, paxta sо‘zi shakl yasalish asosi hisoblansa, -lar va -ning (kо‘plik morfemasi va qaratqich kelishigi) shakl hosil qiluvchi morfema hisoblanadi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, til sistemalarini shakllantiruvchi til birligi – yasama sо‘z yoki sо‘z shaklini yasash morfemaning о‘zbek tilshunosligidagi mohiyati hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Azim Hojiyev morfemaga shunday ta’rif beradi: Morfema – о‘z ifoda va ma’no jihatiga ega bо‘lgan, sо‘z yasash yoki sо‘z shaklini yasash uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik.48 Ushbu ta’rifdan shu ma’lum bо‘ladiki, olim morfemalarning shakl (ifoda) va mazmun jihatiga ega ekanligini ta’kidlagan holda ularni vazifasiga kо‘ra ikki tur:
Sо‘z yasovchi;
Shakl yasovchi kabilarga ajratish lozimligini bildirib о‘tadi.
Hojiyevning ta’kidlashicha, “affiks” “morfemа”gа qaraganda torroq ma’no anglatadigan til birligidir. Ya’ni barcha morfemalarni ham affiks hisoblash mumkin emas. Affiks bu sо‘zga qо‘shib yoziladigan morfema sanaladi. Shu sabab uni qо‘shimcha deb ham atash о‘rinli bо‘ladi. Ammo morfema unga qaraganda kengroq tushuncha bо‘lib, ular ifoda jihatiga kо‘ra:
Affiks morfemalar (qо‘shimchalar);
Sо‘z morfemalar (lug‘aviy ma’noga ega bо‘lmagan sо‘zlar) kabi turlarga bо‘linadi.49
О‘zbek tili lug‘aviy sistemasini tashkil etadigan birlik sо‘zdir. Bugungi kungacha sо‘zlar о‘zbek tilshunosligida “mustaqil” va “yordamchi” kabi turlarga bо‘lib о‘rganilib kelinmoqda. Lug‘aviy ma’noga ega bо‘lgan sо‘zlar “mustaqil sо‘zlar” bо‘lsa, bunday xususiyatga ega bо‘lmagan sо‘zlar esa “yordamchi sо‘zlar” hisoblanishi barchaga ma’lum. Azim Hojiyevning bu boradagi talqiniga e’tibor qaratsak, olim lug‘aviy sistemani tashkil etadigan birliklar qatorida lug‘aviy ma’no anglatmaydigan birliklarning ham qо‘shib о‘rganilishi mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. Bu jihatdan ana shunday birliklarning “sо‘z morfemalar” deyilishi о‘rinlidir.
Аffiks mоrfemаlаrning tаdqiqidа kо‘rdikki, ulаrning bir turi sо‘z yаsаydi, ikkinchi turi sо‘z shаklini yаsаsh uchun xizmаt qilаdi. Sо‘z mоrfemаlаrdа bundаy hоlаt kuzаtilmаydi. Аniqrоq qilib аytsаk, о‘zbek tili mаteriаllаri bu tildа sо‘z shаklini yаsоvchi sо‘z mоrfemа bоrligini tаsdiqlаmаydi. Shu bоis bu mаsаlаni sо‘z yаsаlishi vа sо‘z shаklining yаsаlishi misоlidа, yаsаmа sо‘z vа sо‘z shаklining mоhiyаtidаn kelib chiqib hаl etishgа tо‘g‘ri kelаdi. Mаsаlаgа shu аsоsdа yоndаshilsа, о‘zbek tilidаgi qil (et, аylа) vа bо‘l fe’llаrini fаqаt bir vаzifаsidаginа, yа’ni fe’l yаsоvchi vаzifаsidаginа mоrfemа (sо‘z mоrfemа) hisоblаsh mumkin. Mаsаlаn, qil (et, аylа) vа bо‘l fe’llаri sо‘z yаsаsh uchun xizmаt qilаdi: rоhаt qilmоq, tаsdiq qilmоq, jаbr etmоq, fаryоd аylаmоq, sаrf bо‘lmоq vа bоshqаlаr. Bu fe’llаr tаrkibidаgi qil, et, аylа, bо‘l fe’llаri -lаn, -lа fe’l yаsоvchi mоrfemаlаri bilаn bir xil mа’nо vа vаzifаgа egа: rоhаt qilmоq - rоhаtlаnmоq, tаsdiq qilmоq - tаsdiqlаmоq, sаrf bо‘ldi - sаrflаndi. Binоbаrin, ulаrni hаm xuddi -lа, -lаn аffikslаri kаbi mоrfemа hisоblаsh tо‘g‘ri bо‘lаdi. Demаk, ulаr umumаn yоrdаmchi sо‘z sifаtidа emаs, sо‘z yаsоvchi mоrfemа – sо‘z mоrfemа sifаtidа etirоf etilishi kerаk, ulаr yаsаmа sо‘zni shаkllаntiruvchi birliklаrdir vа sо‘zgа qо‘shib yоzilmаsligidаn qаt’i nаzаr, yаsаmа sо‘zning tаrkibiy qismi hisоblаnаdi50.
Shunday qilib, muallif affiks morfemalarni tahlil qilib, ularning ikki asosiy funksiyasini ko‘rsatadi: biri so‘z yasash, ikkinchisi esa so‘z shaklini yasash. O‘zbek tilida so‘z shaklini yasovchi so‘z-morfemalar mavjud emasligi ta’kidlanadi. Shu sababli, so‘z yasovchi morfemalar va so‘z shaklini yasash jarayoni alohida tahlil qilinishi lozim.
Qil, et, ayla, bo‘l kabi fe’llar so‘z yasashda ishtirok etadigan morfemalar bo‘lib, -la, -lan qo‘shimchalari kabi funktsiyaga ega: tasdiq qilmoq – tasdiqlamoq, sarf bo‘ldi – sarflandi. Shu bois, bu fe’llar yordamchi so‘z emas, balki so‘z yasovchi morfemalar – so‘z-morfemalar sifatida qaralishi kerak. Ular mustaqil yozilsa ham, yasama so‘zning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Azim Hоjiyevning fikrichа, lug‘аviy mа’nоsini yо‘qоtish hоlаtigа kо‘rа sо‘zlаr quyidаgichа guruhlаnishi mumkin:
lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotgan birliklar (kabi, bilan, hamda, qadar...);
lug‘aviy ma’nosini saqlagan, ammo ayrim o‘rinlarda bu xususiyatini yo‘qotuvchi birliklar (to‘g‘risida, sababli, oldin...).
Olim morfemaning sistema sifatidagi masalasiga ham alohida to‘xtalib, quyidagi ta’rif bilan kifoyalanadi: morfema – ifoda va ma’no jihatiga ega bo‘lgan, tilning muayyan sistemasini shakllantiruvchi til birligini (yasama so‘z yoki so‘z shaklini) yasash uchun xizmat qiluvchi til birligi51.
Morfemalarda polisemiya, sinonimiya va antonimiya masalasida ham olim o‘z qarashlarini keltirib o‘tgan. Morfemalar mustaqil leksik ma’no anglatmagani uchun ana shu ma’no bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadigan polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisalarining ular bilan emas, balki yasama so‘zlar bilan birgalikda kelgandagina yuzaga chiqishi ta’kidlab o‘tilgan. Ya’ni polisemiya, sinonimiya va antonimiya hodisalari morfemalar bilan emas, ular qo‘shilib kelgan leksemalar bilan birgalikda yasalish hodisasi ro‘y berganidan keyin yuzaga chiqishi o‘z isbotini topgan. Quyidagi holatlarga e’tibor qiling:
1.1-jadval
Morfemalarda omonimiya, sinonimiya va antonimiya
| Omonimiya | ||
|---|---|---|
| tiqin, yig‘in, chaqin… to‘lin, erkin, yashirin… ostin-ustin, birin-ketin, qishin-yozin… | Ushbu misollarda omonimiya hodisasi yuzaga chiqqan. Ammo shakldoshlik morfemada emas, asos qismning ma’nosi ta’sirida yuzaga kelayotgani ayon. Negaki, morfemaning o‘zi asos qismdan ajratilganida uning shakldosh ekanini isbotlashning imkoni yo‘q. Qolaversa, shakldoshlik hodisasi yuzaga kelishi uchun lug‘aviy ma’no muhimdir. | |
| Sinonimiya | ||
| aravachi-aravakash, chopqir-chopag‘on, xabarsiz-bexabar, qahramonlarcha-qahramonona-qahramonchasiga… | Ushbu misollarda ham shu namoyon bo‘ladiki, sinonimlik uchun ham lug‘aviy ma’no muhim. Mazkur so‘zlarda sinonimlik hodisasi asos qismning ma’nosidan anglashiladi. -chi va -kash morfemalari alohida olinganida ularni sinonim hisoblay olmaymiz. | |
| Antonimiya | ||
| boodob-odobsiz, mevali-mevasiz, gunohkor-gunohsiz, serunum-unumsiz, serunum-kamunum, vafodor-vafosiz... | Ko‘rinib turibdiki, bu misollarda ham antonimlik hodisasi lug‘aviy ma’no bilan bog‘langan. Ushbu keltirilgan misollardagi morfemalar alohida olinganida ushbu hodisa yuzaga chiqmaydi. Demak, yuqoridagi hodisalar (omonimiya, sinonimiya, antonimiya)ning barchasi uchun lug‘aviy ma’no zarur. Shunday ekan, olimning bu boradagi fikri o‘rinlidir. | |
Morfemaga so‘zning tarkibiy qismi sifatida qarash uning turlarga (yetakchi va ko‘makchi) ajratilishi lozimligini keltirib chiqaradi. Rus tilshunosligi ta’sirida olib kirilgan ushbu tamoyilning o‘zbek tili uchun xos emasligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Shu bilan birga, morfemani so‘zning tarkibiy qismi sifatida qarash uning morfologik birlik sifatida baholanishiga, so‘z yasalishi va shakl yasalishini morfologik hodisa deb tushunishga, oxir-oqibat “so‘z tarkibi”ni “morfologik hodisa” sifatida tushunib, “Morfologiya” bo‘limida o‘rganilishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, o‘zbek tilshunosligida morfemaga so‘zning tarkibiy qismi sifatida baho berib bo‘lmaydi. Bu esa tilshunosligimizda so‘z tarkibining alohida bo‘lim sifatida o‘rganilishi lozim ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, yuqoridagi tahlillardan “so‘zning ma’noli qismlari morfema deyiladi...”52 degan qoida ham xato ekani anglashiladi. Sababi, ushbu ta’rif ham so‘zning ma’noli qismlarini ikki qismga (yetakchi va komakchi) bo‘lishni va alohida o‘rganishni taqozo etadi. Shunday ekan, mazkur ta’rif ham o‘zbek tilshunosligidagi morfema tushunchasiga mos kelmasligi aniq.
Yuqoridagilardan shu ma’lum bo‘ladiki, Azim Hojiyevning morfema borasidagi qarashlari o‘zining originalligi bilan boshqa olimlarning qarashlaridan ajralib turadi. Sho‘rolar davrida o‘zbek tilshunosligining boshida turgan aksariyat olimlar o‘zbek tili grammatikasini rus tilining grammatikasidan kelib chiqib moslashtirib yuborishgan. U davr uchun bu holatni qoralash xato bo‘ladi. Sababi endigina yaratilayotgan grammatikani bu sohada yetarli asosga ega bo‘lgan boshqa tilning grammatikasidan adoza olib tuzib chiqish bu eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi. Ammo rus tili va o‘zbek tilining xususiyatlari butkul boshqa ekani grammatikaning hamma jabhalarida bo‘lmasa ham, ayrim o‘rinlarda keyinroq bo‘y ko‘rsatdi. Akademik Azim Hojiyev mana shu masalalarga juda noziklik bilan qarab, muammolarni birma-bir hal etganini yuqorida ko‘rib o‘tdik.
Til birligi uchun muhim jihat bu mazmun jihatidir. Ana shu jihat nuqtayi nazaridan, Shavkat Rahmatullayevning fikricha, leksema va morfema bir-biridan keskin farq qiladi. Bu ikki birlikning til qurilishining boshqa-boshqa bosqichlariga mansubligi ham ularning ayrim-ayrim birliklar ekanini tasdiqlaydi53. Bu o‘zbek tilshunosligidan “o‘zak morfema”, “o‘zak” terminlarining chiqib ketishini anglatadi. Bundan tashqari, olim morfemalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi morfemika ekanligini ham bildirgan54. Shunday qilib, olim leksema va morfemani alohida tushunganini yuqoridagi manbadan bilib olishimiz mumkin. Olim Azim Hojiyevning morfema borasidagi fikrlaridan “oziqlangan” bo‘lishi ham mumkin. Sababi olimning ushbu kitobi 2002-yilda nashrdan chiqqan. Hojiyev esa o‘zbek tilshunosligidagi morfema borasidagi o‘zgarishlarni 2000-yillarda boshlab bergan edi.
Baxtiyor Mengliyev morfema haqida quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tadi: morfema – grammatik ma’no ifodalaydigan yoki so‘z yasaydigan lisoniy birlik. Qo‘shimcha morfemaning nutqda namoyon bo‘lishi, UMISning AHVOga aylanishi. Esda tutish lozimki, yasalgan leksemalar tarkibidagi yasovchilar, garchi leksema lisoniy sathda bo‘lsa ham, morfema emas, balki qo‘shimcha deyiladi55. Ko‘rinadiki, olim morfemani so‘zning tarkibiy qismi emas, balki leksemani shakllantiruvchi birlik sifatida baholamoqda. Bu esa morfemaga o‘zbek tili nuqtayi nazaridan berilgan eng to‘g‘ri baho hisoblanadi. Kitobning davomida olim morfemalarning so‘z yasovchi va shakl yasovchi kabi turlari mavjudligini keltirib o‘tadi. Bu ham hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun o‘rinli fikr deb bilamiz.
Quyidagilarga e’tibor bering: Leksemani morfema orqali ta’riflash va uni morfemaning bir turi sifatida qarash, mantiqan, lisoniy qurilishda uning alohida, mustaqil o‘rni yo‘q deyishning o‘zi. Lekin har bir tilning izohli va tarjima lug‘atlari mavjudligining o‘zi leksik sathning mustaqilligi va alohidaligini ko‘rsatib turadi56. Olim leksemaning morfemadan alohida birlik ekanligini mana shu mulohazalari orqali yana bir bor isbotlamoqda.
Olimning leksema va morfema borasidagi quyidagi fikrlari esa o‘zbek tilida bu ikkala birlikning farqlari borasidagi munozaralarga nuqta qo‘yadi deyishimiz mumkin: o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik ma’noli birlikning ikki alohida turini – leksema va morfemani qat’iy chegaralash uchun yetarli asos mavjud. O‘zbek tilida leksema va morfema boshqa-boshqa hodisa. Rus va arab tillarida leksema – morfemaning bir turi. Demak, turkiy tillarda leksemani morfemaning bir turi sifatida emas, balki lisoniy sathning morfemadan yuqoriroqda turgan va til egasi ongida borliqdagi ma’lum bir voqelik bilan bevosita aloqada bo‘lgan lisoniy birlik sifatida qarash lozim.
Dissertatsiyaning ushbu qismidan mavzuga oid bo‘lgan o‘zbek tilshunosligida keyingi davrlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar o‘rin olgan. Bu orqali keyingi davrlardagi o‘zbek tilshunosligining ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatini anglash mumkin bo‘ladi.
Mohira Usmonovaning dissertatsiyasida57 o‘zbek tilidagi soddalashgan so‘zlar tahlilga tortilgan. Sohaga oid talaygina ilmiy ishlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqot ishining bizning mavzumizga ham aloqador joylari mavjudligi sabab undan ayrim holatlarni keltirib o‘tamiz. Albatta, so‘z tarkibi, hech shubhasiz, soddalashish jarayonini ham o‘z qamroviga oladigan keng maydondir.
Dissertatsiyada so‘zlar etimologik jihatdan ham tahlil qilingan. Soddalashish etimologiya bilan ham bog‘liqligini hisobga olgan holda tadqiqot ishining bu jihatini o‘rinli deb bilamiz. Ammo so‘zlarni tarkibga ajratishda esa zamonaviylik muhim hisoblanadi. Etimologik jihatdan ajraladigan, ammo bugungi kunga kelib ajralmas holga kelgan so‘zlar talaygina. So‘z tarkibi lug‘atini tuzishda mana shu masalalarni hisobga olmaslik jiddiy muammolarga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, lug‘atning ahamiyatiga sezilarli darajada putur yetkazadi.
Dissertatsiyada soddalashish sodda, qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarning birikib ketishi natijasida ro‘y berishi holatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Qo‘shma so‘zlarda soddalashishga quyidagi misollar berilgan: ana bu – anavi, mana bu – manavi, qayt aytayin – qaytayin, qayin ona – qaynona, qayin ota – qaynota, qaysi yoq – qayoq…
Bu turga yana kelin – kel+in, boshmaldoq – bosh+barmoq, bo‘yinturuq – bo‘yin+turuq, oqsoqol – oq+soqol, mo‘ylov – mo‘y+lab, mo‘ysafid – mo‘y+safid kabi so‘zlar ham kiritilgan.
Takroriy va juft so‘zlarda soddalashish qismiga esa quyidagilar kiritilgan: ola-chipor – olachipor, og‘a-ini – og‘ayni… Juft so‘zlarning soddalashishiga oid holatlar, asosan, shulardan iborat edi. Bu kabi so‘zlar juda kam bo‘lgani uchun misollar ko‘p berilmagan.
Takror so‘zlarda soddalashish holatlariga quyidagi misollar berib o‘tilgan: shar-shar+а – sharshara, var-var+ak – varrak58, zil-zil+а – zilzila, jim-jim+а – jimjima, zam-zam+а – zamzama…
Birikmalardagi soddalashish holatlariga quyidagilar kiritilgan: sho‘r suv – Sho‘rsuv, yangi qo‘rg‘on – Yangiqo‘rg‘on, oq tepa – Oqtepa, katta qo‘rg‘on – Kattaqo‘rg‘on, yangi yo‘l – Yangiyo‘l…
Shuningdek, qaratqichli yoki moslashuv munosabatli so‘z birikmalarining qo‘shma oykonimga aylanishi: tomning orqasi – tomorqa, soyning bo‘yi – soybo‘yi59.
Bundan tashqari ega va kesim munosabatidagi sintaktik aloqaning uzilishi natijasida ham soddalashish yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun: hol buki – holbuki, bari bir – baribir, va hol onki – vaholanki60…
Har qanday morfemaning qo‘shilishi so‘zga qo‘shimcha ma’no berishi lozim. Ammo ayrim qo‘shimchalar borki, ular so‘zda mavjud bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham ma’noga hech qanday ahamiyati yo‘q. Bunday so‘zlarga soddalashgan so‘zlar deya qarash Usmonovaning dissertatsiyasida uchraydi. Quyidagilarga e’tibor bering: so‘ng – so‘ngra, g‘oyat – g‘oyatda, qalqmoq – qalqimoq, surmoq – surtmoq – surkamoq…
Shu o‘rinda ushbu dissertatsiyani o‘rganib chiqish jarayonida vujudga kelgan ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik:
Usmonova o‘zining ushbu tadqiqot ishida og‘zaki so‘zidagi -aki morfemasini asosga yaxlitlanishga ulgurgan deb hisoblab, ushbu so‘zga soddalashgan so‘z deya baho bermoqda. Ammo, bizning fikrimizcha, ushbu holat bugungi kun o‘zbek tilshunosligi uchun noo‘rindir. Sababi, ushbu so‘zning tarkibini tashkil etayotgan birliklar yana boshqa so‘zlarning yasalishida bugungi kunda faol ishtirok etib kelmoqda. Og‘iz leksemasi haqida to‘xtalishning hojati yo‘q deb hisoblaymiz. -aki morfemasi esa tarsaki, yodaki, zo‘raki kabi so‘zlarda asos qismga yangi ma’no berish vazifasini bajarmoqda. O‘zbek tilidagi so‘zlarni tarkibga ajratishdagi asosiy tamoyilga asoslanadigan bo‘lsak (asos deb hisoblanadigan qism mustaqil qo‘llanishi lozim, qo‘shimcha deb hisoblangan qism esa boshqa so‘zlarga ham qo‘shilishi lozim), ushbu so‘zlarning soddalashganligini isbotlay olmaymiz.
Tortiq (sovg‘a ma’nosida) tuzoq, to‘lqin, tutqun, tutum, to‘lg‘oq kabi so‘zlarning ham soddalashgan deb berilishini bugungi kun o‘zbek tilshunosligidan kelib chiqib isbotlab bo‘lmaydi. Ushbu so‘zlarning tarkibidagi morfemalar boshqa so‘zlarning yasalishida ham faol ishtirok etmoqda deyishimiz mumkin. Bundan tashqari, qo‘shimchalarning xususiyatlari ham ular qo‘shilgan so‘zlarda aniq sezilib turibdi.
Olima tarixan yasama bo‘lib, keyinchalik yasamalik xususiyatini yo‘qotgan – yasovchi qo‘shimchalar o‘zak bilan birikib ketgan holatlarga to‘xtalib, ayniqsa, -la affiksi vositasida yasalgan fe’llarda shu hodisa ko‘p uchrashini qayd etadi. Uning fikrlari А.G‘ulomov fikrlariga uyg‘un. Ya’ni:
а) qo‘shimcha aniq sezilib turgani holda, u qo‘shilib kelgan o‘zak morfema tarixiy taraqqiyot natijasida o‘qilmay qolgan bo‘lsa, bunday yasalmalar tarkibida soddalashish sodir bo‘lgan va bu so‘zni endi morfemalarga ajratish mumkin emas;
b) o‘zak morfema mavjud ekanligi so‘z tarkibida sezilib turgan bo‘lsa-da, keyingi morfemani (qo‘shimchani) undan ajratish mumkin bo‘lmasa, uni alohida morfema sifatida baholash mumkin bo‘lmasa, bunday so‘zlarni ham morfemalarga ajratish mumkin emas;
d) qo‘shimcha va yasovchi asos qo‘shilgandan keyin yasalma tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘lib, o‘zak bilan qo‘shimcha chegarasini belgilash qiyin bo‘lib qolgan bo‘lsa, bunday holatda ham yasalmani morfemalarga ajratish mumkin emas. Bu kabi yondashuv А.G‘ulomovning keyingi ishlarida ham uchraydi.
Muallifning o‘zak morfema, morfemalarga ajratish kabi birliklarni ishlatishidan uning morfema borasidagi qarashlari haqida xulosa qilish qiyin emas. Ya’ni Usmonova ham morfemani boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan so‘zning eng kichik tarkibiy qismi sifatida tushunmoqda.
Usmonovaning fikricha, hozirgi o‘zbek tili materiallarini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, bir bo‘g‘inli tub o‘zak holidagi, sof o‘zbek tiliga xos birliklarning yarmidan ko‘pi aslida ikki morfemaning singishib ketishidan (ular tarkibidan asl o‘zak morfemani ajratib olish mumkin bo‘lmay qoladi va bu faqat etimologik tahlil orqali belgilanishi mumkin) hosil bo‘lgan. Shuningdek, ikki va undan ortiq bo‘g‘inli va hozirgi kunda tarkibiy qismlarga (morfemalarga) ajratib bo‘lmaydigan, tub o‘zak yoki so‘z deb baholanayotgan birliklarning miqdori ham ikki mingdan ortiq ekanligi kuzatiladi: qishloq, o‘dag‘ayla, bugun, ko‘mir, go‘dak, buyrak, ko‘rpacha, sholcha, o‘tin, yaxshi, yomon, to‘zon, shovqin, tutun, o‘simlik, olg‘a, ilg‘or, ilgari, qattiq, o‘pqon, yaylov, dumaloq, yumaloq, pishloq, cho‘mich, o‘rmala, buyruq, seskan, unnamoq kabilar.
Ammo yuqoridagi fikrlarning barchasiga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Ko‘rpacha, o‘simlik, qattiq, dumaloq, yumaloq, cho‘mich, buyruq kabi so‘zlarning tarkibga ajratilmasligini bugungi kun o‘zbek tilshunosligidan kelib chiqib isbotlab bo‘lmaydi. Sababi, ushbu so‘zlarning tarkibiy qismlarini tashkil qilayotgan birliklar faol holda boshqa so‘zlarda ham ishtirok etishlari mumkin. Bularning barchasiga alohida-alohida to‘xtalib o‘tishni lozim topmadik.
Umidjon Qo‘ziyev dissertatsiyasi61ning dastlabki bobi lug‘atshunoslik tarixiga bag‘ishlangan. Shu sabab ushbu bobda jahon va o‘zbek lug‘atchiligida amalga oshirilgan ishlar sanab o‘tilgan. Bu orqali lug‘atshunoslikning milliy til uchun naqadar ahamiyatli ekani ko‘rsatib berilgan. So‘zlarni tarkibga ajratishda o‘zlashma so‘zlarning ham o‘rni ahamiyatga egaligi sabab bu dissertatsiya bizning ilmiy ishimizga bog‘liq deb hisobladik.
Dissertatsiyada o‘zlashma so‘zlar qaysi tildan o‘zlashganiga va o‘sha tilda qanday ma’nolarni bildiradi-yu, bizning tilda qanday ma’noda o‘zlashganiga e’tibor qaratilgan.
Azamat Uralovning dissertatsiyasida62 turkiy tillardagi morfemalarning ko‘p ma’noliligi, omonimligi, sinonimligi va boshqa masalalar tadqiq qilingan. Ushbu tadqiqotda morfem birliklarning kelib chiqishi, o‘zaro munosabati, tildagi o‘rni, vazifasi, farqi va o‘xshash jihatlari aniqlangan va murakkab hamda “kengaygan birliklar”ning lisoniy xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, murakkab shakllarning qo‘shma affikslardan farqi, o‘zbek tili morfem tizimida fuziya elementlarining to‘liq amal qilishi, lug‘aviy birliklarning qo‘shimchalarga aylanish jarayonida affiksoidlarning o‘rni va bir qator boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Maftuna Hamroyeva o‘zining bir maqolasida maktab darsliklarida o‘quvchilar morfemika bo‘limiga doir bilimlar bilan dastur va darslikda berilgan “So‘z tarkibi haqida umumiy ma’lumot” mavzusi ta’limida, asosan, ona tilimiz agglyutinativ til ekanligini anglashi, shuningdek, asos va affiksal morfemalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olishni bilishi zarurligi haqida so‘z yuritgan edi. Bunda o‘quvchilarga o‘zbek tilidagi so‘zlarda asos morfema bilan affiksal morfema chegarasi aniq sezilib turishi, asosan, uni flektiv tillar bilan qiyoslash orqali tushuntirish samarali bo‘ladi. Masalan,
1-topshiriq. O‘zbekcha so‘zlarning tuzilishi bilan o‘zlashma so‘zlarning shaklini solishtiring. Ular haqida mulohaza bildiring. Shunday so‘zlar ro‘yxatini (lug‘atdan foydalanib) davom ettiring.
ko‘rmoq – ko‘ryapman; видет – вижу (r); yurmoq – yuryapman; ходит –хожу (r); hukm – mahkama – hokim – hakam – mahkum (а); fikr – tafakkur – mutafakkir (а); zulm – zolim – mazlum (а); hol – ahvol (а); xulq – axloq (а); she’r – ash’or (а)63.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, o‘qituvchi muayyan modulni o‘qitishda uning oson, to‘liq o‘zlashtirilishiga imkon beruvchi didaktik vositalar, texnologiyalar, metod turlaridan samarali foydalangan taqdirdagina dars samaradorligiga erishadi. Shuningdek, o‘quv materiallari, mavzulari o‘zi aloqador bo‘lgan fanning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam qilishi nihoyatda zarur. Buning uchun o‘qituvchidan ta’limga yangicha yondashish, rejalashtirish ishlarini olib borish, innovatsiyalarni tatbiq etish talab qilinadi. Ushbu tadqiqot xuddi shu yo‘nalishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda morfemika modulidagi yetakchi va ko‘makchi morfema, morfema va uning chegarasi muammolari, о‘zak va affiksal morfemalar munosabati, affiksal morfemalarning vazifasiga, tarkibiga ko‘ra turlari, so‘z, morfema, morf, allamorf va ularning o‘zaro munosabati, forma yasovchi affiksal morfemalarning so‘zlarning umumkategorial va kategorial belgi-xususiyatlariga ko‘ra turlarga bo‘linishi, affiksal morfemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sistemalanishi yuzasidan ilmiy adabiyotlarda berilgan tadqiqotlar bilan talabalarni yaqindan tanishtirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Insoniyat ong-tafakkuri o‘sishi, fan-texnika taraqqiyoti, fan yutuqlarining globallashuvi va amaliyotga tez tatbiq etilishi, olamshumul ixtiro va texnologiyalarning ommaga tez va oson yetib borishida tilga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib, tilshunoslar oldiga yangi, istiqbolli va o‘z navbatida murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bunga til birliklarini paradigmalarga birlashtirish, uni keng planda avtomatlashtirish, tillararo sun’iy intellektni shakllantirish kabi masalalar kiradi64.
Samarqand davlat chet tillar instituti professori Xurshidjon Xayrullayev va Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti Iroda Xaydarovalarning morfemaga bag‘ishlangan maqolalarida quyidagi fikrlar keltirib o‘tiladi. So‘zning eng kichik ma’noli qismlari morfemalar deyiladi. Shu o‘rinda “ma’noli qism” degan tushuncha ham nisbiy bo‘lib, so‘z tarkibini tashkil etuvchi asos va qo‘shimcha morfemalar har doim ham mustaqil ma’no bildirmaydi. Asos sifatida ot, sifat, son, ravish, fe’l so‘z turkumiga mansub so‘zlar qo‘llansa, bunday qism tilda mustaqil ishlatilishi, yakka holatda lug‘aviy ma’noga ega bo‘lishi, so‘zning keyingi ma’nosi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin: osh+paz, bir+lik, ishon+ch; bel+bog‘, rohat+baxsh, bir+oz, mehnat+qilmoq. Agar asos sifatida olmosh, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar, modal so‘zlardan foydalanilsa, garchi bu qism tilda mustaqil til birligi sifatida qo‘llansa-da, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qo‘shimcha morfemalar ham mustaqil holatda hech qanday ma’noga ega emas, ular so‘zga qo‘shilgandan keyingina o‘zi birikayotgan qismga ma’lum bir ma’no yuklashga xizmat qiladi. Masalan, vatandosh so‘zi tarkibidagi -dosh qismi vatan so‘ziga birikib, vatanda birga yashaydigan shaxs ma’nosini, kitobim so‘zidagi -im qismi esa asosda anglashilgan predmetning so‘zlovchiga tegishli ekanligini, daraxtlar so‘zi tarkibidagi -lar asosdan anglashilgan predmetning birdan ortiq ekanligini, otajon so‘zi tarkibidagi -jon birligi hissiy-ta’siriy bo‘yoq (masalan, erkalanish)ni ifodalashga xizmat qilgan.
Demak, “ma’noli qism” deganda har doim ham qismlarning atash ma’no (lug‘aviy ma’no) anglatishini emas, balki grammatik va uslubiy ma’no ifodalashini ham tushunish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, so‘z tarkibidagi har bir qism o‘z o‘rnida yo leksik, yo grammatik, yoki uslubiy ma’noga ega ekan, demak, asosni ham, qo‘shimchani ham morfema deyish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bir asosli so‘zlar ham atash ma’nosidan tashqari yana ayrim grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan grammatik ma’nolarni ham ifodalay oladi. Masalan, kitob so‘zi o‘quv qurolining bir turi ekanligini anglatuvchi atash ma’nosiga ega bo‘lishdan tashqari bosh kelishik va birlik ma’nolarini ham maxsus ko‘rsatkichsiz (deylik, nol morfema) ifodalamoqda. Demak, bir asosli so‘zlar ham so‘z shakli sifatida morfema deb olinishi o‘rinli bo‘ladi.
Keyingi davrlarda ham morfema masalasida bir qator olimlar ilmiy ishlar olib bordi. Ulardan T. Mirzaqulovning xizmatlarini e’tirof etish mumkin. Mirzaqulov o‘zbek tili morfemalar tizimini, shuningdek, dunyo tilshunosligida ilgari surilgan fikrlarni chuqur o‘rganib, ularni o‘zbek tili morfemalar tizimiga tatbiq etdi. Olimning bu sohadagi ishlaridan “Ўзбек тили морфемикасининг асосий аспектлари”, “Ўзбек тили морфемикасида парадигматик ва синтагматик муносабатлар” nomli ikki kitobdan iborat ilmiy asari nashr etilgan. Shuningdek, B. Mengliyev, R.Sayfullayeva, M.Qurbonovalar morfemaning o‘zbek tilidagi talqini haqida fikr yurutmoqdalar. O‘zbek tilshunosligida morfema masalasi o‘tgan asrning yarmida ilmiy tadqiq qilinib, bugunga qadar tadrijiy rivojlanib bordi va bu tushunchaga oid fikrlar ham rivojlanib bordi. O‘zbek tilida morfemaning o‘rganilishida А.G‘ulomov, Y.Tojiyev, А.Hojiyevlarning ilmiy xizmatlari katta bo‘ldi. Ayniqsa, Azim Hojiyevning morfema borasidagi ilmiy mulohazalari o‘zbek tilshunosligida bu tushuncha bilan bog‘liq yangi qarashlarga asos bo‘lib xizmat qildi.
Guliston davlat universiteti tadqiqotchisi Azizbek Mamatqulovning morfemaga bag‘ishlangan maqolasida quyidagi fikrlar bayon etilgan. Morfemika bo‘limida so‘z yasalishi, o‘zak va affikslarining o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, vazifalari, joylashish tartibi, bir-birlariga munosabatlari tadqiq etiladi. Morfema til sistemasida tovushdan keyin turuvchi birlik bo‘lib, so‘zning eng kichik maʼnoli qismidir. Morfema tushunchasi hamma vaqt tilning bir semantik-morfologik birligi uning ikkinchi bir semantik-morfologik birligi bilan nisbatlanganda mavjud bo‘ladi. Masalan, gulchi so‘zi ikki maʼnoli qismdan iborat bo‘lib, ular gul va -chi qismlaridir. Uning birinchi qismi alohida olinganda so‘zdir. Biroq bu so‘zga -chi qo‘shimchasi qo‘shilar va undan yangi so‘z hosil qilar ekan (gulchi), birinchi qism ikkinchi qismga nisbatan alohida emas, so‘zning qismi deb baholanadi. Shunga ko‘ra -chi elementi ham so‘zning qismi sifatida olinadi va u oldingi qismga nisbatan baholanadi biri ikkinchisiga nisbatan alohida morfema hisoblanadi: o‘zak morfema; affiks morfema. Morfemikaga shu nuqtayi nazardan yondashiladigan bo‘lsa, u morfemalar (so‘zning maʼnoli qismlari) haqidagi taʼlimotdir. Morfemaning aynan sematik-morfologik tabiati mashinani o‘qittirish (machine learning) uchun muhim hisoblanadi. So‘zlarning morfem tahlili, odatda, tahlil qilinayotgan so‘zdagi bo‘linuvchi har bir qismning o‘zbek tilidagi boshqa so‘zlarda uchraydigan tilda tayyor holda mavjud bo‘lgan xuddi shunday elementlar (qismlar) bilan qiyoslanishi orqali amalga oshirilishi lozim. O‘zak tushunchasi morfemalarga ajraluvchi so‘zlardagi morfemalarning xarakteriga ko‘ra belgilanadi. So‘zlarda nechta morfema bo‘lishidan qatʼi nazar, ularning mustaqil holda leksik maʼno ifodalay olishi yoki ifodalay olmasligi bir-biriga zid qo‘yiladi. So‘zdagi maʼlum bir morfema mustaqil holda leksik maʼno ifodalaydi, boshqa morfemalar bunday xususiyatga ega emas. Ana shu zidlik o‘zak morfema (o‘zak) va affiks morfema tushunchalarining vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi: а) semantik jihatdan ular bir-biriga zid bo‘ladi; b) grammatik jihatdan affiks morfemalar odatda (turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida ham) o‘zakdan keyin joylashadi, unga tobe bo‘ladi. Demak, o‘zak morfema va affiks tushunchalari faqat morfem analiz so‘zlarni morfemalarga ajratish jarayoni uchungina xosdir. Bunda affiks morfemalarning turlari, boshqa xususiyatlari hisobga olinmaydi. Affiks morfemaning qanday bo‘lishi (so‘z yasovchi yoki forma yasovchi ekanligi) ahamiyatsizdir. Bu o‘rinda ahamiyat kasb etadigan narsa u yoki bu so‘zning maʼnoli qismlardan iborat ekanligi, o‘sha maʼnoli qismlarni to‘g‘ri belgilash, turlarini to‘g‘ri baholash bilan cheklanadi65.
Shunday qilib, keyingi davrlarda ham morfema masalasi o‘zbek tilshunosligida e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, avvalgi qilingan ishlarni tadqiq etib, ularni davom ettirish o‘rniga har kim o‘z g‘oyasi bilan ushbu mavzuga xohlaganicha yondashayotganini yuqoridagi tahlillarda ko‘rib o‘tdik.
Ushbu bobda morfemaning o‘zbek tilshunosligiga kirib kelishi va uning o‘rganilishi borasida ma’lumotlar berildi. Tilshunoslarning bu boradagi qarashlari tahlil qilinib, bir-biri bilan taqqoslash orqali ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar ko‘rib o‘tildi. Bularning barchasi bir bo‘lib o‘zbek tilshunosligidagi morfemaga bo‘lgan munosabatni aks ettiradi. Ushbu bobda berilgan ma’lumotlar orqali shunday xulosalarga kelish mumkin:
Ra’no Sayfullayeva Azim Hojiyevning so‘z morfemalar terminini “leksema-morfema” termini bilan “oraliq uchinchi” maqomida o‘rganishni taklif etgan. Ko‘rinadiki, “leksema-morfema” termini asos qismning ham morfema deyilishi natijasida yuzaga keladigan qarashdir. Ammo leksema atamasi lug‘aviy ma’no anglatuvchi birliklargagina nisbatan qo‘llanishidan kelib chiqsak, bu qarashning xato ekani ma’lum bo‘ladi. Azim Hojiyev so‘z ko‘rinishidagi lug‘aviy ma’nosi bo‘lmagan qismlarni (yordamchi so‘zlarni) ana shunday atagan edi.
Hojiyevning qarashlari natijasida o‘zak morfema, omonim morfema, sinonim morfema, antonim morfema kabilarning o‘zbek tilshunosligida aslidа mavjud emasligi anglashiladi. Morfemalarning (qo‘shimchalarning) lug‘aviy ma’no anglatmasligi ularning omonim, sinonim, antonim kabi turlarga bo‘linmasligini anglatadi.
Hojiyev affiks va morfemaning bir-biridan farqi borligini bildiradi (olimning so‘z morfemalar borasidagi qarashlari uning ana shu xulosaga kelishiga turtki bo‘lgan). Ya’ni affikslar bu morfema emas, morfema bu affiks emas. Affikslar morfemalarga qaraganda torroq tushuncha ekanini olim shu bilan izohlaydi.
Shavkat Rahmatullayev “o‘zak morfema”, “o‘zak” kabi terminlarga o‘zbek tilshunosligida o‘rin yo‘qligini bildirib o‘tgan. Bu esa olimning “morfema so‘zning tarkibiy qismi, u yetakchi morfema va ko‘makchi morfema kabi turlarga bo‘linadi” degan qoidaga qarshi ekanligini anglatadi.
Baxtiyor Mengliyev o‘zbek tilshunosligida morfema va qo‘shimcha o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi. Olim rus va arab tillarida leksema – morfemaning bir turi, demak, turkiy tillarda leksemani morfemaning bir turi sifatida emas, balki lisoniy sathning morfemadan yuqoriroqda turgan va til egasi ongida borliqdagi ma’lum bir voqelik bilan bevosita aloqada bo‘lgan lisoniy birlik sifatida qarash lozimligini ta’kidlash orqali o‘zbek tilshunosligidagi leksema va morfema o‘rtasidagi munozaralarga nuqta qo‘yadi.
2. Большой энциклопедический словарь. Языкознание. – Москва, 2000. – Б. 688.
3. Баскаков Н. А., Содиқов А.С., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. – Тошкент: VranyByn, 1979. – Б. 131.
4. Қўчқортоев И.К. Сўз маьноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан, 1977. – Б. 7.
5. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Тошкент, 1981. – Б. 44.
6. Turobov А. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyoti, 2022. – Б. 77.
7. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – Москва, 1966. – Б. 233.
8. ЎзМУ. Аюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги. – Тошкент, 2004. – Б. 16.
9. Usmon О., Avizov B. O‘zbek tili grammatikasi. I bo‘lim. Fonetika va morfologiya. – Toshkent, 1939. – B. 46-48.
10. Ҳожиев А. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиш структураси // Ўзбек тили ва адабиёти, 1976. 3-сон, – Б. 29-33.
11. Сайфуллаева Р. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Морфология II (Ўқув қўлланма). –Тошкент, 2005, – Б. 4.
12. Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 193.
13. Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Х. Ўзбек тили стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. – Б. 248.
14. Abduazizov А. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: Sharq, 2010. – B. 103.
15. Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – Б. 77.
16. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 5.
17. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 6.
18. Тожиев Ё. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – Б. 10.
19. Тожиев Ё. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – Б. 9.
20. Нурмонов А. Танланган асарлар. 1-жилд. – Тошкент, 2012.
21. Nurmonov А. va boshq. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. – B. 17.
22. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 6.
23. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 6.
24. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 9.
25. Mahmudov N. O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati – Toshkent: Kafolat print company, 2023. – B. 14.
26. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 17.
27. Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 187.
28. Турсунов У. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – Б. 188.
29. Турсунов У. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – Б. 190.
30. Баскаков Н. А. Введение в изучение тюркских языков. – Москва: Высшая школа, 1969. – Б. 34.
31. Турсунов У. ва бошқ. Ўзбек адабий тили тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – Б. 7.
32. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – B. 43.
33. Абдуллаев Ф. Тил қандай ривожланади? – Тошкент: Фан, 1972. – Б. 32.
34. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – B. 43.
35. Баскаков Н. А. Историко-типологическая морфология тюркских языков. – Москва: Наука, 1979. – Б. 229.
36. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – B. 45.
37. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Barkamol fayz mediya, 2016, – B. 128.
38. Березин Ф.М. История лингвистичесских учений. – Москва, 1975. – Б. 145.
39. Uluqov N. Yuqoridagi asar. – B. 130.
40. Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – Б. 104.
41. Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. – Тошкент: Фан, 2010. – Б. 23.
42. Ҳожиев А. Шу китоб. – Б. 26.
43. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 10.
44. Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – Б. 40.
45. А.Ҳожиев. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиш структураси.// Ўзбек тили ва адабиёти. 1976. – Б. 30-31.
46. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 34.
47. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 36.
48. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 40.
49. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 42.
50. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 45.
51. Ҳожиев А. Юқорида кўрсатилган асар. – Б. 58.
52. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 10.
53. Раҳматуллаев Ш. Тил қурилишининг асосий бирликлари. – Тошкент: Университет, 2002. – Б. 17.
54. Раҳматуллаев Ш. Тил қурилишининг асосий бирликлари. – Тошкент: Университет, 2002. – Б. 26.
55. Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. – Тошкент: Tafakkur bo‘stoni, 2018. – B. 39.
56. Mengliyev B. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – B. 110.
57. Usmonova M. O‘zbek tilida so‘z morfem tarkibining soddalashishi: fil. fan. dok. … dis. – Samarqand – 2018.
58. O‘zbek tilining imlo qoidalariga nazar tashlasak, qo‘shib yozish bobida shunday holat keltiriladi: takror taqlid so‘zlardan hosil qilingan yasama ot va yasama fe’llar qo‘shib yoziladi. Demak, sharshara va varrak so‘zlari soddalashgan so‘zlar emas, tarkibga ajralish xususiyatiga ega bo‘lgan yasama otlardir (Muallif).
59. Bu kabi so‘zlarning tarkibga ajratilmasligi masalasini ushbu ilmiy tadqiqot ishi davomida batafsil o‘rganib chiqamiz.
60. Ushbu masalani ham mana shu ilmiy tadqiqot ishi davomida o‘rganib chiqamiz.
61. Qo‘ziyev U. O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tadqiqi: fil. fan. fal. dok. … dis. – Namangan – 2018.
62. Uralov А. O‘zbek tili qo‘shimchalari tizimida murakkab va “kengaygan shakl”lar: fil. fan. fal. dok. … dis. – Toshkent – 2019.
63. Hamroyeva M. Maktab darsliklarida morfemika bolimiga doir mavzularni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi //scientific impulse. – 2022. – Toshkent. 1. – №. 5. – Б. 654-569.
64. Abduvaliyeva D. Morfemika modulini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish // filologiya ufqlari jurnali. – 2024. – Т. 2. – №. 2.
65. Boysariyeva S. Morfem lug‘atlar klassifikatsiyasi va tabiati // «Contemporary technologies of computational linguistics». – 2024. – Т. 2. – №. 22.04. – B. 561-564.
O‘zbek tilida so‘z tarkibi lug‘atini tuzish professor Baxtiyor Mengliyevdan boshlangan deb ayta olamiz. Ungacha Ayub G‘ulomov tomonidan tuzilgan morfem lug‘at mavjud edi66. Morfem lug‘atning so‘z tarkibi lug‘atidan farqi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tish zarur.
Morfema terminini ilk bor fanga Boduen de Kurtene kiritgan. Sо‘ngra sobiq ittifoq davrida о‘zbek tilshunosligiga ham ushbu tushuncha kirib keldi.
О‘zbek tilining о‘ziga xos agglyutinativ tabiatidan kelib chiqadigan bо‘lsak, unda morfema deganda faqat qо‘shimchalarni tushunish lozim. О‘zak morfema emas, balki u leksemadir. Nutq tarkibida unga sо‘z sifatida qaraladi. Leksema leksikologiyaning, sо‘zshakl morfologiyaning tadqiq manbayi hisoblanadi. О‘zbek tilida о‘zakni morfema deb talqin qilish rus tili grammatik me’yorlariga suyanish oqibatidir. Ichki fleksiyaga asoslangan rus tilida о‘zakka morfema deb qarash о‘rinli. Chunki flektiv tillarda о‘zak morfemaning jahon tilshunosligida e’tirof etilgan ilmiy ta’rifiga mos tushadi67. Shu sabab о‘zbek tilidagi sо‘zlarning leksema va qо‘shimchalarga ajratilishidan tarkib topgan lug‘atning morfem lug‘at emas, sо‘z tarkibi lug‘ati deyilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. О‘zbek tilida morfema deganda faqatgina qо‘shimchalar tushunilishidan kelib chiqsak, morfem lug‘at leksema qatnashmagan, faqatgina qо‘shimchalardan tarkib topgan lug‘at bо‘lishi kerak. Akademik Ayub G‘ulomovning tuzgan kitoblarida ham asos va qо‘shimchalar о‘rin olganligidan kelib chiqsak, kitob morfem lug‘at emas, sо‘z tarkibi lug‘ati bо‘lishi kerakligi anglashiladi. Ammo sobiq ittifoq davridagi о‘zbek tili grammatikasida morfema tushunchasining anglatgan ma’nosi kitobning ana shunday nomlanishiga sabab bо‘lgan. Mazkur tadqiqot ishida esa nafaqat qо‘shimchalar, balki leksemalar ham ishtirok etadi. Ana shuning uchun ham ushbu dissertatsiyaga ilova qilinayotgan lug‘atning nomi morfem lug‘at emas, sо‘z tarkibi lug‘ati sanaladi.
Bunday lug‘atni tuzishda sо‘zning tarkibiy qismlarini alohida tahlil qilish muammosi tadqiqotchini yaxshigina izlanishga chorlaydi. Shunday ekan, sо‘zning tarkibiy qismlari borasida bugungi kunda о‘zbek tilshunosligida mavjud bir-biriga zid bо‘lgan mushohadalar shu mavzuga oid ilmiy ishlarning ahamiyatini orttirib boraveradi.
Оʻzlаshmа sоʻz – bir tildаn ikkinchi tilgа kirib kelgаn sоʻz. Mаsаlаn, оʻzbek tiligа fоrs-tоjik tilidаn оʻzlаshgаn nоmа, dоnо, chоrbоg‘, shаbnаm; аrаb tilidаn оʻzlаshgаn аdаb, xulq, mаktub, ilm; rus tilidаn vа u оrqаli оʻzlаshgаn stоl, gаzetа, sаmоlyоt, televizоr sоʻzlаri vа bоshqаlаr. Oʻzlаshmа sоʻz mаʼlum ijtimоiy-tаrixiy vоqeаlаr, sаvdо vа mаdаniy аlоqаlаr tufаyli bir tildаn ikkinchi tilgа kirib оʻzlаshаdi. Xususаn, оʻzbek xаlqining tоjiklаr bilаn qаdimdаn bir xil iqtisоdiy tuzum shаrоitidа, qоʻni-qоʻshni bоʻlib yаshаb kelgаnligi tufаyli fоrs-tоjikchа sоʻzlаr, аrаb istilоsi nаtijаsidа аrаbchа sоʻzlаr, Оʻrtа Оsiyоni Rоssiyа bosib оlishi оqibаtidа ruschа vа yevrоpаchа sоʻzlаr оʻzbek tiligа оʻzlаshgаn. Оʻzlаshmа sоʻz dаstlаbki dаvrdа neоlоgizm xаrаkteridа bоʻlsа-dа, keyinchаlik аstа-sekin qаbul qiluvchi til qоnuniyаtlаrigа bоʻysunishi, xuddi оʻz sоʻzdek tаbiiy vа аniq bоʻlishi (bаrg), fоnetik qаytа shаkllаnishi (kаrаvоt), grаmmаtik singishi (bаnkdаn), sоʻz yаsаsh tizimidа fаоl ishtirоk etishi (trаktоrchi), tаkrоr-tаkrоr qоʻllаnishi tufаyli uning yоt elementligi sezilmаy qоlishi mumkin.
О‘zbek tili о‘zining kо‘p yillik tаrixiy tаrаqqiyоti dаvоmidа lug‘аt tаrkibini о‘z ichki mаnbаlаri hisоbigа bоyitib, tаkоmillаshtirib keldi. Bundаy qоnuniyаtgа kо‘rа, о‘z qаtlаm negizlаri аsоsidа yаngi sо‘zlаr yаsаldi, mаvjud sо‘z mа‘nоlаri kengаytirildi, bа‘zi sо‘zlаrgа qо‘shimchа vаzifаlаr yuklаndi, аdаbiy tilgа xаlq shevаlаridаn turli dаvrlаrdа, ehtiyоjgа kо‘rа, sо‘zlаr qаbul qilindi.
О‘zbek tili lug‘аt tаrkibining bоyishidа ichki mаnbа imkоniyаtlаri muhim аsоsdir. Shungа qаrаmаsdаn, dunyоdаgi hech bir til о‘z ichki mаnbаlаrigаginа tаyаnib ish tutmaganidek, о‘zbek tili uchun hаm fаqаt о‘z sо‘zlаri, о‘z qаtlаm bоyligi vа imkоniyаtlаriginа kifоyа qilolmаydi. О‘zbek tili lug‘аt tаrkibining bоyishi vа tаkоmillаshuvidа tаshqi mаnbа hаm muhim аhаmiyаt kаsb etаdi. Umumаn, hаr qаndаy til sоf hоldа yаshаy оlmаsligining isbotini аmаldа ko‘rmoqdamiz. Turli tillаrning turli tаrixiy shаrоitlаrdа о‘zаrо mа’lum munоsаbаtdа bо‘lishi tаbiiy hоldir. Bundаy munоsаbаt аlоqаdа bо‘lgаn tillаr rivоjidа, аyniqsа, uning lug‘аt tаrkibidа muayyan izlаrni qоldirishi turgan gap. Shu sаbаbli hаm dunyоdаgi bаrchа tillаr lug‘аt tаrkibidаgi, jumlаdаn, о‘zbek tilining lug‘аt tаrkibdаgi о‘zgаrishlаr uchun umumiy bо‘lgаn ikki tаmоyil kuzаtilаdi:
Eskini yangi bilan almashtirish;
Boshqa tillardan sо‘z qabul qilish.
Demak, о‘zbek tilining lug‘at tarkibi о‘z taraqqiyotida ikki manbaga tayanadi: а) ichki manba; b) tashqi manba.
Sо‘zlarning bir tildan boshqa bir tilga kirishi va singishi shunchaki oddiy jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog‘liqdir. Tildan tilga sо‘z о‘zlashishi uchun, avvalo, tabiiy sharoit lozim. Bunday sharoit tillarning о‘zaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalar bilan bog‘liq bо‘ladi.
Hozirgi о‘zbek tili о‘zga tillar qatori tarixan murakkab rivojlanish va shakllanish bosqichlarini boshidan kechirgan. О‘zbek tili urug‘ vа qabila tili, xalq tili, milliy til va ijtimoiy millat tili davrlarida bir qator qardosh tillar, shuningdek, chet tillar bilan aloqada bо‘lgan.
Turkiy urug‘ va qabilalar tili juda qadimiy davrlardan O‘rta Osiyoda azaldan yashab kelgan eroniy tillar bilan munosabatda bo‘lgan. O‘rta Osiyoda, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan xalq eroniy tillar guruhiga kiruvchi mahalliy til lahjalarida aloqada bo‘lgan. Bu eroniy urug‘-qabilalar, xalqlar – so‘g‘dlar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar va boshqalarning tili bo‘lgan. Shuningdek, qadimgi Baqtriya podsholigida grek tilidan; grek va eroniy tillar qorishmasidan iborat bo‘lgan tildan ham foydalanishgan.
О‘zbek tili o‘tmishda bir qator qardosh bo‘lmagan tillar boshqa sistemadagi tillar bilan ham aloqada bo‘lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Shuningdek, о‘zbek tili о‘z rivojining milliy til va ijtimoiy millat tili davriga kelib rus tili bilan aloqa va hamkorlik qildi va bu jarayon hali ham davom etib kelmoqda.
Xalqaro munosabatlar taraqqiyoti, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar va ularning samaralari ana shu xalqlarning tillari leksikasida namoyon bо‘ladi. Bunday hodisalarning ahamiyati va roliga bag‘ishlangan son-sanoqsiz ilmiy ishlar mavjud. Lekin, shunga qaramay, bu boradagi bahs va munozaralar barham topmagan. Chunki sо‘z о‘zlashtirish masalasida tilshunoslar mushtarak va aniq bir tо‘xtamga kelganlaricha yо‘q.
Ma’lumki, leksika va uning har xil qatlamlari о‘z xarakteriga kо‘ra turlicha “tovlanib”, о‘ziga xos lisoniy qiymat aks ettiradi. Bu leksikaning о‘ziga xos murakkab lisoniy sath ekanligidan dalolat beradi. Har bir xalq va tilning boshqa xalqlar va ularning tili bilan о‘zaro aloqadorligi ham leksikada namoyon bo‘ladi. Shu bois til leksikasini kо‘zguga о‘xshatish о‘rinlidir. Kо‘zgu unga qaratilgan har bir narsaning aksini namoyish etgani kabi, til leksikasi ham ijtimoiy va ruhiy olamning barcha xususiyatlarini namoyish eta oladi. Shu sabab ham jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy olamidagi har bir yangilik, har bir о‘zgarish eng avvalo lug‘at tarkibida о‘z ifodasini topadi. Darhaqiqat, leksika ijtimoiy hayotdagi barcha о‘zgarishlarni, xalq bosib о‘tgan tarixiy yо‘lning izlarini о‘zida aks ettiradi.
О‘zbek tilining qаdimdаn bоshqа tillаr bilаn аlоqа qilib, shu bilаn birgа, rivоjlаnib kelgаnligi hаqidа yuqоridа mа’lumоtlаr keltirildi. Bu tillаr оrаsidа fоrs tili kаttа аhаmiyаtgа egаligi mа’lum. U o‘zbek tiligа shunchаlik chuqur о‘rnаshib оlgаnki, bа’zi sо‘zlаrni tilshunоslаrning о‘zi hаm аjrаtishdа qiyinchiliklаrgа duch kelаdi. Chunki fоrs-tоjik tilidаn bizning tilgа nаfаqаt sо‘zlаr, bаlki qо‘shimchаlаr hаm kаm bо‘lmаgаn miqdоrdа kirib kelgаn vа bu jаrаyоn hаli hаm dаvоm etmоqdа. Quyidа “sаr” leksemаsi hаqidа mulоhаzаlаr berilgаn.
Аvvаlо, ushbu leksemа hаqidа mа’lumоtlаr judа kаm uchrаshini аytib о‘tish jоiz. “Sаr” sо‘zining mа’nоlаrigа e’tibоr berаdigаn bо‘lsаk, uning “bоsh”, “kаllа”, “bоshlаnish”, “uch”, “chо‘qqi”, “eng yаxshi” kаbi semаlаri mаvjudligigа izоhli lug‘аt оrqаli guvоh bо‘lаmiz. Mаzkur sо‘z hаqidа mа’lumоtlаr mаnbаlаrdа kаm uchrаydi. Prоfessоr Bаxtiyоr Mengliyev о‘zining “Sо‘z yаsаlishi о‘quv lug‘аti” nоmli kitоbidа sаr- ishtirоk etgаn sо‘zlаrni аjrаtmаgаnigа guvоh bо‘lаmiz68. “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа hаm sаr leksemаsi о‘zbek tili uchun qаbul qilinmаgаnligi kо‘rsаtilgаn69.
1981-yildа nаshrdаn chiqqаn ikki jildli о‘zbek tilining izоhli lug‘аti tаrkibidа hаm “sаr”ning leksemа sifаtidа аlоhidа keltirilgаnligini kо‘rishimiz mumkin. Lug‘аtdа ushbu sо‘z bоsh, kаllа mа’nоlаridа kelgаn. Mаsаlаn, Sаr hоvuz – kаttа hоvuz, bоsh hоvuz (hоzirgi imlо lug‘аtdа ushbu sо‘z qо‘shib yоzilаdi). Аmmо bundаn ikki yildаn keyin nаshrdаn chiqqаn mоrfem lug‘аtdа “sаr” аlоhidа аjrаtilmаgаn. Mаsаlаn, Sаrаnjоm/lа/mоq, sаrbоzоr/chi, sаrdаrа kаbi. О‘shа dаvr uchun аmаldа bо‘lgаn izоhli lug‘аt tаrkibidа sаr leksemа sifаtidа mаvjud bо‘lsа-dа, mоrfem lug‘аtidа bu о‘z ifоdаsini tоpmаgаn.
Ikkinchi qismi tilimizdа mа’nо аnglаtа оlmаydigаn sо‘zlаr о‘zgа tildа yаsаmа bо‘lishi mumkin, аmmо о‘zbek tili nuqtаyi nаzаridаn bundаy sо‘zlаr yаsаmа hisоblаnmаydi. Mаsаlаn, sаrаfrоz sо‘zi. Bu sо‘zning mа’nоsi – bоshi yuqоri kо‘tаrilgаn, mаg‘rur, g‘ururli. Mаzkur sо‘zdа “sаr” sо‘zining mаvjudligi sezilsа hаm, аfrоz sо‘zi о‘zbek tilidа mаvjud emаsligi sаbаb uni qо‘shmа sо‘z sifаtidа qаbul qilа оlmаymiz. Quyidа ikki ustungа bо‘lingаn jаdvаlni e’tibоringizgа hаvоlа qilyаpmizki, biri “sаr”dаn tаshqаri hоlаtdа mа’nо аnglаtа оlmаydigаn, ikkinchisi “sаr”dаn tаshqаri hоlаtdа mа’nо аnglаtа оlаdigаn so‘zlar. “Sаr”dаn tаshqаri hоlаtdа mа’nо аnglаtа оlаdigаn qismlаr tаrkibidа ikkinchi qism sо‘z emаs, о‘zbek tilidаgi mаvjud qо‘shimchа bо‘lishi hаm mumkin. Mаsаlаn, “sаrpо‘sh” sо‘zi. Bu sо‘z qоzоn vа shu kаbilаrning ustini yоpuvchi nаrsа, qоpqоq mа’nоsini bildirаdi. “Sаr” sо‘zi hаqidа yuqоridа mulоhаzа yuritdik. О‘zbek tilidа “-pо‘sh” mоrfemаsi ustini yоpmоq, о‘rаmоq mа’nоsini bildiruvchi qо‘shimchа hisоblаnаdi. Shundаn kelib chiqsаk, “sаrpо‘sh” sо‘zi grаmmаtik jihаtdаn sоddа yаsаmа sо‘zdir. Shungа о‘xshаsh sо‘zlаrni quyidа kо‘rishingiz mumkin:
2.1-jаdvаl
“О‘zbek tilining izоhli lug‘аti”70dа keltirilgаn “sаr” qismli sо‘zlаr
| “Sar”dan ajragan holda ma’no anglata olmaydigan: | “Sar”dan ajragan holda ma’no anglata oladigan: | |
|---|---|---|
| Sarbador – boshini dorga tikkan, boshi dorga osilgan (ushbu so‘z tarkibidagi ba- qismi fors tilida -ga ma’nosini beradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa, “boshini dorga tikkanlar” ma’nosini anglatadi. Ammo ba- qismining o‘zbek tilida qo‘llanmasligi holati ushbu so‘zning “sar”dan alohida ajratilmasligini taqozo etadi). | Sarbaland – boshi yuqori ko‘tarilgan (sar – bosh; baland - baland). | |
| Sarosar – ma’nosi “sarbasar”ga teng; barcha, butun, boshdan oyoq. | Sartaxta – katta, bosh, asosiy taxta. | |
| Sarbast – boshi bog‘liq (sar – bosh; bast – bog‘lamoq). | Sarmunshiy – munshiylar boshlig‘i. | |
| Sarfaroz – sarafroz so‘zi bilan bir xil ma’noda. | Sarlavha – lavhaning boshi, ya’ni nomi. | |
| Sargardon – boshi aylanuvchi, adashib, daydib yuruvchi; | Sarkotib – bosh, asosiy kotib. | |
| Sargashta – ma’nosi sargardon so‘ziga teng. | Sarnayza – nayzaning “boshi”, ya’ni uchi. | |
| Sardara – bosh, asosiy darvoza (dara degan so‘zga aloqasi yo‘q). | Sarparda – bosh asosiy parda (musiqada ham). Kappa, soyabonli arava va shu kabilarning katta pardasi, yopinchiq. | |
| Sarvar – boshliq, rahbar, yo‘lboshchi. | Sarso‘zan – asosiy, bosh, katta igna. | |
| Sarguzasht – boshdan o‘tkazgan, kechirgan (sar – bosh; guzasht – fors tilidagi “go‘zoshtan” – “o‘tkazmoq”, “(boshdan) kechirmoq” fe’lining hozirgi zamon shakli). | Sarjig‘a – bosh kiyimga taqiladigan jig‘a – taqinchoq. | |
| Saraxbor – shashmaqomning har bir maqomida ashula bo‘limi boshlanadigan birinchi, bosh sho‘basi. | Sarnoma – xatning, maktubning boshi; | |
| Sarafroz – boshi yuqori ko‘tarilgan, mag‘rur, g‘ururli, iftixorli. | Sarhovuz – bosh, asosiy hovuz. | |
| Sarpo – bosh-oyoq kiyim (sar – bosh; po – oyoq). | Sarhad – chegaraning boshi. | |
| Sarandoz – ayollarning bosh kiyimi. To‘yda va boshqa marosimlarda kelinning boshida turadigan narsa. | Sardaftar – bosh, asosiy daftar; | |
| Saramas – fors tilida shishgan bosh, boshdagi shish ma’nosini bildiradi. O‘zbek tilida esa, terining, ko‘pincha burun atrofining, ba’zan shilliq pardalarning yallig‘lanishi. | Sarkor – ish boshi, boshliq (sar – bosh; kor - ish). | |
| Sarkarda – boshchilik qiluvchi, boshliq, rahbar, dohiy, qo‘mondon. | Sarhafta – haftaning boshi. | |
| Sarona – pay, ulush, hissa. Jon boshiga soliq. | Saranjom – oxir, intiho, oqibat. Hamma ishni tartib bilan, joy-joyiga qo‘yib bajaradigan, tartiblilikni xush ko‘radigan, uy-ro‘zg‘orini, asbob-anjomini batartib tutadigan, sarishta. Mazkur so‘z hamma narsani bosh-boshiga qo‘ymoq ma’nosida sar- qismga aloqasi bor. | |
| Sarson – boshdagi shish. Bosh aylanishi. Meningit. O‘z yo‘lini topa olmagan, ovora, sargardon, aldangan. | Sarchashma – buloq boshi. Bosh buloq. | |
| Sartopo – boshdan oyoqqacha. | Sarxona – asosiy xona. Chilimning o‘txonasi. | |
| Sarupo – bosh-oyoq kiyim. | Sarmast – boshi aylangan, sarxush, kayfi oshgan, mag‘rur, kekkaygan. | |
| Sarbasar – barcha, butun, to‘lig‘icha. Boshdan-oyoq, birma-bir, ketma-ket. | Sarhisob – asosiy hisob-kitob. Mazkur so‘z “sar” so‘zining “asosiy” semasida hisob so‘ziga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. | |
| Sarpo‘sh – qozon va shu kabilarning ustini yopuvchi narsa, qopqoq. Mazkur so‘z “sar” so‘ziga o‘zbek tilidagi “-po‘sh” morfemasining qo‘shilishi yo‘li bilan hosil qilingan. Fors tilida bu so‘z qo‘shma so‘z hisoblanadi. | Sarxok – tuproqning boshi. Devorlarni yog‘in-sochindan himoyalash uchun devor ustiga qo‘yiladigan sersomon lo‘mboz. | |
| Sarmoya – Kapital, pul. Boylik, asos. Asosiy savdo mablag‘i. Mazkur so‘z “sar” so‘zining asosiy semasini olib, ana shunday ma’no kasb etmoqda. | Sarnigun – boshi egik, ag‘darilgan, to‘ntarilgan. | |
| Sarkash – bosh tortuvchi; bo‘ysunmaydigan; mag‘rur. Sar so‘ziga o‘zbek tilidagi -kash morfemasi qo‘shilib, mazkur so‘z hosil bo‘ldi. | Sarxat – bitim, kelishuv, tilxat, husnixat. Chiroyli yozuv. Mazkur so‘z “sar” so‘zining “eng yaxshi” semasida qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. | |
| Sarboz – bosh o‘ynatuvchi, boshni jonni fido qilguvchi (sar – bosh; boz – forscha, o‘ynamoq). | Sarxil – eng yaxshilaridan terilgan, sara. Mazkur so‘z ham “sar” so‘zining “eng yaxshi” semasida qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. | |
| Saromad – oldingi o‘rinda, boshida yuradigan, peshqadam (sar – bosh; omad – kelmoq. O‘zbek tilida bu ma’noda emas, baxt, tole m’nosida keladi). | ||
| Sartarosh – boshni qiruvchi, qirtishlovchi. | ||
| Sarbon – tuya boquvchi, haydovchi, boshlab boruvchi. Boshlab boruvchi ma’nosida sar qismga aloqasi bor. Mazkur so‘z yo‘lboshchi ma’nosida sar so‘ziga o‘zbek tilidagi -bon qo‘shimchasining qo‘shilishidan hosil qilingan deyish mumkin, fikrimizcha. |
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, sо‘z yuritayotganimiz “sar” о‘zbek tilida alohida leksema. Uning ishtirokidagi sо‘zlarni uch guruhga bо‘lib о‘rganish mumkin:
“Sar”ning qо‘shma sо‘z tarkibida kelishi: sarhisob, sarhafta, sarchashma… (ikkinchi qismi о‘zbek tilida mustaqil qо‘llana oladigan sо‘z bо‘lgani uchun ana shunday xulosa qilindi);
“Sar”ning sodda yasama sо‘z sifatida kelishi: sarpо‘sh, sarbon, sarkash… (Ikkinchi qismi о‘zbek tilida sо‘z yasovchi qо‘shimcha sifatida kelgani uchun shunday xulosa qilindi);
“Sar”ning sodda tub sо‘z sifatida kelishi: sarona, sarkarda, saramas… (Ikkinchi qismi о‘zbek tilida mustaqil qо‘llana olmaydigan qismli sо‘z bо‘lgani uchun shunday xulosa qilindi).
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, “sar” leksemasi о‘zbek tilida boshqa sо‘zlar singari xarakterlanadi va sо‘z yasalish tizimida о‘zining barqaror о‘rniga ega.
Respublikamiz bо‘ylab davlat tili sohasida qilinayotgan amaliy ishlar ana shu sohada qilinayotgan islohotlarning ijobiy samarasi hisoblanadi. О‘zbek tilshunosligidagi hali yechilishi kerak bо‘lgan muammolarning navbat bilan hal etilayotgani e’tiborga loyiq. Jumladan, о‘zbek tilini raqamlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. О‘zbek tili milliy korpusi shakllantirilmoqda.
Til sohasida shunday samarali islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda о‘zbek tili grammatikasida о‘z yechimini kutayotgan ayrim muammolarning mavjudligi hali yana yangi-yangi tadqiqotlarning о‘z egasini kutib turganini anglatadi. Hal etilishi kutilayotgan ana shunday muammolardan biri affiksoidlar masalasidir. Quyida ana shu masalaga oid mulohazalar bayon etiladi.
Ayrim sо‘zlarga qо‘shilib kelganida qо‘shimcha sifatida, alohida kelganida esa mustaqil sо‘z sifatida qaraluvchi birliklar “affiksoid” termini ostida bir necha о‘n yillar davomida о‘rganib kelinadi. Sо‘z yаsаlishi jаrаyоnidа аffiksоidlаr hаm ishtirоk etаdi. Sо‘z yаsоvchi fоrmаnt аsоsаn sо‘z yаsоvchi аffiks vа аffiksоidgа teng bо‘lаdi. Аffiksоid deb аsli leksik birlik bо‘lib, keyinchаlik xuddi аffiks kаbi grаmmаtik mа’nо ifоdаlаshgа xizmаt qilib, аffiks kаbi bir nechа leksemаlаrgа qо‘shilib kelish xususiyаtigа egа bо‘lgаn birlikkа аytilаdi (lоt. аffixоid – аffiksgа о‘xshаsh). Mаsаlаn, lug‘аtdа xоnа leksemаsi mаvjud (kаttа xоnа kаbi), shu bilаn birgа, -xоnа аffiksоidi hаm mаvjud (ishxоnа, оshxоnа, chоyxоnа kаbi); nоmа leksemаsi hаm (vаssаlоm, nоmа tаmоm kаbi), -nоmа аffiksоidi hаm (tаklifnоmа, аybnоmа, ruxsаtnоmа kаbi) mаvjud.
Аffiksоidlаr bоshqа tillаrdаn hаm о‘zlаshishi mumkin. Mаsаlаn, sо‘z vа qо‘shimchа оrаlig‘idа turuvchi -zоdа, -nоmа, -xоn, -xоnа kаbi birliklаr fоrs tilidаn о‘zlаshgаn bо‘lsа, -nisо аrаb tilidаn (nisо sо‘zi аrаb tilidа “аyоl” mа’nоsidа ishlаtilаdi) kirib kelgаn.
Аffiksоidlаr о‘zаkkа qо‘shilish о‘rnigа kо‘rа ikki guruhgа bо‘linаdi:
Suffiksoidlar;
Prefiksoidlar71.
О‘zakdan keyin qо‘shiluvchi affiksoidlar suffiksoidlar hisoblanadi. Ularga quyidagi birliklar misol bо‘ladi: -noma, -xona, -jon, -boy, -mirzo, tо‘ra… O‘zakdan avval qо‘shiluvchi sо‘z affikslarga esa prefiksoidlar deyiladi. Masalan, xush-, nim-, kam- kabi birliklar fikrimizni isbotlaydi.
Tilshunоslikdа оrаliq uchinchi deb nоmlаngаn birliklаr mаvjud. Bundаy birliklаrgа yоrdаmchi sо‘zlаr vа аffiksоidlаr kirаdi. Аffiksоidlаr hаm mоrfemikаning, hаm mоrfоlоgiyаning birligidir. Ulаr sо‘zmi yоki qо‘shimchаrni degаn savol tilshunоslаr о‘rtаsidа judа kо‘p muhokamalarga sabab bо‘ldi. Keyinchаlik ulаrning о‘zigа аlоhidа “аffiksоid” deb nоm berishdi. Аffiksоidlаr jаhоn tilshunоsligidа hаm о‘z о‘rnigа egа. Bоshqа tillаrdа hаm ushbu tushunchа mаvjud.
Bа’zi sоʻzlаr qоʻshimchа vаzifаsini bаjаrib, kо‘mаkchi mоrfemаgа аylаnа bоshlаgаn bоʻlsа hаm, hаli qоʻshimchаgа аylаnib ulgurmagan bоʻlаdi. Bulаr аffiksоid hisоblаnаdi. Mаsаlаn, bu uydа оlti xоnа bоr; biz оshxоnаgа bоrdik misоllаridаgi xоnа elementi оʻrni bilаn sоʻz bоʻlib hаm, qоʻshimchа bоʻlib hаm qоʻllаngаn. U bir оʻrindа оʻzаk mоrfemа, bоshqа оʻrindа kо‘mаkchi mоrfemа. Keyingi hоldа оʻrin bildirаdigаn qоʻshimchаgа judа yаqin. -jоn, -xоn, -оy elementlаri hаm xuddi shundаy: jоn qizlаr – qizlаrjоn, jоnim оtаm – оtаjоnim kаbi.
Аffiksоidlаr mаsаlаsidа yаnа bir qаrаsh bоrki, bu fаndа nechоg‘lik о‘z isbоtini tоpishi muаmmо. Prоfessоr Sh.Rаhmаtullаyevning fikrichа: sifаt leksemа оldidаn nihоyаtdа, eng, bаg‘оyаt, g‘оyаt, g‘оyаtdа, judа kuchаytiruv mоrfemа-аffiksоidlаrini keltirish bilаn sifаt leksemа аnglаtаdigаn belgi kuchli dаrаjаdа ekаnligi bildirilаdi: eng gо‘zаl, judа gо‘zаl kаbi.
Sifаtlаrning оrttirmа, rаvishlаrdа kuchаytiruv (judа, g‘оyаt, eng: judа tez yugur, eng sekin yur kаbi) dаrаjаsini hоsil qilishdа ishlаtilаdigаn birliklаr tаshqi tоmоndаn аffiksоidgа о‘xshаsа-dа, bundаy birliklаrni аffiksоid deb bо‘lmаydi. Chunki mustаqil sо‘zlаrning qо‘shimchаgа tоrtilishi оrqаli hоsil bо‘lgаn birliklаrniginа аffiksоid deyish mumkin.
Аtоqli оtlаr dоirаsigа kiruvchi ismlаr оrаsidа Bаrnо, Gаvhаr, Hаlim, Shirin, Dildоrа, Murоd, Оzоd... kаbi ismlаr keng qо‘llаnаdi. Tilimiz bundаy ismlаrni erkаlаsh vа hurmаtlаsh qо‘shimchаlаri bilаn bоyitib bоrаdi. Chunоnchi, Bаrnоxоn, Gаvhаrоy, Hаlimbоy, Shiringul, Оzоdbek, Dildоrаxоn, Dilshоdjоn, Murоdbek kаbi ismlаrdа аffiksоidlаr fаоl ishtirоk etаdi.
Ismlаrgа qо‘shilаdigаn bundаy mоrfоlоgik shаkllаr (lug‘аviy shаkl yаsоvchilаr – suffiksоidlаr): -jоn, -xоn, -оy, -bоy, -bek (prefiksоid bо‘lib hаm kelа оlаdi: Jоnpо‘lаt, Xоnzоdа, Bоymurоd, Оyxumоr, Bekmurоd) о‘zbek tilidа erkаlаsh mа’nоsidа kelib, о‘zi bоg‘lаngаn ismlаrni erkаlаb chаqirishgа, hurmаtlаb qаrаshgа xizmаt qilаdi. Bundаy mоrfemаlаrni аsоs mоrfemа (аffiksоid) sifаtidа hаm tаlqin qilish mumkin. Bundаn tаshqаri, аyrim ismlаr tаrkibidа qоtib qоlish hоllаri hаm uchrаshi mumkinligini Sh.Rаhmаtullаyev qаyd etgаn: Оt turkumi leksemаsigа “iliq munоsаbаt” ifоdаlоvchi -jоn, -bоy (-vоy), -xоn, -оy аffiksоidlаri qо‘shilаdi: buvijоn, Оlimjоn, Rаvshаnbоy, Kоmilаxоn, Tursunоy kаbi. Bu аffiksоidlаr аyrim kishi аtоqli оtlаridа ulаrning dоimiy tаrkibiy qismi sifаtidа qаtnаshаdi: Оyxоn, О‘g‘ilоy kаbi.
Y.Tоjiyevning fikrigа kо‘rа: Аyrim sо‘zlаrning аffiks mоrfemаlаr qаtоrigа siljishi nаtijаsidа (аffiksоidlаr): -xоnа, -jоn, -xоn, -оy, -оbоd, -bоy, -bаchchа/-vаchchа, -tоy kаbi (ishxоnа, оshxоnа; Аhmаdjоn, Sаlimаxоn; Rаhimаоy, Dehqоnоbоd, Hаlimbоy; аmаkivаchchа, Rаhimtоy, Mullаtоy kаbi72. Оlimning fikridan qо‘shib yоzilаdigаn qо‘shmа sо‘zlаr yо‘q, degаn xulоsа chiqib qоlаdi.
Ismlаrgа qо‘shilаdigаn mоrfоlоgik shаkllаr (lug‘аviy shаkl yаsоvchilаr): -jоn, -xоn, -оy, -bоy, -bek (sо‘z оldidаn hаm kelа оlаdi: Jоnpо‘lаt, Xоnzоdа, Bоymurоd, Оyxumоr, Bekmurоd) о‘zbek tilidа erkаlаsh mа’nоsidа kelib, о‘zi bоg‘lаngаn ismlаrni erkаlаb chаqirishgа, hurmаtlаb qаrаshgа xizmаt qilаdi. Bundаy mоrfemаlаrni аffiksоid sifаtidа tаlqin qilish mumkin emаs. Sаbаbi, ulаr leksemаlаrdek mustаqil mа’nо аnglаtа оlmаydi. Qо‘shimchаlаr qаndаy vаzifа bаjаrsа, bulаr hаm shundаy vаzifа bаjаrаdi. Xоnа, nоmа, оbоd kаbi so‘zlаr esа о‘zining mustаqil lug‘аviy mа’nоsini аsоsgа qо‘shmоqdа. Bu ulаrning qо‘shmа sо‘z ekаnigа tо‘lаligichа isbоt bо‘lа оlаdi. Аffiksоidlаrning hаm sо‘z sifаtidа, hаm mоrfоlоgik shаkl sifаtidа ifоdаlаnishining о‘ziyоq ulаrdа nоmutаnоsiblik bоrligini kо‘rsаtаdi.
Muаmmо shundаn ibоrаtki, аffiksоidlаr qо‘shilgаn sо‘zlаr о‘zbek tilidа nа qо‘shmа sо‘z, nа sоddа sо‘z. Ulаr ishtirоkidаgi sо‘zlаr bugungi kundа bir qаtоr tushunmоvchiliklаrgа sаbаb bо‘lmоqdа. Misol uchun:
affiksoidli so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turi borasida aniq ma’lumot yo‘q;
affiksoid deb ataluvchi qismning o‘zbek tilida mustaqil ma’no anglatishi kerakligi borasidagi qoidaga ayrim o‘rinlarda qarshi fikrlar ham uchrab turadi. Boshqa tilda so‘z sifatida qo‘llanadigan ammo o‘zbek tilida mustaqil so‘z sifatida qo‘llanmaydigan qismlarning ham affiksoid sifatida o‘rganilishi muammoni yanada murakkablashtiradi73. Masalan, -parvar, -parast, -furush, -shunos, -goh… kabi so‘zlarning o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanmasligi;
bundan tashqari, o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanadigan qismli so‘zlar asosga qo‘shilib kelsa, ular affiksoidli so‘z emas, qo‘shma so‘z sifatida o‘rganilayotgan o‘rinlar ham mavjud74. Masalan, kaltakesak, Kattaqo‘rg‘on, itbaliq kabilar qo‘shma so‘zlar sifatida o‘rganiladi;
Hatto bir kitobning o‘zida affiksoid hisoblangan qism aynan o‘sha kitobning o‘zida rad etiladi75.
Fikrimizcha, nega ayrim so‘zlarga qo‘shilib kelgan qismlar mustaqil qo‘llansa ham affiksoid sifatida qabul qilinadi-yu, ayrim so‘zlar qo‘shma so‘zlar sifatida o‘rganilishi kerak? Nega boshqa tilda mustaqil so‘z sifatida qo‘llanadigan, ammo o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanmaydigan qismlarning ayrimlari affiksoid sifatida o‘rganiladi-yu, ayrimlari, shunchaki, ko‘makchi morfema bo‘lib qolishi kerak?
Akademik Azim Hojiyevning fikricha, affiksoid deb ataladigan qismlar ham qo‘shimchalardir. Ularni alohida affiksoid deb o‘rganishga hojat yo‘q. Sababi, ularning so‘zga qo‘shib yozilishi va morfemaga xos vazifaga egaligi ularni ham affiks (qo‘shimcha) deb atayverishga asos bo‘la oladi76.
Yormat Tojiyevning “O‘zbek tili morfemikasi” kitobida -vor, -oy… kabilar affiksoid ekani ta’kidlangan77. Ammo ular bugungi kunda to‘liq ko‘makchi morfema vazifasiga o‘tgan. Mustaqil ma’nosini yo‘qotgan.
-shunos, -parvar, -xo‘r, paz, -do‘z, -boz, -bon, -dor, -soz, -xon, -go‘y kabilar Qalandar Sapayevning kitobida tojik tilidan o‘zlashgan affiksoidlar ekani ta’kidlangan78. Biroq sanalgan birliklar o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bular ham o‘zbek tilida mustaqil qo‘llanmaydigan, lekin affiksoid hisoblanadigan birliklardir.
“O‘zbek tilining imlo lug‘ati”79 kitobining “Qo‘shib yozish” bobida xona, noma, poya… kabi 10 dan ortiq qismlar keltirilgan va qo‘shma so‘z ekani ta’kidlangan. Chet tilidan o‘zlashgan prefiksoid tabiatli qismlar (masalan, astro-, bio-, geo-…) ham o‘zlashma qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismi ekani “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” orqali aniqlashtirilgan.
O‘zbek tilida mustaqil qo‘llanmaydigan, ammo fors tilida alohida so‘z sifatida keladigan -furush, -kor, -parast kabilar “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida affiksoidlar sifatida berilgan80. Qalandar Sapayevda ham shunday mulohaza mavjud. Kundalik ishlatilayotgan so‘zlar tarkibga ajratilsa, fors tili, arab tili, nemis tili va qo‘yingki, qaysi tildan olingan bo‘lsa, o‘sha til xususiyatidan kelib chiqilishi kerakmi? U tilni ham o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladimi? Masalan, -parast yoki -kor qismlarini fors tilidan xabardor bo‘lmagan odam oddiy ko‘makchi morfema sifatida biladi va muallif uning o‘zbek tili xususiyatidan kelib chiqib qilgan bu xulosasini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Chetdan so‘zlar qabul qilinganida u so‘zlar o‘zbek tili qonun-qoidalariga bo‘ysunishi kerak. (Nega migrantlar qaysi davlatga bormasin o‘sha davlat qonun-qoidalariga amal qilishi kerak-u, o‘zbek tilidagi so‘zlar qaysi tildan kirib kelsa, o‘zining qonuni bilan yashashi kerak?!) Modomiki affiksoidlar qatnashgan so‘zlar izohli lug‘atda hamda imlo lug‘atida qo‘shma so‘z sifatida kelayotgan ekan, nega grammatikaga oid kitoblarda ularga so‘z yasovchi qo‘shimcha sifatida qaralishi kerak? Alohida olinganda mustaqil ma’no anglata oluvchi birliklarni asosga qo‘shilib kelganida qo‘shib yoziluvchi qo‘shma so‘z sanab muammoga oddiygina yechim bilan javob berish mumkin-ku!
Makkapoya so‘zining -poya qismi so‘zga o‘z mustaqil ma’nosini to‘liq singdira olgan. Bunda affiksoid hisoblanayotgan qismning kuchsizlanishi kuzatilmaydi. Qolganlarida ham shunday hodisa ro‘y bergan. Masalan, ishxona, bayonnoma, kamquvvat, bug‘doyrang kabi so‘zlarda ham ikkita asos mavjud. Sababi, ushbu so‘zlarda birinchi qismdan ikkinchi qismning yoki ikkinchi qismdan birinchi qismning ma’nosi kam emasligi aniq.
Yuqoridagi holatlarda asosning ikkita ekani anglashilgan. Ammo bu bilan muammo hal bo‘lganicha yo‘q. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”81 va “O‘zbek tili grammatikasi”82 kitoblarida jon so‘zining ham affiksoid ekani ta’kidlangan. Bunga misol sifatida bolajon, opajon va jonim otam (so‘z sifatida kelishi) – otajonim (morfema sifatida kelishi) kabilar keltirilgan. Qalandar Sapayevda ham shunga o‘xshash ma’lumotlar bor83.
O‘zbek tilida jon so‘zi mavjud va uning 14 ta ma’nosi izohli lug‘atda keltirilgan. Bolajon, opajon, otajon so‘zlariga kelsak, bu so‘zlarda jon leksemasining mustaqil ma’nosi ko‘rinmaydi. -jon affiksi qo‘shilganda so‘zlarga kichraytirish-erkalash mazmuni yuklanadi. Shu sabab bu lug‘aviy shakl yasovchi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari, “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida ham bularning forma yasovchi affiks ekani ta’kidlangan84. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida nim birligi prefiksoid sifatida berilgan va nimrang, nimpushti, nimjon so‘zlari misol qilingan85. Xuddi mana shu nim birligi “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida qo‘shma sifatlarning birinchi qismi sifatida kelishi izohlangan86.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tilshunoslikda muammo bo‘layotgan bu holatga yuqoridagi mulohazalar bilan barham berilishi mumkin. Bugungi kunda affiksoid deb hisoblanayotgan birliklarni:
sо‘z yasovchi qо‘shimchalar: -parast, -furush…
lug‘aviy shakl yasovchilar: -jon, -bek, -oy…
alohida sо‘zlar: xona, noma, nim, kam…
kabi guruhlarga bо‘lib о‘rganish lozim. Bu bilan tilshunoslikdagi mazkur sathga oid tushunmovchiliklarga chek qо‘yiladi. Yuqoridagi mulohazalar inobatga olinar ekan, tilning leksik, morfemik va morfologik sathida mavjud bо‘lgan jiddiy muammo barham topishi shubhasiz.
Murаkkаb tаrkibgа egа bо‘lgаn sо‘zlаr qаtоridаn rаvishlаr hаm, аlbаttа, о‘rin оlаdi. Yаxlitlаnib qоlаdigаn qо‘shimchаlаrning mаvjudligi ulаrning tаrkibi murаkkаblаshishigа sаbаb bо‘lаdi. Bu turkum sо‘zlаrining tаrkibi mаsаlаsi о‘zbek tilshunоsligidа аvvаldаn munоzаrаlаrgа sabab bо‘lgаn. Rаvishlаrning yаsаlishi bоrаsidа mа’lumоt ilk bоr “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа uchrаydi. Kitоbdа keltirilishichа, rаvishning аsоsiy mоrfоlоgik belgisi uning о‘zgаrmаsligidir87. Tаrkibidа mоrfemа bо‘lmаgаn (vа yаxlitlаnmаgаn) rаvishlаr hаqidа (mаsаlаn, tez, piyоdа, bultur, hаli kаbi) tо‘xtаlishning hоjаti yо‘q. Yuqоridа nоmi tilgа оlingаn kitоbdа rаvishlаr tаrkibidа yаxlitlаnib qоlаdigаn kelishik vа egаlik mоrfemаlаri hаqidа mа’lumоt berilmаgаn. Аmmо ulаrning yаsаlishi bоrаsidа аtrоflichа fikrlаr ilgаri surilgаn. Bаxtiyоr Mengliyevning kitоbidа sintаktik shаkl hоsil qiluvchi ushbu mоrfemаlаrning (egаlik, kelishik) yаxlitlаnishi hаqidа mа’lumоt keltirilgаn88. Bundаn tаshqаri, yаnа bоshqа bugungi kun оlimlаri yоzgаn kitоblаrdа hаm shu mаzmundаgi mа’lumоtlаrni tоpishimiz mumkin. Demаk, bugungi kun grаmmаtikаsi bilаn xulоsа qilsаk, rаvishlаr tаrkibidаgi egаlik vа kelishik shаkllаri аsоsgа yаxlitlаnib, tаrkibgа аjrаtilmаydi. Mаsаlаn, bexоsdаn, qо‘qqisdаn, kunduzi, kechаsi kаbi sо‘zlаrdаgi kelishik vа egаlik shаkllаri аsоsgа yаxlitlаnib qоlgаn. Аmmо Аyub G‘ulоmоv bexоsdаn sо‘zini bexоs/dаn kаbi tаrkibgа аjrаtgаnini kо‘rish mumkin89. Bundаn tаshqаri, qо‘qqisdаn sо‘zining hаm qо‘qqis/dаn kаbi tаrkibgа аjrаtilgаnigа guvоh bо‘lаmiz90. Demаk, sоvet dаvri о‘zbek tili grаmmаtikаsidа rаvishlаr tаrkibidаgi kelishik shаkllаri аjrаtilgаn. Bu qоidа keyinchаlik о‘zgаrgаn.
Bugungi kundа rаvishlаrning tаrkibgа аjrаtilishigа dоir qоidаlаr birоz yаxshilаngаn deyishimiz mumkin. Аmmо hаli hаm ushbu turkumgа оid qаrаshlаr yаkdil emаs. Nаzаriyаlаrdа tаfоvutlаr bоr. Аyrimlаr rаvish yаsоvchi mоrfemаlаr bоrаsidа bir fikrgа kelа оlmаydi. Yаnа bоshqаlаr rаvishlаr dаrаjаlаnmаydi desа, аyrimlаr ulаrning dаrаjаlаnishini isbоtlаb hаm bergаn. Xullаs, bu turkum аnа shundаy bаhsli mаvzulаrgа tо‘lа. Quyidа shundаy tаhlil nаmunаlаri berilgаn.
О‘zbek tilshunоsligidа rаvishning sо‘z turkumi sifаtidаgi о‘rni. Аyub G‘ulоmоv bоshchiligidа tаyyоrlаngаn “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа rаvishlаrning о‘zbek tilshunоsligidаgi о‘rni mаsаlаsigа tо‘xtаlib о‘tilgаn91. Kitоbdа ulаrning yаsаlishi, dаrаjаlаnishi vа mа’nо turlаri hаqidа bir qаtоr mа’lumоtlаr bоr.
О‘zbek tilshunоsligidа belgi bildiruvchi sо‘zlаr ikkigа bо‘linаdi: shаxs vа predmetlаrning belgisi yоki hаrаkаtning belgisi. Shаxs vа predmetlаrning belgisi bu sifаt. Hаrаkаtning belgisi esа rаvishdir (bа’zаn rаvishlаr belgining belgisini – kо‘p chirоyli; yоki predmetning belgisini – аnchа kitоb, bildirishi hаm mumkin). Bundаy grаmmаtikа nаfаqаt о‘zbek tilshunоsligidа, bаlki rus vа ingliz tilshunоsligidа hаm mаvjud. Demаk, rаvishlаr jаhоn tilshunоsligidа hаm о‘z о‘rnigа egа. Bаrchа tillаrgа xоs bо‘lgаn umumiy grаmmаtikа tаrkibigа predmetlаrni аlоhidа sаnаsh, belgini аlоhidа guruh sifаtidа о‘rgаnish, hаrаkаt bildiruvchi sо‘zlаrni bоshqаlаridаn аyirib tаhlil qilish kаbilаr kirаdigаn bо‘lsа, hаrаkаtning belgisini bildiruvchi sо‘zlаr guruhini hаm аlоhidа о‘rgаnish shulаr jumlаsigа kirаdi. Shundаy ekаn, о‘zbek tilidа hаm ushbu guruh sо‘zlаrini аlоhidа о‘rgаnish vа mа’nоviy guruhlаrgа bо‘lish shu til grаmmаtikаsi uchun о‘rinlidir.
Rаvishlаrning dаrаjаlаnishi mаsаlаsi. Hоzirgi о‘zbek tilshunоsligidа dаrаjаlаnish mаsаlаsigа оlim О. Bоzоrоv bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tgаn92. Belgi bildiruvchi sо‘zlаr bоrki ulаrning dаrаjаlаnishi mаsаlаsi u bilаn yоnmа-yоn turаdi. Jаhоn tilshunоsligidа belgi bildiruvchi sо‘zlаrning dаrаjаlаnishi mаsаlаsi о‘zbek tilshunоsligidаgi dаrаjаlаnish bilаn о‘xshаsh. Rus tilshunоsligidа hаm bundаy xususiyаtgа egа bо‘lgаn vа bо‘lmаgаn belgi bildiruvchi sо‘zlаr mаvjud. Xuddi shu hоlаt ingliz tilshunоsligidа hаm kuzаtilаdi. Shundаy ekаn, bundаy umumiy qоidа о‘zbek tilshunоsligidа hаm mаvjud. Аmmо rаvishlаrning dаrаjаlаnmаsligi hаqidа bir qаtоr fikrlаr hаm yо‘q emаs. Mаsаlаn, Bаxtiyоr Mengliyevning “О‘zbek tilidаn universаl qо‘llаnmа” kitоbidа shundаy tаlqinni uchrаtish mumkin93. Lekin оlim kitоbdа mаktаb dаrsligidаn kelib chiqqаn hоldа xulоsа bergаn. Аyub G‘ulоmоv “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа ulаrning dаrаjаlаnishini keltirib о‘tgаn94. Bundаn tаshqаri, аkаdemik Аzim Hоjiyev hаm ulаrning dаrаjаlаnishini inkоr etmаgаn95. Tilshunоs оlimа Rа’nо Sаyfullаyevа hаm о‘z kitоbidа rаvishlаrdаgi dаrаjаlаnish mаsаlаsigа tо‘xtаlib, ulаrning sifаtlаr kаbi dаrаjаlаnishini kо‘rsаtib о‘tgаn96. E’tibоr bering: Rаvishlаrdаgi dаrаjа sifаtlаrdаgi dаrаjаdаn fаrq qilishini “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа Аyub G‘ulоmоv bildirgаn edi. Yа’ni rаvishlаrdаgi dаrаjа sifаtlаrdаgi dаrаjа kаbi tаrаqqiy etmаgаnligini оlim tа’kidlаgаn bо‘lsа, Rа’nо Sаyfullаyevа rаvishlаrning sifаtlаrdek dаrаjаlаnishini keltirib о‘tmоqdа. Аkаdemik Аyub G‘ulоmоv rаvishlаrning dаrаjаsi sifаtlаrning dаrаjаsidаn fаrq qilishini ulаr, оdаtdа, ish-hаrаkаtning belgisini bоshqа belgigа nisbаtlаb оrtiq-kаmligini bildirishi оrqаli isbоtlаmоqchi bо‘lgаn edi.
Buxоrо dаvlаt universiteti dоtsenti Tо‘lqin Аsаdоv о‘zining rаvish mаvzusigа bаg‘ishlаngаn bir mаqоlаsidа ushbu turkum sо‘zlаrining dаrаjаlаnmаsligi hаqidа о‘z fikrini bildirib о‘tgаn. Ulug‘murоd Аmоnоv hаm о‘zining mоrfоlоgiyаgа bаg‘ishlаngаn о‘quv qо‘llаnmаsidа rаvishlаrdа sifаtlаrdаgi kаbi dаrаjа kаtegоriyаsining yо‘q ekаnini tа’kidlаgаn edi. Аmmо muаllif аyrim rаvishlаrning dаrаjаlаnishini inkоr etmаgаn. Prоfessоr Ulug‘ Tursunоv hаm rаvishlаrning sifаtlаr kаbi dаrаjаlаnishini о‘z kitоbidа bаyоn etgаn edi. E’tibоr bering: оlim rаvishlаrdаgi dаrаjа shаklini sifаtlаrdаgi dаrаjа shаkligа tenglаshtirib Аyub G‘ulоmоvdаn fаrqli fikr bildirmоqdа97. G‘аnijоn Аbdurаhmоnоvdа hаm rаvishlаrning dаrаjаlаnishi bоrаsidа mа’lumоtlаr bоr98. Shundаy qilib, rаvishlаrning dаrаjаlаnishi bоrаsidа аksаriyаt оlimlаr yаkdil fikrdа bо‘lsаlаr, аyrimlаr ulаrgа qаrshi fikr bildirgan. Bizningchа, hаrаkаtning belgisini bildiruvchi ushbu turkum sо‘zlаri hаm shаxs vа predmetning belgisini bildiruvchi sifаtlаr kаbi dаrаjаlаnishi mumkin. Sifаtlаrdа hаm dаrаjаlаnmаydigаn birliklаr bо‘lgаni kаbi (rо‘mоlli, devоriy, kechki) rаvishlаrdа hаm bu hоlаtgа duch kelishimiz mumkin (kuni bilаn, birgаlikdа, beixtiyоr). Shu bilаn birgа judа sekin, eng аvvаl kаbi sо‘zlаrning dаrаjаlаnmаyоtgаnini isbоtlаy оlmаymiz. Аmmо bungа о‘xshаsh dаrаjаlаnishgа egа bо‘lgаn rаvishlаr judа kаm.
Rаvishlаrdаgi dаrаjа kо‘rsаtkichi sifаtlаrdаgi dаrаjа kо‘rsаtkichigа qаrаgаndа birоz bоshqаchа ekаnini yuqоridаgi hоlаt hаm kо‘rsаtishi mumkin. Sifаtlаrdа dаrаjа kаtegоriyаsi sifаtlаrning dоimiy kаtegоriyаsi hisоblаnаdi. Yа’ni sifаt, аlbаttа, qаysidir dаrаjа hоlаtidа bо‘lаdi (hech qаndаy vоsitаlаrsiz оddiy dаrаjа shаklidа). Аmmо rаvishlаrdа hаm mаnа shundаy deb аytа оlmаymiz. Sаnоqli rаvishlаrginа bundаy xususiyаtgа egаligi ulаrning sifаtlаrdаgi dаrаjа shаklidаn аjrаlib turishini аnglаtmоqdа.
Rаvishlаr tаrkibidаgi egаlik vа kelishik shаkllаrining аsоsgа yаxlitlаnishi hаqidа hаm о‘zbek tilshunоsligidа kо‘plаb mа’lumоtlаr mаvjud. “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа Аyub G‘ulоmоv rаvishlаrning sо‘z о‘zgаrtiruvchi mоrfemаlаrni qаbul qilmаsligi hаqidа mа’lumоt bergan99. Bu rаvishlаr tаrkibidа egаlik vа kelishik shаkllаrining yаxlitlаnib qоlgаnligini аnglаtаdi. Аmmо shu kitоbning о‘zidа rаvish tаrkibidа kelishik shаkllаri, kо‘plik аffiksi -lаr vа III shаxs egаlik shаkli -i qаtnаshgаn bо‘lishi mumkinligi keltirilgаn100. Kitоbdа keltirilishichа, rаvishlаr tаrkibidа kelgаn kelishik shаkllаri ikki xil vаzifа bаjаrаdi: а) rаvishning mа’nо jihаtdаn о‘zgаchа tusgа kirishi. Mаsаlаn, оldin – оldindа – оldinigа; keyin – keyindа – keyingа. b) rаvish mа’nо jihаtdаn о‘zgаrmаy, qо‘shimchа mа’nоgа (mа’nо kuchаyishi yоki kоnkretlаshtirish) egа bо‘lаdi. Mаsаlаn, ertаlаb – ertаlаbdа – ertаlаbdаn; hоzir – hоzirdа – hоzirdаn101. Аkаdemik Аyub G‘ulоmоv rаvishlаr tаrkibidаgi -lаr аffiksi hаqidа hаm tо‘xtаlib, uning III shаxs egаlik shаkli bilаn birgаlikdа qо‘llаnishini kechаlаri, аllаqаchоnlаri kаbi misоllаr оrqаli isbоtlаmоqchi bо‘lаdi102. Shundаy qilib, Аyub G‘ulоmоv о‘zbek tilidа rаvishlаrning sо‘z о‘zgаrtiruvchi qо‘shimchаlаrni qаbul qilmаsligini tа’kidlаb о‘tgаn ilk оlimlаrdаn biri hisоblаnаdi. Professоr Bаxtiyоr Mengliyev hаm rаvishlаrning tаrkibidаgi egаlik vа kelishik shаkllаrini аsоsgа yаxlitlаngаn deb hisоblаydi103. Prоfessоr Ulug‘ Tursunоv hаm rаvishlаrning tаrkibidаgi egаlik vа kelishik shаkllаrining yаxlitlаnib qоlgаnligigа ishоrа qilib, ulаrning turlаnmаsligini tа’kidlаb о‘tgаn edi104. Rаvishlаrning sо‘z о‘zgаrtiruvchi mоrfemаlаrni qаbul qilmаsligini G‘аnijоn Аbdurаhmоnоvdа hаm kо‘rishimiz mumkin105. Ulаr tаrkibidаgi bundаy mоrfemаlаr о‘zining grаmmаtik mа’nоsini yо‘qоtib, sо‘zning tаrkibiy qismigа аylаnib qоlgаnligini оlim shu kitоbdа keltirib о‘tаdi. Ulug‘murоd Аmоnоv hаm mоrfоlоgiyаgа bаg‘ishlаngаn bir kitоbidа rаvishlаr tаrkibidа yаxlitlаnib qоlgаn mоrfemаlаrgа tо‘xtаlib о‘tаdi106. Qаlаndаr Sаpаyev hаm оnа tiligа bаg‘ishlаngаn о‘quv qо‘llаnmаsidа rаvishlаr tаrkibidаgi egаlik shаkllаrining аsоsgа yаxlitlаngаnligini tа’kidlаb о‘tgаn107. Shuningdek, kitоbdа rаvishlаrning turlаnish vа tuslаnish xususiyаtigа egа emаsligi hаm keltirilgаn108. Ushbu turkumning sintаktik shаkl yаsоvchilаrni qаbul qilmаsligini А.Аnоrbekоvа hаm tаsdiqlаgаnining guvоhi bо‘lаmiz109. Buxоrо dаvlаt universiteti dоtsenti Tо‘lqin Аsаdоv rаvish mаsаlаsigа bаg‘ishlаngаn bir mаqоlаsidа ushbu turkum sо‘zlаrining о‘zgаrmаsligini mа’lum qilgаn edi. Quyidаgi hоlаtgа diqqаt qiling:
Mаkоn kelishiklаri bilаn shаkllаngаn sо‘zlаr: 1) Jо‘nаlish kelishigi аffiksi: а) pаyt оtlаrigа qо‘shilаdi: indingа, ertаgа kаbi; b) sifаt leksemаgа qо‘shilаdi: tо‘g‘rigа, bekоrgа kаbi. Yuqоridаgi misоllаrdа kelishik аffiksi аniq аjrаlаdi, lekin zо‘rg‘а, оlg‘а, jо‘rttаgа misоllаridа kelishik аffiksi hоzirgi о‘zbek tilidа аjrаlmаydi.
2) Chiqish kelishigi аffiksi: а) sifаt leksemаgа qо‘shilаdi: chindаn, yаngidаn, yоlg‘оndаn kаbi; b) оt leksemаgа qо‘shilаdi: tubdаn, yоddаn kаbi; d) bir sоnigа qо‘shilаdi: birdаn (rаvish mа’nоsidа emаs). Yuqоridаgi misоllаrdа kelishik аffiksi аniq аjrаlаdi, lekin qо‘qqisdаn, tо‘sаtdаn misоllаridа kelishik аffiksi hоzirgi о‘zbek tilidа аjrаlmаydi.
3) О‘rin kelishigi аffiksi tezdа misоlidа rаvish leksemаgа, kundа misоlidа оt leksemаgа, bоshdа misоlidа belgi mа’nоsi bilаn ishlаtilgаn оt turkumidаgi leksemаgа qо‘shilgаn. Yuqоridаgi misоllаrdаn оrqаdа, uzоqdа kаbilаrni fаrqlаsh kerаk: bu yerdа аsli uzоq yerdа kаbi birikmа shаklning ikkinchi а’zоsi bо‘lib kelаdigаn yer(jоy) оt leksemаsi ellipslаnаdi, nаtijаdа kelishik аffiksi birinchi а’zо vаzifаsidа kelgаn sifаt leksemаgа birikаdi. Аyrim hоllаrdа ikki rаvish turkumidаgi leksemа аyni bir аsоsgа bоshqа-bоshqа kelishik kо‘rsаtkichini qо‘shish bilаn shаkllаnаdi: birgа, birdаn; tezdа, tezdаn kаbi. Bundаy hоdisаni аyni bir аsоsning uch mаkоn kelishigidа turlаnishi hоdisаsidаn аjrаtish kerаk: о‘nggа, о‘ngdаn, о‘ngdа kаbilаr uch rаvish leksemа emаs, bаlki о‘rin оtining uch kelishik shаklidа ishlаtilishigа teng; bundаy о‘rin оti, mаsаlаn, о‘ngni kаbi bоshqа kelishik shаklidа hаm ishlаtilаverаdi.
Rаvishlаrning tаrkibi bоrаsidа xulоsа qilаr ekаnmiz, ulаr tаrkibidа kelаyоtgаn kelishik, egаlik shаkllаri аsоs qismgа yаxlitlаnib qоlgаnining guvоhi bо‘lаmiz. Buni kо‘plаb tilshunоs оlimlаr tаsdiqlаshgаn. Fаqаtginа ulаrni kelishik shаkllаridа kelаyоtgаn оtlаrdаn fаrqlаsh lоzim. Ulаr tаrkibini аniqlаshdа rаvishlаrning mа’nо turini yаxshi аnglаsh tаlаb qilinаdi. Shundа gаpdа kelаyоtgаn rаvishni о‘rin оtidаn fаrqlаsh mumkin vа sо‘zning tаrkibi mаsаlаsi аnа shu о‘rindа hаl bо‘lаdi.
O‘zbek tilshunоsligidа rаvish yаsаlishi bаhsli mаvzulаrdаn biri hisоblаnаdi. Chunki rаvishning аsоsiy qismi аsli bоshqа turkumgа mаnsub sоddаlаshgаn, yаxlitlаshgаn leksemаdir. Shu sаbаb, аksаriyаt tilshunоslаr rаvish yаsаlishini inkоr etishib, rаvishlаshish (bоshqа turkum sо‘zining rаvishgа о‘tishi) mаvjudligini tаn оlishаdi.
Tilshunоslаr rаvish so‘z turkumining yаsаlish sistemаsigа egа emаsligini -аn, -оnа qо‘shimchаsining аrаbchа vа tоjikchа sо‘z tаrkibidа uchrаshini, -lаrchа, -chаsigа, -lаb kаbining grаmmаtik mа’nо ifоdаlаshi bilаn vа -igа-, sigа, -chаsigа kаbi mоrfemаlаr bilаn yаsаlgаn sо‘zlаrning sаnоqli dаrаjаdа ekаnligi bilаn izоhlаydi110.
Rаvishlаrning аffiksаtsiyа usuli bilаn yаsаlish xususiyаti mаvjud ekаnini аksаriyаt tilshunоs оlimlаr tаsdiqlаshаdi. Mаsаlаn, Аyub G‘ulоmоv111, Yоrmаt Tоjiyev112, Qаlаndаr Sаpаyev113, Bаxtiyоr Mengliyev114, Аbduvаli Berdiаliyev115, Ulug‘ Tursunоv116, G‘аnijоn Аbdurаhmоnоv117, Ulug‘murоd Аmоnоv118, А.Аnоrbekоvа119. Akademik Azim Hojiyev esa masalaga mantiqan yondashib ravishlarning yasalishi borasida o‘zining yangi-yangi g‘oyalarini berib o‘tadi.
Akademik Azim Hojiyev o‘zbek tilshunosligida o‘ziga xos g‘oyalari bilan boshqalarning ko‘z o‘ngida haybatli olim sifatida gavdalanadi. Olim o‘zga tillarga qiyosan “majburlab” olib kirilgan grammatikadagi ayrim o‘rinlarni o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tahlil qilib tildagi mavjud kamchiliklarni batafsil yoritib bergan. Quyida ana shunday tahlilga guvoh bo‘lamiz.
O‘zbek tiliga oid ilmiy adabiyotlarda, darslik va qo‘llanmalarda “ravish turkumi” o‘ziga xos morfologik kategoriyalarga ega emasligi, lekin o‘ziga xos so‘z yasalishiga egaligi bilan alohida so‘z turkumi hisoblanishi tan olinadi. Ammo ravish yasovchilar deb qaralayotgan faktlarning tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida ravish yasash uchun xizmat qiluvchi bironta ham morfema (affiks yoki yordamchi so‘z) yo‘q. O‘zbek tilida ravish yasovchi faol qo‘shimchalar deb baholanuvchi -cha, -larcha, -lab kabilarni ravish yasovchi (umuman, so‘z yasovchi) hisoblash mumkin emas. Masalan, -cha affiksi. Tarkibida bu affiks bo‘lgan so‘zlar u qadar ko‘p emas. Qolaversa:
birinchidan, ularning ayrimlari so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat tarkibga ega emas: vaqtincha, ko‘pincha kabi. O‘z-o‘zidan, bular o‘zbek tili so‘z yasalishi tizimiga oid so‘z yasalish tiplarining birortasiga kiritish mumkin emas120.
ikkinchidan, -cha affiksli so‘zlarning ayrimlarida undan oldin egalik qo‘shimchasi keladi, ya’ni -cha so‘zning shunday shakliga qo‘shiladi: keragicha, butunicha, aksincha, xomligicha kabi. So‘z yasovchi qo‘shimcha so‘z shaklidan so‘z yasamaydi. Shuning o‘ziyoq keltirilgan so‘zlardagi -cha so‘z yasovchi emasligini, so‘zlarning o‘zi esa yasama so‘z emasligini ko‘rsatadi.
uchinchidan, tarkibida -cha bo‘lgan va yasama so‘zday ko‘ringan ko‘pgina so‘zlarning ma’nosi bir tipda emas, ya’ni ular so‘z yasalishining biron-bir tipini hosil qilmaydi: atroflicha, boshqacha, zarracha, hozircha kabilar. Shunday ekan, bularni so‘z yasalish tizimiga oid yasama so‘zlar, ular tarkibidagi -cha ni so‘z yasovchi (ravish yasovchi) deb bo‘lmaydi.
To‘rtinchidan, ko‘pgina so‘zlar tarkibidagi -cha qo‘shimchasi shakl (forma) yasovchi qo‘shimcha yoki ko‘makchi so‘zga xos ma’noga ega bo‘ladi: xomligicha – xom holida, yashirincha – yashirin holda (tarzda), do‘stcha – do‘st kabi va b.
Ana shu aytilganlarning o‘ziyoq -cha qo‘shimchasining ravish yasovchigina emas, umuman, so‘z yasovchi emasligini ko‘rsatadi. Ravish yasovchi deb qaralayotgan -larcha, -lab, chasiga kabi qo‘shimchalar ham so‘z yasovchiga xos xususiyatlarga, tarkibida ulardan biri bo‘lgan so‘zlar esa yasama so‘zga xos belgilarga ega emas. Shuningdek, o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘tgan ravish yasovchilar deb ta’riflanayotgan -an, -ona kabilar ham o‘zbek tilining so‘z yasovchilari emas. O‘zbek tilida tarkibida -an bo‘lgan (taxminan, majburan kabi) so‘zlar 50 ga yaqin, -ona bo‘lgan so‘zlar 80 atrofida. Lekin ularning hammasi tayyor holda arab (taxminan kabilar) va fors-tojik tillaridan (do‘stona kabilar) o‘zlashgan so‘zlardir. Binobarin, ularni o‘zbek tiliga xos yasama so‘zlar (yasama ravishlar) hisoblash mumkin emas. Xullas, o‘zbek tilida ravish yasalishi hodisasi borligini tasdiqlovchi fakt (faktlar) yo‘q121.
Shunday bo‘lsa-da, olim o‘zining 1989-yilda nashrdan chiqqan “O‘zbek tili so‘z yasalishi” nomli kitobida -cha, -chasiga, -larcha kabi morfemalarni ravish yasovchi sifatida keltirganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin122. Demak, olim oradan yillar o‘tganidan keyin ravish yasovchilarning o‘zbek tilida yo‘q ekanini anglab yetgan.
-day/dek affiksi. Bu grammatik shakllar ham munozarali talqinlarga boydir. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda mazkur affiks ravish yasovchi sifatida keltiriladi. “O‘zbek tili grammatikasi” asarida ot, sifat, olmosh va boshqa turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib, ravish yasashi, bunda ma’no jihatdan taqlid va o‘xshatish ma‘nosini ifoda etishi (askarday, yashinday, burgutdek, chirmovuqday), -day/dek affiksining fonetik varianti sifatida -oq, -dog‘, -dak, -daka, -daqa, -dayin, aqa (shundoq, mundog‘, sizdaka, shundaqa, qushdayin, unaqa, bunaqa) kabilar ham qo‘llanishi aytiladi123. Mazkur manbaning “morfologik usul”da sifat yasalishi bandida -day/dek affiksining sifat yasashi haqida ham so‘z boradi124. Baxtiyor Mengliyevning “So‘z yasalishi o‘quv lug‘ati” nomli kitobida ham ushbu morfemaning so‘z yasovchi ekani ko‘rsatib o‘tilgan125. Ba‘zi manbalarda -day/dek affiksining otga xos shakl ekanligi ham keng izohlanadi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning qo‘shimchalar tavsifiga bag‘ishlangan qismida ham -day/dek affiksining ham sifat, ham ravish yasay olishi bayon etiladi126. Kuzatishlar -day/dek affiksining so‘z turkumlariga munosabatida yagona fikr mavjud emasligini ko‘rsatib turibdi. Ko‘pgina til hodisalarida uchragani kabi mazkur affiks izohida ham zo‘rma-zo‘rakilik kuzatiladi. Aslida -day/dek affiksining ham ot oldi, ham fe‘l oldi belgi semali so‘zlar hosil qila olish imkoniyati (Jumladan: bahordek ob-havo, boladay qariya; devday ishlamoq, vatanparvarlardek jang qilmoq) mazkur shaklning sifat va ravish tarkibida o‘rganilishiga sabab bo‘lgan.
Yaqin o‘n yillarda yaratilgan tadqiqotlarda shu kabi ziddiyatlarning oldini olish, bu shakl haqida bir yechimga kelish maqsadida -day/dek affiksiga ko‘makchi affiks deb qarash tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgan -day/dek affiksi qo‘shimchasimon ko‘makchi tarzida izohlanmoqda127.
-day/dek affiksi bir qator so‘z va affikslar bilan sinonimlikka kirisha oladi. Masalan: а) -day/dek – singari, kabi, yang‘lig‘, misoli ko‘makchilari; b) -day/-dek – go‘yo, go‘yoki, xuddi, naq yuklamalari; d) -day/-dek – -larcha ravish yasovchi affiksi; e) -day/-dek – -cha ravish yasovchi affiksi; f) -day/-dek – -chasiga ravish yasovchi affiksi; g) -day/dek – -ona ravish yasovchi qo‘shimchasi; h) -day/-dek – -namo sifat yasovchi affiksi; i) -day/-dek – -simon ravish yasovchi affiksi. Misollarni kuzatamiz: osmonday – osmon kabi, bahorday – go‘yo bahor, yigitlardek – yigitlarcha, otaday – otalarcha, arslonday – arslonchasiga, mardlarday – mardona, hazillashganday – hazillashgannamo, uyalganday – uyalgansimon kabi.
Umuman, -day/-dek shakllari affiks ko‘makchi tarzida baholanib, umumiy xulosaga kelinishi bir-biriga zid ko‘pgina fikrlarning bartaraf etilishiga ham yordam beradi. Qolaversa, mazkur morfemalarning tabiati so‘z yasovchi bo‘la olmasligini ham ko‘rsatadi. Buning dalili sifatida quyidagilarni aytish mumkin: а) -day/-dek har qanday so‘zga – ot va qisman sifat, sifatdosh, harakat nomiga birdek qo‘shilib ketaveradi: onalarday, gulday, Amudaryoday, o‘quvchiday, tuyg‘uday, yaxshiday, yomonday, o‘qiganday, borishday va h.k. b) -day/-dek ba‘zi paytlarda belgisiz ham qo‘llana oladi: 1. Tosh qotirgan yo‘llarni ayoz. 2. Oy borib omon kel. Shu kabi dalillarning o‘ziyoq mazkur affiksning so‘z yasovchilik tabiatini rad etadi.
-gacha affiksi. Ushbu affiksning payt va o‘ringa xos mazmunni anglatishi uning shu paytga qadar ravishlar tarkibida o‘rganilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu affiks bo‘yicha quyidagicha xulosalar o‘zbek tilshunosligida hali ham mavjud:
1) ravish yasovchi affiks;
2) chegara kelishik shakli128;
3) -ga va -cha (yuklama) affikslar ketma-ketligidagi shakl129.
Tilshunos olim Azim Hojiyev ushbu affiks haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan edi. Yakuniy xulosa quyidagicha: birinchidan, hozirgi o‘zbek tilidagi uygacha, hozirgacha, bolalargacha kabi so‘zlardagi -gacha affiksi yaxlitligicha bir affiks – chegara ma‘nosini ifodalovchi forma yasovchi affiks, shu formaning o‘zi esa chegara formasi hisoblanadi. Ikkinchidan, -gacha affiksi yordamida yasaluvchi shakl kategorial forma hisoblanadi va o‘z xususiyatiga ko‘ra kelishik formalari qatoriga kiradi (chegara kelishigi formasi bo‘ladi)130.
Shunisi e’tiborliki, birinchidan, -gacha affiksining ot so‘zlarga juda ko‘p miqdorda birikishi (jumladan: tog‘gacha, devorgacha, qirgacha, gulgacha va b.) ushbu affiksning so‘z yasovchilik xususiyatini inkor etadi. Ikkinchidan, -gacha affiksining -cha qismi makon/zamon kelishiklaridan faqatgina -ga jo‘nalish kelishigi affiksi bilan birga kela oladi. Bu esa -gacha affiksining allaqachon murakkab shakl bo‘lib ulgurganligiga ishora qiladi.
-lab affiksi. Ushbu morfema haqida akademik Azim Hojiyev fikr bildirib, uning nafaqat ravish yasovchi, balki umuman so‘z yasovchi emasligini ta’kidlagan edi131. Ammo olim 1989-yilda nashrdan chiqqan kitobida uning ravish yasovchi affiks ekanini keltirib o‘tgan edi132. Buxoro davlat universiteti dotsenti To‘lqin Asadov esa uning ravish yasovchi kamunum qo‘shimchalardan ekanini bildiradi. Akademik Azim Hojiyev -lab qo‘shimchasi orqali hosil qilingan so‘zlarni yasama ravish hisoblamasligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Olim o‘zining kitobida yangi yasalgan leksemalar izohli lug‘atdan o‘rin olishi kerakligini aytgan edi133. Ya’ni bir so‘zdan boshqa yana bir so‘z yasalsa, alohida leksema sifatida u til izohli lug‘atidan ana shu yasama so‘z o‘rin olishga haqli bo‘ladi. Izohli lug‘atga nazar solinsa, -lab morfemasi orqali hosil qilingan 40 ga yaqin so‘z borligining guvohi bo‘lamiz. Bu esa ana shu morfema bilan yasalgan ana shuncha leksema borligini anglatadi.
-lay/layin, -(i)n/un affikslari. -(i)n/un affikslari bugungi kunda ravish yasashga xizmat qilmayapti. -(i)n affiksi bilan yuzaga kelgan qishin-yozin, birin-ketin va b. so‘zlar o‘z davrida ham ravish yasovchi affiks bo‘lmagan. Qolaversa, bu kabi so‘zlar juda oz miqdorda.
Qadimda -lay/layin affikslari bilan ko‘plab so‘zlar yasalgani va bu affikslar ma‘no-mazmuni, vazifasiga ko‘ra -day/dek affikslariga mos kelganligi aytiladi134. Vaqt o‘tib bugungi kunda -lay/layin affiksi faoliyatining o‘ta chegaralanganligini tilimizda davr bilan bog‘liq ravishda -day/dek shakli paydo bo‘lishi bilan bog‘lash mumkin. -day/dek affiksi faoliyatining oshishi, so‘zlarga keng miqdorda birika olish imkoniyati -lay/layin affiksi funksiyasini cheklab keldi. Natijada -lay/layin affiksi unumsiz ravish yasovchi affiksga aylandi. Baxtiyor Mengliyevning “So‘z yasalishi o‘quv lug‘ati” nomli kitobida ham ushbu morfemaning so‘z yasovchi ekani ko‘rsatib o‘tilgan135. Ammo kitobda -layin morfemasining -lay va -in kabi alohida bo‘lingan holda berilganini ko‘rish mumkin136. Ammo, bizningcha, ushbu morfemadagi -in qismini ajratish mumkin emas.
-chan/-chang affikslari. Ushbu affikslar borasida ham yetarlicha bahsli mulohazalar mavjud. Ayrimlar bu ikkisi farq qilishi kerakligini isbotlashga urinsa, ularni variantdosh qo‘shimchalar sifatida qabul qilish lozimligi borasidagi manbalar ham yetarlicha137. “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” kitobida ham ushbu ikki morfemaning variantdosh ekani keltirib o‘tilgan. Ammo Azim Hojiyevning “O‘zbek tili so‘z yasalishi” nomli kitobida -chan morfemasining sifat yasashi, -chang morfemasining esa ravish yasashi haqida ma’lumotlar mavjud. Olimning fikricha, kiyim-bosh otlaridan -chang morfemasi orqali so‘z yasash lozim bo‘ladi.
Ravishlarning yasalishi borasida xulosa qilar ekanmiz, akademik Azim Hojiyevning aksar fikrlarini o‘rinli deb bildik. Ayniqsa, -cha, -chasiga, -larcha kabi morfemalar haqida keltirilgan barcha mulohazalar o‘rinli. Sababi -cha morfemasi ko‘makchi bilan sinonimlik hosil qilishi va yuqorida olim keltirgan boshqa barcha sabablar ayni haqiqat. -larcha morfemasida esa ko‘plik shakli aniq sezilib turibdi. Bu esa uning qo‘shma affiks emas, ikkita alohida affiks ekanini ko‘rsatadi. Ammo yoppasiga ravish yasovchi qo‘shimchalarni yo‘q deyish ayrim morfemalarning xususiyatiga to‘g‘ri baho bermaslik bo‘ladi. Olim aytganidek, so‘z yasalishi uchun muhim bo‘lgan yasashga asos qism va yasovchi vosita kabi tarkiblar ayrim ravishlarda ko‘rinadi. Masalan, do‘stona, barvaqt, ko‘ylakchang, butunlay kabi so‘zlarda yasalish hodisasi ro‘y bermayotganini isbotlay olmaymiz. Bundan tashqari, olimning -an va -ona morfemalari orqali hosil bo‘lgan so‘zlarning yasama ravish ekanini tan olmasligiga ularning chet tilidan kirganligini sabab qilib ko‘rsatishi ham biroz munozarali masaladir. Sababi, o‘zbek tiliga chet tilidan ham so‘zlar, ham morfemalar o‘zlashishi mumkin. Nega boshqa morfemalarni va boshqa so‘zlarni o‘zlashtirib tarkibga ajratishimiz kerak-u, aynan shu o‘ringa kelganda bu qolip ish bermasligi kerak? Qolaversa, o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni tarkibga ajratishning asosiy tamoyiliga (asos deb qaraladigan qism mustaqil qo‘llana olishi kerak, morfema deb qaraladigan qism esa boshqa so‘zlarga qo‘shila olishi kerak) ham yuqoridagi holat zid keladi. Shunday ekan, ularni tarkibga ajratishda va tarkiblarni tahlil qilar ekanmiz, ravishlar derivatsiyasi o‘zbek tilshunosligida o‘z o‘rniga ega degan xulosaga kelamiz. Akademik Azim Hojiyevning ravish yasovchi morfemalar masalasida yondashuviga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki o‘zbek tilida ravish yasovchi qo‘shimchalarning chegarasi aniq emas va bu mavzu bahsli. Lekin -an va -ona qo‘shimchalari orqali hosil bo‘lgan so‘zlarning yasama ravish sifatida tan olinmasligi haqidagi fikr esa munozarali. Chunki o‘zbek tiliga so‘zlar ham, morfemalar ham o‘zlashishi mumkin, va ularning tarkibiy tahlilini o‘zbek tilining ichki qonuniyatlariga mos holda olib borish lozim.
Ushbu bоbdа sо‘z tаrkibi lug‘аtini tuzishdаgi bugungi kun muаmmоlаri tаhlil qilindi. Ushbu muаmmоlаr nаfаqаt sо‘zning tаrkibiy tuzilishidа, bаlki uning leksik, mоrfоlоgik vа sintаktik tuzilishidа hаm аyrim о‘zgаrishlаrgа оlib kelishini kо‘rsаtаdi. Bundаy bаhsli mаvzulаrgа аyrim mаnbаlаrdа qisqаchа tо‘xtаlib о‘tilgаn bо‘lsа-dа, ulаr о‘z yechimini tоpmаgаnigа guvоh bо‘lаmiz. Ushbu tаdqiqоt ishidа аnа shu mulоhаzаlаrgа imkоn bоrichа bugungi kun grаmmаtikаsidаn kelib chiqib xulоsа qilishgа hаrаkаt qilаmiz. Quyida ana shu tahlil natijalari berilgan:
So‘z tarkibi lug‘atining morfem lug‘atdan farqi ko‘rsatib berildi. Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati o‘zbek tilshunosligida ilk bor Baxtiyor Mengliyev tomonidan tuzilgan edi. Morfem lug‘atni esa sobiq ittifoq davrida Ayub G‘ulomov tayyorlagan. Bu ikki lug‘atning tuzilishi bir xil bo‘lsa-da, nomidagi bo‘lgan o‘zgarish morfemaga bo‘lgan qarashning davr o‘tishi bilan o‘zgarishiga bog‘liq desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ya’ni ikkala lug‘atda ham so‘zning asos va qo‘shimchalarga ajratilishiga guvoh bo‘lamiz. Dissertatsiyaga ilova qilinayotgan lug‘at ham ana shu ishlarning davomi sanaladi.
“Sar”gа leksema sifatida baho berildi. Shuni ta’kidlash joizki, fors-tojik tilidan kirib kelgan so‘zlar tarkibida keladigan ushbu qismli so‘zlar asosdan ajratilmas edi. Bundan avvalgi tuzilgan so‘z tarkibi lug‘atida ham bu qism qatnashgan so‘zlar tarkibga ajratilmagan. Masalan, sarlavha, saranjom, sarxush… Ammo Ayub G‘ulomov tuzgan morfem lug‘atda esa, ularning tarkibga ajratilishiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, sar/xat, sar/xil, sar/xona… Morfem lug‘atda “sar” qismli so‘zlar haqida aniq ma’lumot berilmagan. Ular qatnashgan so‘zlar ham aniq qolip asosida ajratilmagan. Masalan, yuqoridagi so‘zlarda “sar” ajratilgan bo‘lsa, sardara, sarbozor kabi so‘zlar tarkibga ajratilmagan. Dissertatsiyamizning ushbu bobida ana shunday so‘zlar yig‘ib chiqilib, ular birma-bir tahlil qilingan. Ishning oxirida esa “sar”ning leksema ekanligi isbotlangan.
Bugungi kun о‘zbek tilshunоsligi uchun muаmmоlаrdаn biri bо‘lib kelаyоtgаn аffiksоid terminining grаmmаtikа uchun kerаksiz ekаni kо‘rsаtib о‘tilgаn. Shuni mа’lum qilmоqchimizki, аffiksоidlаr аtаmаsining o‘zbek tilshunоsligi uchun аslidа kerаk emаsligi ilk bоr ushbu dissertаtsiyаdа qаlаmgа оlinmаgаn. Аkаdemik Аzim Hоjiyev ulаrning аffiksоid deb о‘rgаnilishigа hоjаt yо‘q, sо‘zgа qо‘shilib yоzilishi vа mоrfemаgа xоs belgigа egаligi ulаrning hаm qо‘shimchа sifаtidа qаrаlishigа аsоs bо‘lа оlаdi, mаzmunidа tаhlillаrini bаyоn etgаn edi. Аmmо bu fikrgа tо‘liq qо‘shilib bо‘lmаydi. Sаbаbi, аffiksоidli sо‘zlаrning tаrkibiy qismlаri izоhli lug‘аtdа аlоhidа leksemа sifаtidа izоhlаnаdi vа ulаr sо‘zdа qо‘shmа sо‘zlаrgа xоs bо‘lgаn xаrаktergа egа. Mаsаlаn, ishxоnа, tаklifnоmа, kаmunum kаbilаrni biz sоddа yаsаmа sо‘z sifаtidа qаbul qilа оlmаsligimiz shundаn. Dissertаtsiyаmizning ushbu bоbidа аnа shundаy qismlаr qаtnаshgаn sо‘zlаrning о‘zbek tilshunоsligidа о‘rgаnilishi vа bundаy sо‘zlаr hаqidа keltirilgаn mulоhаzаlаr berib о‘tildi. Tаhlil sо‘ngidа esа аffiksоid terminining аslidа kerаk emаsligi, ulаr qаtnаshgаn sо‘zlаrni uch qismgа bо‘lib о‘rgаnish lоzimligi tаklif etildi. Ya’ni bugungi kunda affiksoid deb hisoblanayotgan so‘zlarni:
so‘z yasovchi qo‘shimchalar: -parast, -furush…
lug‘aviy shakl yasovchilar: -jon, -bek, -oy…
alohida so‘zlar: xona, noma, nim, kam…
kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganish lozimligi haqida xulosa qilindi.
O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda tarkibga ajratish va ularni tahlil qilish muammo bo‘lib kelayotgan ravishlar masalasida batafsilroq to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra:
ravishlarning o‘zgarmas birliklar ekani tan olindi. Ya’ni ularga qo‘shilgan kelishik va egalik shakllari asosga yaxlitlanib qolishi haqida fikr avvalgi manbalar asosida yana bir bor tasdiqlandi.
ravishlar yasalmasligi borasidagi fikrlarga (akademik Azim Hojiyevda shunday qarash mavjud) shaxsiy munosabat bildirildi va bu mulohaza ma’qullanmadi.
ravishlar borasida morfem lug‘at va so‘z tarkibi lug‘atidagi yuzaga kelgan bahsli munozaralarga ilmiy asoslar keltirildi.
ravishlarning darajalanishi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ularning darajalanmasligi borasida bildirilgan fikrlarga qarshi mulohazalar bildirib o‘tilib, daraja shakliga egaligi isbotlandi.
bugungi kunda ravish deb qaralayotgan ayrim so‘zlarning ravish emas, aslida o‘rin-joy otiga qo‘shilgan kelishik shakli ekani isbotlab berildi (masalan, o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan).
ravishlarning yasalishi borasida to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘rа, -cha, -larcha, -chasiga, -day, -dek kabi morfemalarning ravish yasovchi emasligi isbotlandi.
Azim Hojiyev yasovchi morfema emasligini ta’kidlagan -ona, -an, -lab kabi morfemalarning ravish yasovchi ekanligi borasida fikrlar ilgari surildi.
-lay/-layin morfemalari haqida ham to‘xtalib o‘tilib, ular borasida mavjud bahsli mulohazalarga munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, ushbu morfemalar alohida-alohida ravish yasovchi morfemalar hisoblanadi.
ravishlarning yasalishi borasida xulosa qilinar ekan, ularning derivatsiyasi o‘zbek tilshunosligida o‘z o‘rniga ega ekanligi borasida dalillar keltirildi.
Shunday qilib, ushbu bobda bugungi kunda tarkibga ajratilishida to‘siqqa aylangan ana shunday muammolar tahlilga tortildi. Bu orqali so‘zlarni tarkibga ajratishdagi bugungi kunning bahsli mavzulari mumkin qadar o‘z yechimini topdi.
66. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977.
67. Mengliyev B., Bahriddinova B. O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
68. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 91.
69. Ўзбекистон ССР Фанлар академияси. Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 270.
70. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022.
71. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 25.
72. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 25.
73. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 272.
74. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 260.
75. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 86-87.
76. Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. – Тошкент: Фан, 2010. – Б. 43.
77. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 25.
78. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 43.
79. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 2013. – B. 528.
80. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 259.
81. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 25.
82. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 82.
83. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 109.
84. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 104.
85. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 26.
86. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 294.
87. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 528.
88. Mengliyev B., Xoliyorov О‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 209.
89. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 45.
90. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 350.
91. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 528.
92. Bozorov О. O‘zbek tilida darajalanish: fil.f.dokt. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya. – Toshkent, 1997. – B. 270.
93. Mengliyev B., Xoliyorov О‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 209.
94. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 540.
95. Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – Б. 78.
96. Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 246.
97. Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 366.
98. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – B. 284.
99. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 528.
100. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 529.
101. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 529.
102. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 529.
103. Mengliyev B., Xoliyorov О‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 209.
104. Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 366.
105. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – B. 274.
106. Amonov U. Ona tili (Morfologiya). – Buxoro: Durdona, 2021. – B. 172.
107. Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, 2009. – B. 99.
108. Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, 2009. – B. 248.
109. Anorbekova А. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Тошкент: Noshir, 2011. – B. 141.
110. Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 248.
111. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 530.
112. Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – Б. 27.
113. Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – Б. 66.
114. Mengliyev B., Xoliyorov О‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 212.
115. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 30.
116. Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – Б. 366.
117. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – B. 280.
118. Amonov U. Ona tili (Morfologiya). – Buxoro: Durdona, 2021. – B. 176.
119. Anorbekova А. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Тошкент: Noshir, 2011. – B. 143.
120. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 59.
121. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 60.
122. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 93-94.
123. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 531.
124. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 279.
125. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 16.
126. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: Ўз.мил.энц., 2008. – Б. 577.
127. Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 261.
128. Неъматов Ҳ. Чегара келишиги. // Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 4-сон. 1971. – Б. 33-39.
129. Раҳматуллаев Ш. От лексемага қўшиладиган баъзи форма ясовчилар. // Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 2-сон. 1975. – Б. 39-40.
130. Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979.
131. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – Б. 59.
132. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 95.
133. Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. – Тошкент: Фан, 2010. – Б. 176.
134. Нигматов Х. Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI–XII вв. – Тошкент: Фан, 1989. – Б. 169.
135. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 106.
136. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 106.
137. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: Ўз.мил.энц., 2008. – Б. 589.
So‘z tarkibi lug‘atini tuzishdagi ayrim masalalar. Bugungi kunda so‘zlarni tarkibga ajratishdagi asosiy muammolardan biri o‘zlashma so‘zlar hisoblanadi. Aslini olganda, so‘zni tarkibga ajratish sof turkiy so‘zlarda unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sababi turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili agglyutinativ til bo‘lganligi sababli morfemalar so‘zga asosdan keyin qo‘shilishi ma’lum. Masalan, daraxtlarning so‘zida asos – daraxt, -lar va -ning esa morfema. Shunday bo‘lsa ham tilimizda uchraydigan fuziya hodisasi jarayonni biroz murakkablashtirishi mumkin. Ammo bu masalaga ham oydinlik kiritilgan. Masalan, “o‘yna” so‘zida “i” tovushi tushib qolgani ma’lum. Muаmmо shundаki, о‘zbek tilidаgi аyrim guruh sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilishi mаsаlаsidа yаxlit isоnchli mаnbа yо‘q. Bоrlаri hаm eskirgаn yоki tо‘liq emаs. Ulаrdа аniq bir qоlip ishlаmаydi. Mа’lumоtlаr tаrqоq hоlаtdа uchrаydi. Dissertаtsiyаning ushbu bоbidа аnа shu mаsаlаlаr jаm qilingаn vа yuqоridаgi muаmmоli sо‘zlаrning bаrchаsi yig‘ilib tаhlil etilgаn.
Tаhlilning bir-birigа uyg‘un bо‘lgаn sо‘zlаrni guruhlаsh аsоsidа аmаlgа оshirilishi vаziyаtni birоz оydinlаshtirаdi.
3.1-jadval
Murakkab tarkibli sо‘zlar
| T/r | Nomlash | Misollar |
|---|---|---|
| Bir necha prefiksli mustaqil qo‘llana oladigan asosga ega so‘zlar | aero/foto/geodezist, aero/gelio/terapiya, aero/geo/fizik/а, aero/termo/metr, agro/zoo/texnik/а, astro/foto/metr/ik, astro/foto/metr/iya, avto/gemo/terapiya, avto/lito/graf/iya, avto/moto/klub, avto/moto/lotereya, avto/moto/maktab, avto/poli/ploidiya, baro/mano/metr, baro/termo/graf, baro/termo/metr, bio/geo/kimyo/viy, bio/gidro/akustik/а, brone/avto/mobil, fito/geo/graf/iya, getero/poli/bir/ik/ma/lar, gidro/aero/ion/izatsiya, gidro/aero/mexanik/а, gidro/geo/kimyo, gidro/geo/ximiya, gidro/izo/gips/lar, gidro/per/oksid, giper/geo/metr/ik, izo/anti/gen/lar, izo/geo/termik, media/steno/graf/iya, radio/aero/navigatsiya, radio/dez/informatsiya, radio/gidro/meteorolog/ik, radio/tele/bosh/qar/ish, radio/tele/bosh/qar/uv, radio/tele/fon, radio/tele/graf/ist, radio/tele/graf/iya, radio/tele/gramma, radio/tele/metr/ik, radio/tele/metr/iya, radio/tele/mexanik/а, radio/tele/o‘lcha/sh, stereo/geo/metr/iya, termo/anemo/metr, termo/baro/kamera, termo/baro/metr, ultra/mikro/kimyo/viy, astro/foto/graf/ik, astro/foto/graf/iya, astro/geo/graf/iya, antropo/geo/graf/iya, agro/geo/graf/iya, bio/biblio/graf/ik, bio/biblio/graf/iya, bio/geo/graf/iya, etno/geo/graf/ik, etno/geo/graf/iya, foto/tele/graf/iya, makro/foto/graf/iya, makro/radio/graf/iya, mikro/baro/graf, paleo/geo/graf/ik, paleo/geo/graf/iya, radio/avto/graf/ik, radio/avto/graf/iya, radio/foto/graf/iya, sotsio/geo/graf/iya, stereo/foto/graf/iya, stereo/karto/graf/iya, tele/elektro/kardio/graf, tele/elektro/kardio/graf, vibro/kardio/graf/iya, zoo/geo/graf/ik, zoo/geo/graf/iya, | |
| о “interfiks”li so‘zlar. | aero/ionoterapiya, astro/spektrofoto/metr/iya, astro/spektrograf/ik, astro/spektrograf/iya, bazidiospora/lar, daktilograf/ik, daktilograf/iya, dialektograf/iya, ftoroplast/lar, gigantopitek, grafitoplast/lar, interoretsept/or/lar, klimatograf/ik, klimatograf/iya, leksikograf/ik, leksikograf/iya, magnitobiolog/iya, magnitoelast/ik, magnitoelektr/ik, magnitograf/ik, magnitograf/iya, magnitokardiograf/iya, magnitometr/ik, magnitometr/iya, metallofizik/а, metallofon/lar, metallograf/ik, metallograf/iya, metallokeramik/а, metallooptik/а, metalloorgan/ik, metalloproteid/lar, mikro/filmograf/iya, mineralograf/iya, okeanograf/ik, okeanograf/iya, oksidoreduktaza/lar, poligonometr/iya, pressoretsept/or/lar, radio/meteorograf, radio/spektrometr, rentgenograf/ik, rentgenograf/iya, spektrobolo/metr, spektrofoto/metr/ik, spektrofoto/metr/iya, spektrogelio/graf, spektrogeliogramma, spektrogelioskop, spektrogonio/metr, spektrograf/iya, spektrogramma, spektroizo/metr, spektrokolorimetr, spektrometr/iya, stereo/rentgenograf/iya, tele/rentgenograf/iya, tele/rentgenoterapiya, video/magnitofon, yodobromid, yodometr/ik, yodometr/iya, shlakobeton, shlakoblok | |
| Arab artiklli so‘zlar. | abadulabad, aksilinqilob/iy, aksilinqilob/chi/lik, aksilharakat/chi, alkimyo/gar, alhol, alhosil, almisoq, alqissa, alvido, al’amon, anbiyoulloh, astag‘firullo, assalom, vassalom, baytulloh, baytulhazan (baytulahzon), baytulmol, baytulmuqaddas, dorulaxloq (dorilaxloq), dorulbaqo (dorilbaqo), dorulfano (dorilfano), dorulfazl (dorilfazl), dorulfunun (dorilfunun), dorulharb (dorilharb), dorulhikma (dorilhikma), dorulislom (dorilislom), dorulmuallimin (dorilmuallimin), dorulqazo (dorilqazo), dorululum (dorilulum), dorulxalofat (dorilxalofat), dorussalom (dorissalom), dorussaltanat (dorissaltanat), dorussulh (dorissulh), dorushshifo (dorishshifo), dorulamon, dorulhazb, malikul-kalom, malikush-shuaro, nafsilamr, nahrulhayot, valiyulloh (valiulloh), vojibulehtirom, shayxulislom, shayxulmashoyix, shayxulmuluk | |
| Fors tilidan o‘zlashgan izofali birikmalar. | (ba/mayl/i/xotir)/lik, (bulbul/i/go‘yo)/lik, (mol/i/mardum)/xo‘r/lik, (dard/i/sar)/lik, (dard/i/be/davo)/lik, (bag‘r/i/tosh)/lik, (vaqt/i/chog‘)/lik, (vaqt/i/xush)/lik, (toj/i/xo‘roz)/dosh/lar, (dum/i/xurjun)/lik, | |
| Qaratqichli birikmaning bir so‘zga aylanishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar. | (buloq/bosh/i)/lik, (davlat/bosh/i)/lik, (guzar/bosh/i)/lik, (hashar/bosh/i)/lik, (lashkar/bosh/i)/lik, (ming/bosh/i)/lik, (ming/bosh/i)/zoda, (najjor/bosh/i)/lik, (navkar/bosh/i)/lik, (okean/ort/i), (quduq/bosh/i)/lik, (qo‘r/bosh/i)/lik, (to‘p/chi/bosh/i)/lik, (to‘y/bosh/i)/lik, (yuz/bosh/i)/lik, (o‘n/bosh/i)/lik, (o‘g‘ri/bosh/i)/lik, (ariq/bosh/i)/lik, (askar/bosh/i)/lik, (bakovul/bosh/i)/lik, (daha/bosh/i)/lik, (dah/bosh/i)/lik, (dallol/bosh/i)/lik, (dara/beg/i)/lik, (devon/beg/i)/lik, (ellik/bosh/i)/lik, (ish/bosh/i)/lik, (jo‘ra/bosh/i)/lik, (karvon/bosh/i)/lik, (maslahat/bosh/i)/lik, (mirza/bosh/i)/lik, (odam/bosh/i)/lik | |
| To‘ldiruvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar. | (bet/ga/chop/ar)/lik, (dil/ga/yoq/ar)/lik, (kun/ga/boq/ar)/lar | |
| Ega-kesim munosabatli so‘zlarning leksikalizatsiyasi. | (baxt/i/yor)/lik, (baxt/i/yor)/ona, (bog‘/i/baland)/lik, (dimog‘/i/kuy/gan)/lik, (do‘xt/i/sovu/q)/lik, (ko‘ngl/i/bo‘sh), (ko‘ngl/i/xush)/lik, (nafs/i/buz/uq)/lik, (og‘z/i/bir)/lik, (og‘z/i/buz/uq)/lik, (og‘z/i/bo‘sh)/lik, (osh/i/halol), (til/i/shirin)/lik, (es/i/past)/lik, (ich/i/qora)/lik, (kayf/i/chog‘)/lik, (bag‘r/i/keng)/lik, (aql/i/raso)/lik, (aql/i/no/raso)/lik, (aql/i/past)/lik | |
| Ravishlar | Abadiy/an, ikkinchi, aksari, aksiga, alla/qachon, amallab, aralashiga, arang |
Bir nechа prefiksgа egа bо‘lgаn mustаqil qо‘llаnа оlаdigаn аsоsgа egа bо‘lgаn sо‘zlаrni о‘zgа tillаrdа kо‘plаb uchrаtаmiz. Yа’ni аsоsi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi, аmmо birdаn оrtiq оld qо‘shimchаgа egа bо‘lgаn sо‘zlаr shu guruhdаn jоy оlgаn.
Mа’lumki, оld qо‘shimchаlаr nаfаqаt о‘zbek tili uchun, bаlki butun turkiy tillаr uchun hаm xоs emаs. Bu guruhgа mаnsub sо‘zlаrning muаmmоsi esа аnа shu оld qо‘shimchаlаrning bir leksemа оldidаn ikki yоki uch kаrrа qо‘llаnishidir. Buni аstrоgeоfizikа sо‘zi misоlidа kо‘rib о‘tsаk. Ushbu sо‘z tаrkibidаgi аstrо- qismi bоshqа sо‘zlаrdа prefiks sifаtidа kelаdi. Mаsаlаn, аstrоgrаfik, аstrоfizik kаbi. Ulаr аsоs оldidаn kelib leksemаning fаzоgа аlоqаdоr ekаni mа’nоsini аnglаtib kelаdi, fizik leksemаsi esа о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnishi mumkin ekаnligi imlо vа izоhli lug‘аtlаrdаn mа’lum. Demаk, yuqоridаgilаrdаn shu mа’lum bо‘lаdiki, аstrо- qismi prefiks sifаtidа о‘z vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Prefikslаr hаqidа аksаriyаt grаmmаtikаgа оid kitоblаrdа mа’lumоtlаr mаvjud. Ulаrning fоrs-tоjik tilidаn о‘zlаshgаnligi kо‘pchiligimizgа mа’lum. О‘zbek tilidа bundаy mоrfemаlаr tаlаyginа. Аmmо prefikslаrning bir аsоs tаrkibidа birdаn оrtiq qо‘llаnishi mumkin ekаnligi hаqidаgi mа’lumоtlаrni deyаrli uchrаtmаymiz. “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа Аyub G‘ulоmоv prefikslаr mаsаlаsigа tо‘xtаlib о‘tgаn edi138. Аmmо kitоbdа ulаrning birdаn оrtiq qо‘llаnishi hаqidа mа’lumоt yо‘q. Ushbu kitоbdаn ikki yil о‘tib nаshrdаn chiqqаn “О‘zbek tilining mоrfem lug‘аti” kitоbidа esа, prefikslаrning bir аsоs tаrkibigа birdаn оrtiq qо‘shilishigа guvоh bо‘lаmiz. Mаsаlаn, gidrо/geо/lоg/iyа139. Kо‘rinаdiki, о‘zbek tilshunоsligidа hаm bu kаbi hоlаt 1977-yildаn buyоn mаvjud.
Аerоfоtоgeоdezist sо‘zining tаrkibidаgi аerо- qismi izоhli lug‘аtdа о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа sо‘z yаsоvchi bо‘lib kelishi mа’lum qilingаn. Demаk, bundаy tаrkibli sо‘zlаr chet tilidа qо‘shmа sо‘z. Аmmо о‘zbek tilidа yаsаmа emаs. Sаbаbi аerо- qismi аlоhidа mаzmun аnglаtmаydi. Shundаy bо‘lsа-dа, buni yаsоvchi vоsitа sifаtidа qаbul qilish mаqsаdgа muvоfiqdir. Lekin о‘zbek tili grаmmаtikаsi kitоbidа ushbu tаrkibgа egа bо‘lgаn аerоpоrt sо‘zining qо‘shmа sо‘z hоlаtidа о‘zlаshtirilgаni keltirib о‘tilgаn.140 Yа’ni u kitоbgа tаyаnilsа, bundаy qismgа egа bо‘lgаn sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilmаydi. Аbduvаli Berdiаliyevning kitоblаridа esа, аerо- qismli sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilishi keltirib о‘tilgаn.141 Sо‘zlаrni tаrkibgа аjrаtishdаgi о‘zbek tili xususiyаtidаn kelib chiqilsа hаm аerо- qismli sо‘zlаr аjrаtilishi lоzim degаn xulоsаgа kelinаdi. Sаbаbi ushbu qism yаsоvchi mоrfemаlik xususiyаtini sо‘zgа yuklаshi bilаn birgа bоshqа sо‘zlаrdа hаm uchrаb turаdi. Demаk, о‘zbek tilidа ushbu tаrkibli sо‘zlаr yаsаmа sо‘zlаr hisоblаnаdi. Yа’ni аerо- о‘zbek tilidа sо‘z yаsаsh xususiyаtigа egа bо‘lgаn chet tilidаn о‘zlаshgаn prefiksdir. Fоtо- qismining hаm о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаrning birinchi qismi bо‘lib kelishi mа’lum. Ushbu qism qо‘shilgаnidа sо‘z аsоsigа yоrug‘lik, nur mа’nоlаrini yuklаydi. Geо- qismi hаm fоtо- qismining mаqоmidа bо‘lib, ushbu qism qо‘shilgаn sо‘zlаr tаrkibigа yergа аlоqаdоrlik mа’nоsi yuklаnаdi. Аmmо о‘zbek tilidа geоdez sо‘zi mаvjud emаs. Shu sаbаb undаn keyin kelаyоtgаn -ist qо‘shimchаsi hаm, geо- qismi hаm shu tаrkib ichidа bо‘lаdi. Yа’ni “аsоs deb qаrаlаdigаn qism tildа mustаqil mа’nо аnglаtishi kerаk” degаn qоidаgа mоs kelmаgаni sаbаb yuqоridаgi xulоsаgа kelindi. -ist qо‘shimchаsi esа, о‘zbek tilidа аlоhidа о‘rnigа egа. Universаlist, vоkаlist, yumоrist kаbi о‘zlаshmа sо‘zlаrdа shаxs оti yаsаsh vаzifаsini bаjаrаdi. Shundаy qilib, ushbu sо‘z аerо/fоtо/geodezist kаbi mоrfemаgа аjrаlаdi.
Аerоgeliоterаpiyа sо‘zining tаrkibgа аjrаtilishi hаm yuqоridаgidek qоlipdа bо‘lаdi. Аerо- qismi hаqidа yuqоridа xulоsа berdik. Geliо- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа yаsоvchi vоsitа bо‘lib, u qо‘shilgаn sо‘z аsоslаrigа quyоsh, quyоsh nuri, quyоsh energiyаsigа аlоqаdоrlik mа’nоsini yuklаydi. Аerоgeliоterаpiyа sо‘zi tаrkibidа аsоs mаqоmidаgi qism terаpiyа bо‘lib, ushbu sо‘z о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi. Shundаy qilib, mаzkur sо‘zni аerо/geliо/terаpiyа kаbi tаrkibgа аjrаtish mаqsаdgа muvоfiq.
Аerоgeоfizikа sо‘zi tаrkibgа аerо/geо/fizik/а kаbi аjrаtilаdi. аerо- vа geо- qismlаrining mа’nоsi аsоs deb hisоblаnmish fizik qismigа qоrishib, hаvо vа yergа аlоqаdоr fizikа mаzmuni аnglаshilаdi. Bundаn tаshqаri -а qо‘shimchаsi оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Аerоtermоmetr sо‘zi tаrkibidаgi termо qismi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаrning tаrkibidа kelib, sо‘z аsоsigа issiqlik, hаrоrаtgа аlоqаdоrlik mа’nоsini yuklаydi. Metr sо‘zi izоhli lug‘аtdа 100 sаntimetrgа teng о‘lchоv birligi vа аnа shuni о‘lchаydigаn аsbоb mа’nоlаrini аnglаtаdi. Bаxtiyоr Mengliyevning kitоbidа аmpermetr sо‘zi аmper/metr kаbi tаrkibgа аjrаtilgаn.142 Bundаn chiqdi, termоmetr sо‘zi hаm termо/metr kаbi аjrаtilаdi. Demаk, tаhlilgа tоrtilgаn sо‘z аerо/termо/metr kаbi tаrkibgа аjrаtilаdi.
Аgrоzооtexnikа sо‘zi tаrkibidаgi аgrо- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаrdа kelib, аsоsgа dаlа, qishlоqqа оid mаzmunni yuklаydi. Prоfessоr Аbduvаli Berdiаliyevning kitоblаridа bu kаbi mоrfemаlаr chet tilidаn о‘zlаshgаn prefikslаr deyа bаhоlаngаn.143 Zоо- qismi esа, о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib, аsоsgа hаyvоn, jоnivоr mа’nоlаrini yuklаydi. Tаhlildаgi sо‘zning аsоsi texnik sо‘zidir. Bundаn -а mоrfemаsi yоrdаmidа оt yаsаlgаn. Shundаy qilib, ushbu sо‘z аgrо/zоо/texnik/а kаbi tаrkibgа аjrаtilаdi.
Аstrоfоtоmetrik sо‘zi tаrkibidаgi аstrо- vа fоtо- qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ushbu sо‘zning аsоsi metr hisоblаnib, bu hаm termоmetr sо‘zi аjrаlgаnidek tаrkibgа bо‘linаdi. -ik mоrfemаsi sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Nаtijаdа аstrо/fоtо/metr/ik kаbi tаrkibgа аjrаtiluvchi sо‘z hоsil bо‘lmоqdа. Xuddi shu sо‘z kаbi аstrо/fоtо/metr/iyа sо‘zi hаm аnа shundаy tаrkibgа аjrаlаdi. Bu sо‘zdа -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilgаn.
Аvtоgemоterаpiyа sо‘zi tаrkibidаgi аvtо- qismi о‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib sо‘z аsоslаrigа:
o‘z qо‘li bilаn: аvtоbiоgrаfiyа;
o‘zi hаrаkаtlаnаdigаn, аvtоmаtik: аvtоpilоt, аvtоyuklаgich;
avtоmоbilgа оid: аvtоvоkzаl, аvtоkоrxоnа kаbi mа’nоlаrni yuklаydi. Bundаn tаshqаri, prоfessоr Аbduvаli Berdiаliyev о‘zining mоrfemikаgа bаg‘ishlаngаn kitоbidа аvtо- qismining chet tilidаn о‘zlаshgаn prefiks ekаnini yоritgаn edi.144
Аvtо- qismining аviа-, biо-, gidrо- kаbi qismlаrdаn fаrqi shundаki, bu qism mustаqil hоldа hаm qо‘llаnishi mumkin. Yа’ni аviа qismi mustаqil hоldа qо‘llаnmаydi. Biо vа gidrо qismlаri hаm shundаy. Аmmо аvtо sо‘zi mustаqil qо‘llаnishi mumkin. “О‘zbek tilining izоhli lug‘аti”ning 1-jildidа ushbu sо‘zning аvtоmоbil mа’nоsidа mustаqil qо‘llаnа оlishi hаqidа mа’lumоt mаvjud145. Keyingi qism: gemо- (gem(о)-, gemаtо- о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib qоngа, qоn kаsаlliklаrigа аlоqаdоrligini bildirаdi. Аsоs qism esа terаpiyа. Shundаy qilib, ushbu sо‘z аvtо/gemо/terаpiyа kаbi tаrkibgа аjrаtilаdi.
Avtolitografiya sо‘zi tarkibidagi avto- qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Lito- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi bо‘lib, sо‘zning toshga yoki toshga о‘xshashlikka aloqadorligini bildiradi. Graf о‘zlashma sо‘z hisoblanib, chizmoq ma’nosini anglatadi. -iya morfemasi esa ushbu sо‘zda ot yasash uchun xizmat qilmoqda. Shunday qilib, ushbu sо‘z avto/lito/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Avtomotoklub sо‘zi tarkibidagi avto- qismi haqida yuqorida tо‘xtaldik. Moto- qismi esa, о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida motorga, mototsiklga aloqadorlikni va motorlashtirilgan kabi ma’nolarni bildiradi. Mazkur sо‘z tarkibidagi asos qism klub sо‘zidir. Shunday qilib, avto/moto/klub kabi tarkibga ajratiladi. Avtomotolotereya, avtomotomaktab sо‘zlari ham yuqoridagi qolipda bо‘ladi. Asos qism bunda lotoreya va maktabdir.
Avtopoliploidiya sо‘zi tarkibidagi poli- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib biror narsaning kо‘pligini, xilma-xilligini bildiradi. Ploidiya qismi о‘zbek tilining izohli lug‘atida о‘z о‘rniga ega emas. Bu sо‘z lug‘atda alohida izohlanmagan. Ammo allopoliploidiya, aneuploidiya, autopoliploidiya, geteroploidiya, poliploidiya kabi sо‘zlarda uni uchratish mumkin. Demak, ploidiya sо‘zi izohli lug‘atda berilmagan, ammo aslida leksik ma’no anglatadigan sо‘z ekani ma’lum bо‘ladi. Shuning uchun bu ploidiya tahlil qilinayotgan sо‘zning asosi vazifasini о‘tamoqda, deyishimiz mumkin. Shunday qilib, ushbu sо‘z avto/poli/ploidiya kabi tarkibga ajratiladi.
Baromanometr sо‘zi tarkibidagi baro- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, sо‘zga bosim ma’nosini yuklaydi. Ushbu sо‘zda metr qismi asos hisoblansa, mano- qismi alohida prefiks ekani anglashilib qoladi. Mano- qismi yana sfigmomanometr, mikromanometr, manometr kabi sо‘zlarda uchraydi. Ushbu qism sо‘z asoslariga qо‘shilib, ularga zichlik ma’nosini yuklaydi. Manometr bu zichlikni о‘lchaydigan asbob hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu sо‘z baro/mano/metr kabi tarkibga ajratiladi.
Barotermograf sо‘zi tarkibidagi graf qismi о‘zlashma sо‘z hisoblanib, chizmoq ma’nosini anglatadi. Izohli lug‘atda ushbu sо‘zning faqatgina unvon ma’nosi (barondan yuqori bо‘lgan unvon) izohlangan. Bundan tashqari, graf(о)- kabi holatda berilib, chizmoq ma’nosini bildiruvchi prefiks sifatida qaralishi izohlangan. Ammo bu sо‘zda prefiks sifatida emas, asos vazifasida kelganligi ma’lum. Fikrimizning isboti sifatida Baxtiyor Mengliyevning sо‘z yasalishi о‘quv lug‘atida buning asos vazifasida kelganligini ta’kidlab о‘tmoqchimiz146. Unda keltirilishicha, fotograf sо‘zida foto- yasovchi prefiks, graf asosdir. Baro- va termo- prefikslari haqida yuqorida xulosalar aytildi. Shunday qilib, ushbu sо‘z baro/termo/graf kabi tarkibga ajratiladi. Barotermometr sо‘zi ham mana shu qolipda bо‘ladi. Bu sо‘zda metr qismi asosdir.
Biogeokimyoviy sо‘zi tarkibidagi bio- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, uning hayotga, hayotiy jarayonlarga hamda biologiyaga aloqadorligini bildiradi. Geo- qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Asos kimyo sо‘zidir. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -viy morfemasi sifat yasamoqda. Natijada ushbu sо‘z bio/geo/kimyo/viy kabi tarkibga ajratiladi.
Biogidroakustika sо‘zi tarkibidagi gidro- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, uning suvga, suv havzalariga aloqadorligini bildiradi. Akustik qismi bu sо‘zda asos qismdir. -а morfemasi ot yasash vazifasini bajarmoqda. Demak, ushbu sо‘z bio/gidro/akustik/а kabi tarkibga ajratiladi.
Broneavtomobil sо‘zi tarkibidagi brone- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, asosning zirhga, zirhli qurolga aloqadorligini anglatadi. Ammo bu qism izohli lug‘atda avto-, foto-, avia- kabi alohida о‘ringa ega emas. Ya’ni lug‘atda alohida izohlanmagan. Shunday bо‘lsa-da, bu qismning prefiks ekani u qatnashgan sо‘zlar misolida anglashiladi. Avto- qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tganmiz. Mobil sо‘ziga kelsak, ushbu sо‘z izohli lug‘atdan alohida о‘rin olgan va harakatlanuvchi, qo‘zg‘aluvchi kabi ma’nolarni anglatadi. Professor Baxtiyor Mengliyevning sо‘z yasalishiga doir kitobida avtomobil sо‘zining tarkibga ajratilmaganiga guvoh bо‘lamiz.147 Ammo avto- morfemasining va mobil leksemasining xususiyatidan kelib chiqadigan bо‘lsak hamda tarkibga ajratish borasidagi yuqorida keltirilgan ikki asosiy qoidani hisobga oladigan bо‘lsak, ushbu sо‘zlarning tarkibga ajratilishi shart ekani anglashiladi. Ana shu sabab ushbu sо‘z brone/avto/mobil kabi tarkibga ajratiladi.
Fitogeografiya sо‘zi tarkibidagi fito- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, uning о‘simliklarga yoki о‘simliklar haqidagi fanga aloqadorligini bildiradi. Geo- va graf qismlari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. -iya morfemasi esa ushbu sо‘zda ot yasash uchun xizmat qilmoqda. Kо‘rinadiki, ushbu sо‘z fito/geo/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Geteropolibirikmalar sо‘zi tarkibidagi getero- qismi izohli lug‘atda izohlanmagan. Ammo imlo lug‘atida ushbu qism qatnashgan sо‘zlarni kо‘plab uchratish mumkin. Masalan: geteroatom, geterodinamik, geteroparametrik, geteroplastika, geteroqutbiylik, geteroseksualizm, geterosporali, geterostatik, geterostruktura, geterotransplantatsiya, geterovalentli va h.k. Bu qism sо‘zga qо‘shilganida uning kimyoviy moddalarga aloqadorligi anglashiladi. Demak, ushbu qism prefiks sifatida о‘z vazifasini bajarmoqda. Ammo buni hamma sо‘zlarda ajratish kerak, degan xulosaga kelib bо‘lmaydi. Ayrim sо‘zlarda bu qism asos tarkibiga yaxlitlangani va chet tilidan shundayligicha kirganining guvohi bо‘lamiz. Masalan: geterodinlamoq kabi sо‘zlarda asosni ajratib bо‘lmaydi. Poli- qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Birikma qismida -ik morfemasi bir sо‘zidan fe’l yasash uchun xizmat qilmoqda. -ma morfemasi esa hosil bо‘lgan fe’ldan ot yasamoqda. Sо‘nggi morfema -lar sо‘zga kо‘plik mazmunini yuklamoqda. Shunday qilib, ushbu sо‘z getero/poli/bir/ik/ma/lar kabi tarkibga ajratiladi.
Gidroaeroionizatsiya sо‘zi tarkibidagi gidro- va aero- qismlari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ion sо‘zi о‘zbek tilida mustaqil qо‘llana oladi. Bu sо‘z о‘zbek tilida zaryadlangan zarracha mazmunini kasb etadi. -izatsiya qismi esa bir necha sо‘zlarda uchraydi. Masalan: modernizatsiya, natsionalizatsiya, rekristallizatsiya, sensibilizatsiya, signalizatsiya… Kо‘rinadiki, bu sо‘z gidro/aero/ion/izatsiya kabi tarkibga ajratiladi. Gidroaeromexanika sо‘zi ham shu sо‘z bilan bir xil qolipda bо‘lib, bunda mexanik sо‘zi asos qism vazifasini bajarmoqda. -а morfemasi esa ot yasash uchun xizmat qilyapti. Kо‘rinadiki, bu sо‘z gidro/aero/mexanik/а kabi tarkibga ajratiladi.
Gidrogeokimyo sо‘zi tarkibidagi gidro- va geo- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Asos qism vazifasini kimyo sо‘zi bajarayotganini hisobga olsak, bu sо‘z gidro/geo/kimyo kabi tarkibga bо‘linadi. Gidrogeoximiya sо‘zi ham ana shu qolipda va bunda ximiya sо‘zi asosdir. Shunday qilib, bu sо‘z gidro/geo/ximiya kabi tarkibga ajratiladi.
Gidroizogipslar sо‘zi tarkibidagi gidro- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Izo- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, о‘zi qо‘shilgan sо‘zga tenglik, vazifasi jihatidan о‘xshashlik mazmunini yuklaydi. Ushbu sо‘zda gips sо‘zi asos bо‘lib, -lar sо‘zga kо‘plik ma’nosini yuklash uchun xizmat qilmoqda. Shunday qilib, ushbu sо‘z gidro/izo/gips/lar kabi tarkibga ajratiladi.
Gidroperoksid sо‘zi tarkibidagi gidro- qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘zdagi per- qismi haqida biror manbada ma’lumot topa olmadik. Ammo bu prefiks qatnashgan ikki sо‘z imlo lug‘atida uchraydi: gidroperoksid, perxlorat. Asos qism ajratilar ekan, morfema deb qaraladigan qism yana boshqa sо‘zda ham mavjud ekan, buni tarkibga ajratish shart bо‘lib qoladi. Shunday qilib, ushbu sо‘z gidro/per/oksid kabi tarkibga ajratiladi.
Gipergeometrik sо‘zi tarkibidagi giper- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, belgining me’yoridan ortiq ekanligi mazmunini о‘zi qо‘shilayotgan sо‘zga yuklaydi. Geo-, metr va -ik qismlari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Shunday qilib, ushbu sо‘z giper/geo/metr/ik kabi tarkibga ajratiladi.
Izoantigenlar sо‘zi tarkibidagi izo- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Anti- prefiksi esa ma’lum sо‘zlarga qо‘shilib, u sо‘zning antonimini, u ifodalagan tushunchaning ziddini bildiruvchi sо‘zni hosil qiladi. Asos qism gen hisoblanadi. -lar suffiksi esa sо‘zga kо‘plik mazmunini yuklamoqda. Demak, ushbu sо‘z izo/anti/gen/lar kabi tarkibga ajratiladi.
Izogeotermik sо‘zi tarkibidagi izo- va geo- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Term qismi mustaqil ma’noda о‘zbek tilida ishlatilmaydi. Termik holatida asos bо‘la oladi. Demak, ushbu sо‘z Izo/geo/termik kabi tarkibga ajratiladi.
Radioaeronavigatsiya sо‘zi tarkibidagi radio- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, uning radioga aloqador ekanligini, radio bilan bog‘liqligini bildiradi. Aero- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Navigatsiya sо‘zi bunda asos qismdir. Demak, ushbu sо‘z radio/aero/navigatsiya kabi tarkibga ajratiladi.
Radiodezinformatsiya sо‘zi tarkibidagi radio- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Dez- prefiksi esa, о‘zlashma yasama sо‘zlarning tarkibiy qismi bо‘lib, biror narsani yо‘q qilish, uzoqlashtirishni yoki uning yо‘qligini bildiradi. Informatsiya bu sо‘zda asos qismdir. Shunday qilib, ushbu sо‘z radio/dez/informatsiya kabi tarkibga ajratiladi.
Radiogidrometeorologik sо‘zi tarkibidagi radio- va gidro- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Asos qism meteorolog hisoblanadi. Meteor va meteorolog sо‘zlari о‘rtasida bog‘liqlik bо‘lsa-da, -olog morfemasi bu sо‘zda ajratilmasligini uning mazmuni kо‘rsatib turibdi. Meteor uchar jism. Meteorolog samoviy hodisalar olimidir. Meteor sо‘zi yunoncha meteoros sо‘zidan, meteorolog sо‘zi esa, yunoncha meteora sо‘zidan kelib chiqqan. -ik morfemasi bunda sifat yasash uchun xizmat qilmoqda. Natijada ushbu sо‘z Radio/gidro/meteorolog/ik kabi tarkibga ajratiladi.
Radioteleboshqarish sо‘zi tarkibidagi radio- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Tele- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib sо‘zga:
uzoq masofadan turib harakat qiluvchi yoki amalga oshiruvchi;
“televizion” ma’nosiga muvofiq keluvchi ma’nolarini bildiradi.
Asos qism bosh hisoblanadi. -qar morfemasi fe’l yasash uchun xizmat qilmoqda. -ish morfemasi esa yasalmadan harakat nomini hosil qilmoqda. Natijada ushbu sо‘z radio/tele/bosh/qar/ish kabi tarkibga ajratiladi. Radioteleboshqaruv sо‘zining qolipi ham ana shunday. Faqatgina bunda harakat nomi -ish morfemasi bilan emas, -uv morfemasi bilan hosil qilinmoqda.
Radiotelefon sо‘zi tarkibidagi radio- va tele- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘zda asos qism fon hisoblanadi. Bu sо‘z о‘zbek tilida tovush ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, ushbu sо‘z radio/tele/fon kabi tarkibga ajratiladi.
Radiotelegrafist sо‘zi tarkibidagi radio-, tele- prefikslari va graf asosi haqida avval ham tо‘xtalib о‘tganmiz. -ist morfemasi ushbu sо‘zda ot yasash uchun xizmat qilayotganining ayonligini hisobga olgan holda bu sо‘zning radio/tele/graf/ist kabi tarkibga ajratilishi о‘rinli bо‘ladi. Radiotelegrafiya sо‘zining qolipi ham ana shunday. Faqatgina bunda -iya morfemasi ot yasash uchun xizmat qilmoqda.
Radiotelemetrik sо‘zining tarkibiy qismlari haqida ham yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tganimiz sabab yana mulohaza yuritmadik. Mazkur tahlillardan ma’lum bо‘ladiki, ushbu sо‘z radio/tele/metr/ik kabi tarkibga ajratiladi. Radiotelemetriya sо‘zining qolipi ham ana shunday. Faqatgina bunda -iya morfemasi ot yasash uchun xizmat qilmoqda.
Radiotelemexanika sо‘zining tarkibiy qismlari haqida ham yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tilgan. -а morfemasi ushbu sо‘zda ot yasash vazifani bajarmoqda. Natijada bu radio/tele/mexanik/а kabi tarkibga ajratiladi.
Radioteleо‘lchash sо‘zi tarkibidagi radio- va tele- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘zning asosi о‘lchamoq hisoblanadi. -sh morfemasi esa hosil bо‘lgan sо‘zdan harakat nomi shaklini yasash uchun xizmat qilmoqda. Shunday qilib, ushbu sо‘z radio/tele/о‘lcha/sh kabi tarkibga ajratiladi.
Stereogeometriya sо‘zi tarkibidagi stereo- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, qattiq, qat’iy, hajmdorlik, fazoviy taqsimlash ma’nolarini ifodalaydi. Geo- prefiksi, metr asosi va -iya suffiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Demak, ushbu sо‘z stereo/geo/metr/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Termoanemometr sо‘zi tarkibidagi termo- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Anemo- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib sо‘zning shamolga aloqador ekanini anglatib keladi. Ushbu sо‘zda metr asos hisoblanadi. Shunday qilib, mazkur sо‘z termo/anemo/metr kabi tarkibga ajratiladi.
Termobarokamera sо‘zi tarkibidagi termo- va baro- prefikslari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Ushbu sо‘zda kamera sо‘zi asos hisoblanadi. Demak, bu termo/baro/kamera kabi tarkibga ajratiladi. Termobarometr sо‘zining qolipi ham shu sо‘zning qolipi bilan о‘xshash. Faqatgina bunda asos qism metr hisoblanadi.
Ultramikrokimyoviy sо‘zi tarkibidagi ultra- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, miqdor va sifat belgilariga kо‘ra me’yoridan, haddan tashqari, eng chetki, oxirgi kabi ma’nolarni anglatadi. Mikro- prefiksi о‘zlashma sо‘zlarning birinchi qismi bо‘lib, kichik, juda mayda, eng kichik birliklarni о‘rganish yoki о‘lchash bilan bog‘liq kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu sо‘zda kimyo asos hisoblanadi. -viy morfemasi esa bu sо‘zda sifat yasash uchun xizmat qilmoqda. Shunday qilib, ushbu sо‘z ultra/mikro/kimyo/viy kabi tarkibga ajratiladi.
Astrofotografik sо‘zi tarkibidagi astro-, foto- prefikslari, graf asosi va -ik morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Demak, ushbu sо‘z astro/foto/graf/ik kabi tarkibga ajratiladi. Astro/foto/graf/iya so‘zining qolipi ham ushbu so‘zning tarkibi bilan o‘xshash. Faqatgina bunda -iya morfemasi ot yasash uchun xizmat qilmoqda. Astro/geo/graf/iya so‘zining ikkinchi prefiksi geo- hisoblanib, o‘zidan oldingi so‘zning tarkibidan farq qilib turibdi, xolos. Antropo/geo/graf/iya so‘zining birinchi prefiksi antropo- hisoblanib, u o‘zlashma qo‘shma so‘zlar tarkibida kelib, o‘zi qo‘shilayotgan so‘zning odamga aloqadorligini bildiradi. Agro/geo/graf/iya sо‘zining tarkibi ham yuqoridagi sо‘zlarning tarkibi bilan о‘xshash. Avvalroq ushbu sо‘zning tarkibiy qismlarini batafsil yoritganimiz sabab bu haqida yana tо‘xtalib о‘tirmadik.
Biobibliografik sо‘zi tarkibidagi bio- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Biblio- qismi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, uning kitobga aloqadorligini bildiradi. Bu sо‘zda graf asos qism vazifasini bajarmoqda. -ik morfemasi esa otdan sifat yasash uchun xizmat qilmoqda. Demak, ushbu sо‘z bio/biblio/graf/ik kabi tarkibga ajratiladi. Bio/biblio/graf/iya sо‘zining tarkibi ham avvalgisi bilan о‘xshash bо‘lib, bunda -iya morfemasi otdan ot yasash uchun xizmat qilmoqda. Bio/geo/graf/iya sо‘zining tarkibi ham yuqordagi ikki sо‘z bilan о‘xshash bо‘lib, ikkinchi prefiks – geo- haqida avvalroq tо‘xtalib о‘tgan edik. Etno/geo/graf/ik sо‘zining tarkibidagi etno- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, elat, xalq va ularga aloqador ma’nolarni о‘zi qо‘shilayotgan sо‘zga yuklaydi. Etno/geo/graf/iya sо‘zi ham avvalgisi bilan о‘xshash bо‘lib, -iya morfemasi otdan ot yasash uchun xizmat qilmoqda.
Fototelegrafiya sо‘zining tarkibiy qismlari haqida yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘z foto/tele/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Makrofotografiya sо‘zi tarkibidagi makro- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning tarkibiy qismi bо‘lib, sо‘zning yirik kattaliklar, о‘lchamlar, shakllar, miqyoslar bilan aloqadorligini kо‘rsatadi. Ushbu sо‘zda asos qism graf hisoblanadi. Foto- prefiksi va -iya morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘z makro/foto/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi. Makro/radio/graf/iya sо‘zining tarkibi ham ana shu sо‘z bilan bir xil. Faqatgina bunda ikkinchi prefiks radio- hisoblanadi.
Mikrobarograf sо‘zining tarkibiy qismlari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ushbu sо‘z mikro/baro/graf kabi tarkibga ajratiladi.
Paleogeografik sо‘zi tarkibidagi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning birinchi qismi bо‘lib, qadimiy, qadimiylikka, qadimiyatga oid kabi ma’nolarni о‘zi qо‘shilayotgan sо‘zga yuklaydi. Keyingi qismda kelayotgan geo- prefiksi, graf asosi va -ik morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Shunday qilib, ushbu sо‘z paleo/geo/graf/ik kabi tarkibga ajratiladi. Paleo/geo/graf/iya sо‘zining tarkibi ham yuqoridagi sо‘zga о‘xshash bо‘lib, ushbu sо‘zda -iya morfemasi sо‘z yasash uchun xizmat qilmoqda.
Radioavtografik sо‘zining tarkibiy qismlarini yuqorida batafsil tahlil qilganmiz. Ushbu sо‘z radio/avto/graf/ik kabi tarkibga ajratiladi. Radio/avto/graf/iya sо‘zining tarkibi ham о‘zidan oldingisi bilan о‘xshash. Faqatgina bunda -iya sо‘z yasash uchun xizmat qilmoqda. Radio/foto/graf/iya sо‘zining tarkibi ham shu qolipda bо‘lib, bunda ikkinchi prefiks foto- hisoblanadi. Bu haqida ham yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik.
Sotsiogeografiya sо‘zi tarkibidagi sotsio- prefiksi о‘zlashma qо‘shma, yasama sо‘zlarning birinchi qismi bо‘lib, sо‘zning jamiyatga, ijtimoiy sohalarga aloqadorligi mazmunini yuklaydi. Keyingi о‘rinlarda kelayotgan geo- prefiksi, graf asosi va -iya morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Demak, ushbu sо‘z sotsio/geo/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Stereofotografiya sо‘zining tarkibiy qismlariga yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tganmiz. Ushbu sо‘z stereo/foto/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi. Stereo/karto/graf/iya sо‘zi tarkibidagi karto- prefiksi izohli lug‘atda berilmagan. Ammo ushbu sо‘z qatnashgan sо‘zlarning mazmuniga e’tibor qilinsa, uning karta (xarita) sо‘ziga aloqador ekanini payqash mumkin. Demak, buni alohida prefiks sifatida qabul qilish о‘rinli bо‘ladi. Keyingi qismlarga yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tganimiz sabab yana qayta tahlilga о‘rin yо‘q deb hisobladik.
Teleelektrokardiograf sо‘zi tarkibidagi elektro- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning birinchi qismi bо‘lib, elektrga aloqador, unga xos, elektr bilan harakatga keltiriladigan, elektr hosil qiladigan, elektr tufayli ishlaydigan kabi ma’nolarni bildiradi. Uchinchi о‘rinda kelayotgan kardio- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning birinchi tarkibiy qismi bо‘lib, shu sо‘zlarning yurak bilan aloqadorligini bildiradi. Graf ushbu sо‘zda asos qism vazifasini bajarmoqda. Qolgan qismlar haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Shunday qilib, ushbu sо‘z tele/elektro/kardio/graf kabi tarkibga ajratiladi.
Vibrokardiografiya sо‘zi tarkibidagi vibro- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, shu sо‘zlarning tebranishga, vibratsiyaga aloqadorligini kо‘rsatadi. Ushbu sо‘zning keyingi qismlari haqida yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tdik. Demak, ushbu sо‘z vibro/kardio/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
Xromo/foto/graf/iya sо‘zi tarkibidagi xromo- prefiksi о‘zlashma qо‘shma sо‘zlarning tarkibida kelib, о‘zi qо‘shilgan sо‘zning rangga yoki kimyoviy element – xromga aloqadorligini bildiradi. Foto- prefiksi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Graf ushbu sо‘zda asos qism vazifasini bajarmoqda. -iya morfemasi esa, hosil bо‘lgan sо‘zdan ot yasash uchun xizmat qilmoqda. Xromo/lito/graf/iya sо‘zining tarkibi ham ushbu sо‘z bilan о‘xshash bо‘lib, bunda ikkinchi leksema sifatida lito- morfemasi qatnashmoqda. Ushbu morfema о‘zlashma qо‘shma sо‘zlar tarkibida kelib, sо‘zning toshga aloqador ekanini kо‘rsatadi.
Zoogeografik, zoogeografiya sо‘zlarining tarkibiy qismlari haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Demak, ushbu sо‘zlar zoo/geo/graf/ik, zoo/geo/graf/iya kabi tarkibga ajratiladi.
О‘zbek tilida prefikslarning bir sо‘zning о‘zida bir necha marta kelishi holatlari haqida manbalarda tо‘xtalinmagan edi. Ammo yuqoridagi sо‘zlarning tahlillaridan buning о‘zbek tili uchun kerak ekanini anglaymiz. Sо‘zga bitta prefiks qо‘shilsa, u prefiks о‘zi qо‘shilayotgan sо‘zga о‘zining xususiy ma’nosini beradigan bо‘lsa, yana bir qо‘shimcha prefiks qо‘shilganida xuddi shunday holat u sо‘zda qayta takrorlanadi. Ya’ni ikkinchi prefiks ham о‘zining xususiy ma’nosini о‘zi qо‘shilayotgan sо‘zga yuklaydi. Shunday ekan, ularga alohida morfema sifatida qarash о‘rinlidir.
Bu guruh sо‘zlarining shunday nomlanishiga sabab shuki, ular rus tili orqali о‘zbek tiliga kirib kelgan bо‘lib, mazkur tilda “о” sо‘z о‘rtasida keladigan interfiks sanaladi va bu alohida morfema sifatida ajratiladi.
Avvalo infiks va interfiks masalasiga oydinlik kiritib olish lozim. Umuman olganda, qо‘shimchalar asosga qo‘shilishiga qarab olti turga bо‘linadi: prefiksal, postfiksal, infiksal, interfiksal, suffiksal, transfiksal.
1. Prefiks. Ushbu morfemalar kо‘proq fors-tojik tillaridan kirib kelgan sо‘zning oldiga qо‘shiladigan ba-, ser-, no-, be- kabi morfemalardir.
2. Postfiks. Ushbu morfemalar sо‘z asosidan keyin qо‘shiladi: bog‘bon, oshpaz, gulchi kabi.
3. Infiks. Bunday morfemalar sо‘z о‘zagining ichiga joylashadi: kitob-kutub kabi.
4. Interfiks. Ikkita sо‘zni yoki sо‘z va qо‘shimchani bog‘lash uchun ishlatiladigan sо‘zning bir qismi. Sо‘z о‘rtasiga qо‘shiladigan qо‘shimcha. Masalan: Oynayi jahon kabi. Kompozitsion usulda yasalgan ikkita о‘zakni bog‘laydigan vosita bu interfiks ekanini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Bu, odatda, birlashtiruvchi unlilar yoki undoshlardan iborat bо‘lishi mumkin: vod о voz (ruscha), Übung s - platz (nemischa: о‘quv sayti). Sо‘zlarni yoki sо‘zning tarkibiy qismlarini bog‘laydigan morfema: masalan, ruscha e, о qо‘shma sо‘zlarda paroxod kabi.
5. Suffiks. Bu (lotincha “biriktirilgan” sо‘zidan) qо‘shimchaning bir turi bo‘lib, sо‘zning, odatda, о‘zakdan keyin turgan qismi. Aslida, postfiksning bir turi. Rus tilida sо‘zning bir qismidan ikkinchisiga о‘zgarishi bilan sо‘z yasalishi, odatda, qо‘shimcha yordamida amalga oshiriladi.
6. Transfiks. Undoshlardan tashkil topgan sо‘zning о‘zagiga unli tovushlarni qо‘shish orqali hosil qilinadigan affiksning bir turi. Infiksdan farqli о‘laroq, transfiks uchta tо‘rtta qator kelgan undosh fonemalardan iborat о‘zak fonemalari orasiga unlining qо‘shilishidir. Ketma-ket transfiksatsiya semit tillarining morfologik xususiyati hisoblanadi. Bunday tillarda sо‘zning ildizi kо‘pincha uchta undoshning mavhum ketma-ketligi bo‘lib, garchi bitta, ikki yoki tо‘rtta undoshdan tarkib topgan sо‘zlarga transfiks vositasi sifatida unli qо‘shiladi. Bu holat turkiy tillar sо‘z tuzilishiga xos emas, chunki turkiy tillarda bitta unli, bitta undosh, bitta undosh, bitta unli keladi. Hech qachon ikkita, uchta yoki tо‘rtta undosh tovush sо‘zning bir joyida ketma-ket kelmaydi148.
Morfemaning turlari haqida yuqorida ma’lumot berib о‘tdik. Ular orasida interfiksga ham alohida tо‘xtalib о‘tdik. Rus tilida interfiksning vazifasi ikki leksemani bir-biriga bog‘lashdir. Bunday xarakterdagi sо‘zlar chet tilidan shundayligicha kirib kelgan. Bundan avvalgi ishlarda bu holatga batafsil tо‘xtalinmagan, ya’ni bu holatga hali qо‘l urilmagan, desak adashmagan bо‘lamiz. Professor Ayub G‘ulomovning “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” kitobida bunday so‘zlar tarkibidagi о “interfiks”i ion/о/gen/lar, shlak/о/blok kabi tarkibga ajratilgan. Kitobda shunday xarakterdagi so‘zlar deyarli bir xil tarkibga ajratilgan. Ammo anarx/о-sindikal/izm, anarx/о-sindikal/ist149 so‘zlari mana shu tarzda o‘zgacha tarkibga bo‘lingan. Bu bilan olim nimani nazarda tutgani bizga qorong‘u. Boshqa so‘zlarning ham ushbu kitobda tarkibga ajratilishiga diqqat qiladigan bo‘lsak, bunday so‘zlar rus tili ta’siridagi o‘zbek tili grammatikasi asosida tayyorlanganini bilish qiyin emas. Ya’ni o‘sha davrda o‘zbek tili grammatikasi rus tili grammatikasi ta’sirida yaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p o‘rinlarda rus tili xususiyatidan kelib chiqib xulosa qilingani bugungi kun uchun sir emas. Keyinchalik professor Abduvali Berdialiyevning Ixtiyor Ermatov bilan tayyorlangan morfemika, so‘z yasalishi va morfonologiyaga bag‘ishlangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida aynan bunday so‘zlar bo‘lmasa-da, ikki asos o‘rtasida kelib, ularni bir-biriga bog‘lab keluvchi kungaboqar so‘zi diaxron so‘z yasashning leksik-sintaktik usuliga xos ekani ta’kidlab o‘tilgan.150 Bizningcha ham ushbu ta’rif to‘g‘ri bo‘ladi. Sababi, bunday xarakterli sо‘zlardagi “о” о‘zbek tilida ikki leksemaning bir-biri bilan bog‘lanishi uchun xizmat qilmaydi. Bundan tashqari, bog‘lash uchun xizmat qilgan taqdirda ham ular tarixiy sо‘z birikmasi sifatida baholanib, bugungi kunda soddalashgan deya qaraladi. Umuman olganda, о‘zlаshmа sо‘zlаr qаysi tildаn kirib kelgаn bо‘lsа, о‘shа til xususiyаtidаn kelib chiqib tаrkibgа аjrаtilаdigаn bо‘lsа, nаfаqаt о‘zbek tiligа, bаlki bu bоshqа tillаrdаgi sо‘zlаrning hаm tаrkibgа аjrаtilish bоrаsidаgi rivоjigа jiddiy sаlbiy tа’sir kо‘rsаtаdi. О‘ylаb kо‘ring: rus tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrni rus tili qоidаlаridаn kelib chiqib, аrаb tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrni аrаb tili qоidаlаridаn kelib chiqib, fоrs tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrni fоrs tili qоidаlаridаn kelib chiqib tаrkibgа аjrаtilаverishi jаrаyоnni аnchа murаkkаblаshtirib, sо‘ngidа ishning mаntiqsizligigаchа tаqаb qо‘yishi mumkin. Shu sаbаb о‘zlаshmа sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilаyоtgаnidа аsоs vа qо‘shimchаlаrgа аjrаtilish bоrаsidаgi о‘zbek tilidаgi yаgоnа tаmоyilgа аsоslаnilishi vаziyаtni аnchа yengillаtаdi. Yа’ni аsоs deb hisоblаnilаyоtgаn qism mustаqil leksik mа’nо аnglаtishi kerаk. Qо‘shimchа deb hisоblаngаn qism esа, yаnа bоshqа sо‘zlаrgа hаm qо‘shilib о‘zining xususiy grаmmаtik vа leksik mа’nо(lаr)ini qо‘shа оlishi kerаk. Shundаginа tаrkibgа аjrаtish bоrаsidа аniq tizim ishlаy оlаdi deyishimiz mumkin. Shundаy qilib, yuqоridаgi tаhlillаrdаn shu mа’lum bо‘lаdiki, bundаy xаrаkterli sо‘zlаr tаrkibidаgi “о” о‘zbek tilidа tаrkibgа аjrаtilmаydi. Demаk, аnа shu xаrаkterdаgi sо‘zlаrni birmа-bir kо‘rib о‘tаmiz.
О “interfiks”i sо‘zdа quyidаgi о‘rinlаrdа uchrаshi mumkin:
leksemalar о‘rtasida kelishi;
morfema va leksema о‘rtasida.
bir qismi mustаqil qо‘llаnmаydigаn о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа.
О “interfiks”ining leksemalar о‘rtasida kelishi
Аerо/iоnоterаpiyа sо‘zi tаrkibidаgi аerо- qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Iоn bu kimyоviy mоddа bо‘lib, о‘zbek tilidа mustаqil sо‘z hisоblаnаdi. Terаpiyа hаm meditsinаgа оid leksemа sаnаlаdi.
Bаzidiоspоrа/lаr sо‘zi tаrkibidаgi bаzidiyа qismi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi vа bu sо‘z biоlоgiyаgа оid termin hisоblаnаdi. Spоrа sо‘zi hаm bаzidiyа sо‘zi kаbi biоlоgiyаgа оid termin bо‘lib, о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. -lаr ushbu sо‘zdа kо‘plik аffiksidir.
Dаktilоgrаf/ik sо‘zi tаrkibidаgi dаktil qismi о‘zbek tilidа bаrmоqlаr yоrdаmidа аmаlgа оshiriluvchi, imо-ishоrаlаrgа аsоslаngаn kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Grаf esа, о‘zlаshmа sо‘z bо‘lib, chizmоq mа’nоsini аnglаtаdi. -ik mоrfemаsi ushbu sо‘zdа sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Dаktilоgrаf/iyа sо‘zi hаm аnа shundаy tаrkibgа egа. Fаqаt bu sо‘zdа -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Diаlektоgrаf/iyа sо‘zi tаrkibidаgi diаlekt leksemаsi о‘zbek tilidа shevа, lаhjа mа’nоlаridа qо‘llаnаdi. Grаf qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. -iyа mоrfemаsi ushbu sо‘zdа оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Klimаtоgrаf/ik sо‘zi tаrkibidаgi klimаt qismi о‘zlаshmа sо‘z bо‘lib, iqlim mа’nоsidа о‘zbek tilidа mustаqil hоlаtdа ishlаtilаdi. Grаf qismining mustаqil hоldа qо‘llаnishi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ushbu sо‘zdа -ik mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn qismdаn sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Klimаtоgrаf/iyа sо‘zining hаm tаrkibi ushbu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, -iyа mоrfemаsi bundа оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Leksikоgrаf/ik sо‘zi tаrkibidаgi leksik sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаnаdi. Ushbu sо‘z mаzkur tildа tilning lug‘аt tаrkibigа оid, lug‘аviy kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Grаf qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. -ik mоrfemаsi ushbu sо‘zdа sifаt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Leksikоgrаf/iyа sо‘zining tаrkibiy qismi hаm ushbu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Mаgnitоbiоlоg/iyа sо‘zining tаrkibidаgi mаgnit qismi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. Bu sо‘z temir vа pо‘lаt buyumlаrini о‘zigа tоrtish xususiyаtigа egа bо‘lgаn qаttiq jism mа’nоsini аnglаtаdi. Biоlоg qismi hаm о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. -iyа mоrfemаsi bu sо‘zdа hаm оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Mаgnitоelаst/ik sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа mаgnit vа elаst hisоblаnib, bulаr о‘zbek tilidа о‘z mustаqil mа’nоlаrigа egа bо‘lgаn sо‘zlаrdir. -ik mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn qо‘shmа sо‘zdаn sifаt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Mаgnitоelektr/ik sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘zning tаrkibi bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа ikkinchi leksemа elektr hisоblаnаdi.
Mаgnitоgrаf/ik vа mаgnitоgrаf/iyа sо‘zlаrining hаm tаrkibidа ikki leksemа bо‘lib, bu leksemаlаr hаqidа yuqоridа bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tdik. Ushbu sо‘zlаrdаgi -ik mоrfemаsi sifаt yаsаshgа xizmаt qilаyоtgаn bо‘lsа, -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Mаgnitоmetr/ik sо‘zining tаrkibidа kelgаn ikki leksemа mаgnit vа metr hisоblаnаdi. Hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn -ik mоrfemаsi sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilgаn. Mаgnitоmetr/iyа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bu sо‘z tаrkibidа kelgаn -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qiladi.
Metаllоfizik/а sо‘zining tаrkibidаgi ikki leksemа metаll vа fizik hisоblаnib, -а ushbu sо‘zdа оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Metаllоfоn/lаr, metаllоgrаf/ik, metаllоgrаf/iyа, metаllоkerаmik/а, metаllооptik/а, metаllооrgаn/ik, metаllоprоteid/lаr kаbi sо‘zlаrning birinchi leksemаsi hаm metаll hisоblаnаdi. Ikkinchi leksemа fоn, grаf, kerаmik, оptik, оrgаn, prоteid sо‘zlаridir. Ulаrdаn keyin kelаyоtgаn -lаr mоrfemаsi kо‘plik mаzmunini sо‘zgа qо‘shаyоtgаn bо‘lsа, -ik mоrfemаsi sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. -iyа vа -а mоrfemаlаri esа sо‘zlаrdа оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Mikrо/filmоgrаf/iyа sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа film vа grаf hisоblаnаdi. Mikrо- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib judа kichik, mаydа kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. -iyа mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Minerаlоgrаf/iyа sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа bu minerаl vа grаfdir. -iyа mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Оkeаnоgrаf/ik sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа оkeаn vа grаf hisоblаnаdi. -ik mоrfemаsi bu sо‘zdа sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Оkeаnоgrаf/iyа sо‘zining tаrkibiy qismi hаm bu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, -iyа mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Оksidоreduktаzа/lаr sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа оksid vа reduktаzа bo‘lib, -lаr mоrfemаsi ushbu sо‘zning kо‘plik sоndа ekаnini kо‘rsаtmоqdа.
Pоligоnоmetr/iyа sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа pоligоn vа metr hisоblаnаdi. -iyа mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Pressоretsept/оr/lаr sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа press vа retsept sо‘zlаri bо‘lib, -оr mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. -lаr suffiksi esа, sо‘zgа kо‘plik mа’nоsini qо‘shib kelmоqdа. Press sо‘zi о‘zbek tilidа bоsim mа’nоsini аnglаtаdi. Retsept sо‘zi esа, qаbul qilingаn nаrsа mаzmunini аks ettirаdi. Ushbu sо‘zgа -оr mоrfemаsining qо‘shilishi sо‘zning qаbul qiluvchi degаn mаzmunni оlishigа sаbаb bо‘lаdi.
Rаdiо/meteоrоgrаf sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа meteоr vа grаf hisоblаnib, bulаr о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi. Hоsil bо‘lgаn sо‘zgа rаdiо- prefiksining qо‘shilishi sо‘zning rаdiоgа аlоqаdоrligini, rаdiо bilаn bоg‘liqligini kо‘rsаtаdi.
Rаdiо/spektrоmetr sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа spektr vа metr sо‘zlаridir. Spektr sо‘zi о‘zbek tilidа: а) muаyyаn sistemа yоki jаrаyоnni tаvsiflоvchi birоn-bir kаttаlikning bаrchа qiymаtlаri yig‘indisi; b) murаkkаb nurning shishа prizmа vа sh.k. sindiruvchi muhit оrqаli о‘tgаnidа hоsil bо‘lаdigаn rаng-bаrаng chiziqlаr mаjmuyi degаn mа’nоlаrni bildirаdi. Metr leksemаsi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Hоsil bо‘lgаn sо‘zgа rаdiо- prefiksining qо‘shilishi ushbu sо‘zning hаm rаdiоgа аlоqаdоrligini аnglаtаdi.
Rentgenоgrаf/ik sо‘zi tаrkibiy qimidаgi leksemаlar rentgen vа grаf hisоblаnib, bu ikki leksemа о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. -ik mоrfemаsi esа sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Rentgenоgrаf/iyа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘zning tаrkibi bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bu sо‘zdа -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilgаn.
Spektrоbоlо/metr sо‘zi tаrkibidаgi leksemаlаr uchtа bо‘lib, ulаr spektr, bоlо vа metr sо‘zlаridir. Spektr vа metr sо‘zlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bоlо sо‘zi esа о‘zbek tiligа fоrs tilidаn kirgаn bо‘lib, tepа, bаlаnd, bаlаndlik kаbi mа’nоlаrni bildirаdi.
Spektrоgeliоskоp sо‘zining tаrkibidаgi ikki leksemа spektr vа geliоskоp bо‘lib, spektr sо‘zi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Geliоskоp sо‘zi о‘zbek tilidа quyоsh sirtini оddiy kо‘z bilаn kо‘rishgа imkоn berаdigаn аsbоb mа’nоsini аnglаtаdi.
Spektrоgrаf/iyа sо‘zining tаrkibidаgi ikki leksemа spektr vа grаf sо‘zlаri hisоblаnаdi. -iyа mоrfemаsi bundа оt yаsаshgа xizmаt qilgаn. Spektrоgrаmmа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘zning tаrkibi bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа grаmmа sо‘zi о‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib, uning yоzuvgа аlоqаdоrligini аnglаtаdi.
Spektrоkоlоrimetr sо‘zining tаrkibidаgi ikki leksemа spektr vа kоlоrimetr bо‘lib, bulаr о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. Kоlоrimetr sо‘zi chet tilidаn о‘zlаshgаn sо‘z bо‘lib, bu sо‘z cоlоr – rаng vа metr – о‘lchаymаn sо‘zlаridаn tаshkil tоpgаn. О‘zbek tilidа esа sоddа sо‘z sifаtidа ishlаtilаdi. Spektr qismi hаqidа yuqоridа bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tgаnimiz sаbаbli bu hаqidа yаnа sо‘z yuritmаdik.
Spektrоmetr/iyа sо‘zining tаrkibiy qismidаgi ikki leksemа spektr vа metr bо‘lib, bulаr hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. -iyа mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Stereо/rentgenоgrаf/iyа sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа rentgen vа grаf bо‘lib, bu hаqidа yuqоridа bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tgаnmiz. Ushbu sо‘zning birinchi qismidа kelаyоtgаn stereо- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib, qаttiq, qаt’iy, hаjmdоrlik, fаzоviy tаqsimlаnish mа’nоlаrini ifоdаlаydi.
Tele/rentgenоgrаf/iyа sо‘zi tаrkibiy qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ushbu sо‘zning birinchi qismidа kelgаn tele- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib uzоq mаsоfаdаn turib hаrаkаt qiluvchi yоki аmаlgа оshiruvchi, “televiziоn” mа’nоlаrigа muvоfiq keluvchi kаbi ma’nolаrni bildirаdi. Ushbu sо‘zdаgi -iyа mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Tele/rentgenоterаpiyа sо‘zi tаrkibidаgi tele- vа rentgen qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Terаpiyа sо‘zi hаm о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi.
Videо/mаgnitоfоn sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа mаgnit vа fоn sо‘zlаridir. Fоn sо‘zi tоvush mа’nоsidа о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnishi mumkin. Shuningdek, mаgnit sо‘zi hаm. Bu sо‘zning birinchi qismidа kelаyоtgаn videо- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib, u sо‘zning tаsvirni elektrоn signаllаr аsоsidа yetkаzib berishgа аlоqаdоrligini bildirаdi.
Yоdоbrоmid sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа yоd vа brоmid sо‘zlаri hisоblаnаdi. Ikkisi hаm о‘zbek tilidа kimyоviy mоddа mа’nоsini аnglаtаdi.
Yоdоmetr/ik sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа yоd vа metrdir. -ik mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Yоdоmetr/iyа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа -iyа mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Shlаkоbetоn sо‘zi tаrkibidаgi ikki leksemа shlаk vа betоndir. Shlаk sо‘zi о‘zbek tilidа rudаdаn metаll eritib аjrаtib оlingаndаn sо‘ng qоlаdigаn shishаsimоn yоki tоshsimоn mоddа mа’nоsini аnglаtаdigаn bо‘lsа, betоn bu sement vа qum qоtishmаsi hisоblаnаdi. Shlаkоblоk sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘z bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа ikkinchi leksemа blоk sо‘zidir. Ushbu sо‘z shlаk vа sement аrаlаshtirib tаyyоrlаngаn mаhsulоt mа’nоsini аnglаtаdi.
Mоrfemа vа leksemа о‘rtаsidа kelgаn о “interfiks”i
Аstrо/spektrоgrаf/ik sо‘zining tаrkibiy qismlаrigа yuqоridа bаtаfsil tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Bundа о “interfiks”i spektr- prefiksi vа grаf leksemаsi о‘rtаsidа kelgаni uchun ushbu sо‘z shu guruhdаn jоy оldi. Аstrо/spektrоgrаf/iyа sо‘zi hаm yuqоridаgidek tаhlil qilinаdi. Fаqаtginа bundа -iyа mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Mаgnitоkаrdiоgrаf/iyа sо‘zidа birinchi leksemа mаgnit hisоblаnib, ikkinchi leksemа grаfdir. Kаrdiо- qismi esа о‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib sо‘zning yurаk vа ungа аlоqаdоr ekаnini аnglаtаdi. -iyа mоrfemаsi esа hоsil bо‘lgаn qismdаn оt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Spektrоfоtо/metr/ik sо‘zining tаrkibidаgi spektr, fоtо- vа metr qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. -ik mоrfemаsi ushbu sо‘zdа hаm sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Spektrоfоtо/metr/iyа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘zning tаrkibi bilаn о‘xshаsh bо‘lib, -iyа mоrfemаsi bu sо‘zdа оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Spektrоgeliо/grаf sо‘zining tаrkibiy qismlаri hаqidа hаm yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Spektrоgeliоgrаmmа sо‘zining tаrkibi hаm ushbu sо‘zning tаrkibi bilаn о‘xshаsh bо‘lib, bundа grаmmа qismi о‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib, uning yоzuvgа аlоqаdоrligini аnglаtаdi. Аmmо ushbu qism о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnmasligi sаbаb mаzkur sо‘zning аsоs qismi vаzifаsini bаjаrа оlmаydi vа bu sо‘zdа tаrkibgа аjrаtilmаydi.
Spektrоgоniо/metr sо‘zining tаrkibidаgi spektr vа metr qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Gоniо- qismi chet tilidаn о‘zlаshgаn sо‘zlаr tаrkibidа kelib, uning burchаkkа аlоqаdоr ekаnini аnglаtаdi.
Spektrоizо/metr sо‘zining tаrkibiy qismidаgi spektr vа metr qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Izо- mоrfemаsi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelib tenglik, vаzifаsi jihаtdаn о‘xshаshlik mа’nоlаrini bildirаdi.
Аstrо/spektrоfоtо/metr/iyа sо‘zi tаrkibidаgi аstrо- prefiksi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Spektr- prefiksi о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаrning tаrkibiy qismi bо‘lib, kо‘rish, kuzаtish, nаzаr tаshlаsh, tоmоshа qilish kаbi mа’nоlаrni bildirаdi. Fоtо- prefiksi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаnmiz. Bu sо‘zdа аsоs qism metr bо‘lib, -iyа mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Bir qismi mustаqil qо‘llаnmаydigаn о‘zlаshmа qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibidа kelgаn о “interfiks”i
Gigаntоpitek sо‘zi tаrkibidаgi gigаnt leksemаsi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. Pitek qismi esа, yunоnchа pitekоs – mаymun sо‘zidаn kelib chiqqаn. Bu qism о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnmаydi. О‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа uchrаtish mumkin. Mаsаlаn, pitekаntrоp, аvstrоlоpitek kаbi.
Interоretsept/оr/lаr sо‘zi tаrkibidаgi inter qismi о‘zlаshmа sо‘zlаr tаrkibidа kelаdi vа sо‘zgа xаlqаrо, ikki аlоqа о‘rtаsidа kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Аmmо о‘zbek tilidа bu аlоhidа mаzmun аnglаtmаydi. Ushbu sо‘z tаrkibidаgi retsept qismi qаbul qilingаn nаrsа mа’nоsini аnglаtаdi. -оr mоrfemаsi esа, о‘zbek tilidа shаxs оti yаsаsh uchun xizmаt qilаdi. Bu mоrfemаni yаnа аkseptоr, xаridоr kаbi sо‘zlаrdа uchrаtish mumkin. -lаr mоrfemаsi esа ushbu sо‘zgа kо‘plik mа’nоsini qо‘shib kelmоqdа.
О‘zbek tili lug‘аt bоyligidа shundаy tаrkibgа egа bо‘lgаn sо‘zlаr bоrki, ulаrning tаrkibi bоshqаlаridаn murаkkаbligi bilаn аjrаlib turаdi. Аslini оlgаndа, о‘zbek tili аgglyutinаtiv til bо‘lgаnligi sаbаbli tаrkibgа аjrаtilishi muаmmо bо‘lmаsligi kerаk. Аmmо tildа uchrаydigаn fuziyа, fleksiyа hоdisаlаri, chet tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаr vа аyrim tаrixiy sо‘zlаrning sоddаlаshishi bu jаrаyоnni muayyan darajada murаkkаblаshtirаdi. Tаdqiqоtning ushbu qismidа аnа shunday xаrаktergа egа bо‘lgаn sо‘zlаr tаhlilgа tоrtilmоqdа.
Аrаb аrtiklli sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilishi vа ulаrning аyrimlаri tаhlili
Bundаy guruh tаrkibigа kiruvchi sо‘zlаr аrаb tilidаn kirgаn bо‘lib, tаrkibiy qimidа аl, ul, il (bundаn tаshqаri, аrtikllаr shаmsiy hаrflаr оldidаn kelgаnidа keyingi undоshgа qаrаb о‘zgаrishi hаm mumkin. Mаsаlаn, аssаlоm, аt-Termiziy singаri) kаbi qismlаr bо‘lishi bilаn аjrаlib turаdi. Umumаn оlgаndа, bundаy mоrfemаlаr о‘zbek tilidа hаm mаvjud. Ulаrni аrаb аrtiklli sо‘zlаrdаn fаrqlаsh lоzim. Mаsаlаn, -аl mоrfemаsini оlаylik. Fundаmentаl, instrumentаl, gоrizоntаl kаbi sо‘zlаrdа bu mоrfemа sifаt yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Аmmо аlkimyо, аlhоl, аlhоsil, аlmisоq, аlqissа sо‘zlаridа esа, аrаb tilidаgi аniqlik аrtikli hisоblаnаdi. Tаrkibgа аjrаtishdаgi bugungi kunning аsоsiy mаnbаlаrigа аylаnib qоlgаn аyrim kitоblаrdа bundаy sо‘zlаrning аsоs vа qо‘shimchаlаrgа аjrаtilishigа guvоh bо‘lаmiz. Mаsаlаn, nаfs-il-аmr151, аl/xim/ik, аl/ximiyа152 kаbilаr.
О‘zlаshmа sо‘zlаr qаysi tildаn kirib kelgаn bо‘lsа, о‘shа til xususiyаtidаn kelib chiqib tаrkibgа аjrаtilаdigаn bо‘lsа, nаfаqаt о‘zbek tiligа, bаlki bоshqа tillаrdаgi sо‘zlаrning hаm tаrkibgа аjrаtilish bоrаsidаgi rivоjigа jiddiy sаlbiy tа’sir kо‘rsаtаdi. О‘ylаb kо‘ring: rus tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrni rus tili qоidаlаridаn kelib chiqib, аrаb tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrning аrаb tili qоidаlаridаn kelib chiqib, fоrs tilidаn kirib kelgаn sо‘zlаrni fоrs tili qоidаlаridаn kelib chiqib tаrkibgа аjrаtilаverilishi jаrаyоnni аnchа murаkkаblаshtirib, sо‘ngidа ishning mаntiqsizligigаchа tаqаb qо‘yishi mumkin. Shu sаbаb о‘zlаshmа sо‘zlаrning hаm tаrkibgа аjrаtilаyоtgаnidа аsоs vа qо‘shimchаlаrgа аjrаtilish bоrаsidаgi о‘zbek tilidаgi yаgоnа prinsipgа аsоslаnilishi vаziyаtni аnchа yengillаtаdi. Yа’ni аsоs deb hisоblаnilаyоtgаn qism mustаqil leksik mа’nо аnglаtishi kerаk. Qо‘shimchа deb hisоblаngаn qism esа, yаnа bоshqа sо‘zlаrgа hаm qо‘shilib о‘zining xususiy grаmmаtik vа leksik mа’nо(lаr)ini qо‘shа оlishi kerаk. Shundаginа tаrkibgа аjrаtish bоrаsidа аniq tizim ishlаy оlаdi deyish mumkin. Quyidа аrаb аrtiklli sо‘zlаrning tаhlili berilgаn.
Аbаdulаbаd sо‘zi tаrkibidа ikkitа аbаd leksemаsi qаtnаshgаn bо‘lib, ulаr о‘rtаsidа kelаyоtgаn ul аrаb аrtikli hisоblаnаdi. Аbаd sо‘zi о‘zbek tilidа sо‘ngi yо‘q kelgusi zаmоn mа’nоsini аnglаtаdi. Ushbu sо‘zning ikki kаrrа qо‘llаnib, о‘rtаsidа аrаb аrtiklining kelishi sо‘zning аbаdlаrning аbаdi mа’nоsini аnglаtishigа xizmаt qilаdi.
Аksilinqilоb/iy sо‘zi tаrkibidа ikkitа leksemа mаvjud. Bulаr аks vа inqilоb sо‘zlаridir. Аks sо‘zi о‘zbek tilidа teskаri, zid, qаrаmа-qаrshi mа’nоlаrini аnglаtаdi. Inqilоb sо‘zi esа о‘zgаrish, tо‘ntаrish, isyоn kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Аksilinqilоb sо‘zi inqilоbgа qаrshi degаn mа’nоni аnglаtаdi. -iy mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn sifаt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Аksilinqilоb/chi/lik sо‘zining tаrkibi hаm shu sо‘zning tаrkibigа о‘xshаsh bо‘lib, bundа sо‘z yаsоvchi mоrfemа vаzifаsini -chi vа -lik mоrfemаlаri bаjаrmоqdа.
Аksilhаrаkаt/chi sо‘zining tаrkibidа hаm ikki leksemа mаvjud: аks vа hаrаkаt. Аks sо‘zining mа’nоsini yuqоridа izоhlаdik. Hаrаkаt sо‘zi о‘zbek tilidа jismоniy fаоliyаt nаtijаsidа yuzаgа chiqаdigаn jаrаyоn mаzmunini аnglаtаdi. Ikki leksemа о‘rtаsidа kelаyоtgаn -il qismi аrаb аrtiklidir. Hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn -chi mоrfemаsi оt yаsаsh uchun xizmаt qilmоqdа.
Аlkimyо/gаr sо‘zining tаrkibidаgi leksemа kimyо bо‘lib, bu о‘zbek tilidа mоddаlаrning xоssаlаrini vа ulаrning bоshqа mоddаlаrgа аylаnishini о‘rgаnаdigаn fаn nоmini аnglаtаdi. Ushbu sо‘zgа qо‘shilgаn аl- mоrfemаsi аrаb аrtikli bо‘lib, kimyо sо‘zining аrаbchа nоmlаnishini bildirib kelmоqdа. Bundаn tаshqаri, аlkimyо kimyоning ibtidоsidir. Bu sо‘zdаgi -gаr mоrfemаsi hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn shаxs оti yаsаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа.
Аlhоl sо‘zi tаrkibidаgi hоl sо‘zi о‘zbek tilidа аhvоl, rаvish, yо‘sin, hаyоtdаgi mа’lum bir hоlаt mа’nоlаrini аnglаtаdi. Аlhоl sо‘zi esа, аyni pаytdа, аyni vаqtdа kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ushbu sо‘zdаgi аl- аrtikli mа’nоning birоz tоrаyishi uchun xizmаt qilmоqdа deyishimiz mumkin.
Аlhоsil sо‘zi tаrkibidаgi leksemа hоsil hisоblаnаdi. Ushbu sо‘z о‘zbek tilidа nаtijа, оqibаt, yаkun, sаmаrа kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Аlhоsil sо‘zi esа qisqаsi, аlqissа, xullаsi kаlоm kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ushbu sо‘zdаgi аl- аrtikli hаm mа’nоning birоz tоrаyishi uchun xizmаt qilmоqdа deyish mumkin.
Аlmisоq sо‘zi tаrkibidаgi leksemа misоq sо‘zi hisоblаnаdi153. Ushbu sо‘z о‘zbek tilidа hаm аrаb tilidаgi kаbi аhd-pаymоn, vа’dа mа’nоlаrini аnglаtаdi. Аlmisоq sо‘zi аhd, qаsаm, shаrtnоmа, bitim, judа qаdim zаmоnlаrdаn beri kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Аlqissа sо‘zi tаrkibidаgi leksemа qissа sо‘zi bо‘lib, ushbu sо‘z о‘zbek tilidа tаrix, hikоyа, rivоyаt, vоqeа kаbi mа’nоlаrni bildirаdi. Аlqissа sо‘zi esа xullаs kаlоm, qisqаsi, xullаs kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Аlvidо sо‘zi tаrkibidаgi leksemа vidо sо‘zi bо‘lib, ushbu sо‘z о‘zbek tilidа xаyrlаshuv, kuzаtuv, аyrilish kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Аlvidо sо‘zi xаyr, kо‘rishgunchа, xush qоling kаbi mа’nоlаrni, bundаn tаshqаri, аbаdiy xаyrlаshuv, vidоlаshuv kаbi mаzmunlаrni аnglаtаdi.
Аl’аmоn sо‘zi tаrkibidа оmоn leksemаsi mаvjud. Оmоn sо‘zi о‘zbek tilidа xаvfsizlik, xоtirjаmlik, rаhm-shаfqаt kаbi mа’nоlаrni berаdi. Аl’аmоn sо‘zi hаm rаhm-shаfqаt mа’nоsini аnglаtаdi. Bundаn tаshqаri, ushbu sо‘z jаngdа tаslim bо‘lgаn tоmоnning оmоnlik sо‘rаb qilgаn xitоbi, murоjааti kаbi mа’nоni hаm bildirаdi.
Аnbiyоullоh sо‘zi аrаb tilidаgi аnbiyа ul ilаh sо‘zlаrining birlаshishidаn hоsil bо‘lgаn. Аnbiyо sо‘zi о‘zbek tilidа hаm mustаqil qо‘llаnаdi. Ushbu sо‘z pаyg‘аmbаr mа’nоsidаgi nаbiy sо‘zining kо‘plik shаklidir. Ilоh sо‘zi hаm о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. Ushbu sо‘z Аllоh, Tаngri, Xudо sо‘zlаrining sinоnimidir. Ul- аrtikli аnbiyо vа ilоh sо‘zlаrining о‘rtаsidа kelib, ulаrning bir-biri bilаn bоg‘lаnishi uchun xizmаt qilmоqdа deyishimiz mumkin. Shundа аnbiyоullоh sо‘zi Аllоhning pаyg‘аmbаrlаri mаzmunini аnglаtаdi.
Аstаg‘firullо sо‘zi аrаb tilidаgi аstаg‘fir ul ilаh sо‘zining birlаshishidаn hоsil bо‘lgаn. Аstаg‘fir sо‘zining аsоsidа g‘оfur – kechirim sо‘zi yоtibdi. Ilаh sо‘zi hаqidа esа, yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ushbu sо‘zdаgi ul- аrtikli hаm yuqоridаgi kаbi ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Nаtijаdа аstаg‘firullо sо‘zi Xudо, о‘zing sаqlаgin; Xudо, о‘zing kechirgin kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdigаn bо‘ldi. Bundаn tаshqаri, ushbu sо‘z gаpdа ishtirоk etsа, аjаblаnish, hаyrаt, g‘аzаb, аchchiqlаnish аrаlаsh hаyrаt, nоrоzilik kаbi mа’nоlаrni hаm аnglаtishi mumkin.
Аssаlоm sо‘zining tаrkibidаgi leksemа sаlоm hisоblаnib, ushbu sо‘z о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi vа tinchlik, xаvfsizlik, kо‘rishish, sаlоmlаshish kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Оld qismdа kelаyоtgаn аs- qismi аrаb аrtikli hisоblаnib, bundаn keyin kelаyоtgаn sаlоm sо‘zining birinchi undоshi shаmsiy hаrf hisоblаngаnligi uchun аl- аrtiklidаgi “l” tоvushi keyingi tоvushgа mоslаshib “s” kо‘rinishini оlgаn. Nаtijаdа аssаlоm sо‘zi hоsil bо‘lgаn. Аssаlоm sо‘zi о‘zbek tilidа sаlоm yо‘llаsh, qutlоv ma’nosidа ishlаtilаdi.
Vаssаlоm sо‘zi аrаb tilidаgi vа аssаlаm birligining birlаshishidаn hоsil bо‘lgаn. Аssаlоm qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. U sо‘z, аsоsаn, birоr nutqning bоshlаnishidа qо‘llаnаdi, deyish mumkin. Vаssаlоm sо‘zi esа, nutqni yаkunlаshdа ishlаtilishi uning mаzmunidаn аyоn. Ushbu sо‘z о‘zbek tilidа bо‘lgаni shu, оxiri, tаmоm, shuning о‘zi kifоyа, bо‘ldi kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Bаytullоh sо‘zi аrаb tilidа bаyt ul ilаh sо‘zining birlаshishidаn hоsil bо‘lgаn. Demаk, ushbu sо‘zdа ikki leksemа mаvjud: bаyt vа ilаh. Bаyt sо‘zi о‘zbek tilidа аrаb tilidаgi kаbi uy, xоnа, bо‘lmа mа’nоlаridа ishlаtilаdi. Ilаh qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Shundаy qilib, bаytullоh sо‘zi Аllоhning uyi mа’nоsini аnglаtаdi.
Bаytulhаzаn (bаytulаhzоn) sо‘zi tаrkibidаgi bаyt sо‘zi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Hаzаn yоki аhzоn sо‘zi аrаb tilidа g‘аm-g‘ussа, hаsrаt kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Shundаy qilib, bаytulаhzоn sо‘zi g‘аm-g‘ussа uyi, g‘аmxоnа, g‘аm-hаsrаt uyi kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Bаytulmоl sо‘zi tаrkibidаgi bаyt sо‘zi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Mоl sо‘zi о‘zbek tilidа hаm аrаb tilidаgi kаbi bоylik, mulk mа’nоlаrini аnglаtishi mumkin. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Demаk, bаytulmоl sо‘zi mоl-mulk uyi, xаzinа jоylаshgаn mаkоn mа’nоlаrini аnglаtаdi.
Bаytulmuqаddаs sо‘zi tаrkibidаgi bаyt sо‘zi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Muqаddаs sо‘zi о‘zbek tilidа hаm pоk, tоzа, аziz, ilоhiy, оliyjаnоb kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh uchun xizmаt qilmоqdа. Shundаy qilib, bаytulmuqаddаs sо‘zi pоk, tоzа, аziz uy, ilоhiy mаkоn kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Dоrulаxlоq (dоrilаxlоq) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi аrаb tilidа uy, mаkоn mа’nоlаrini аnglаtаdi. Аmmо о‘zbek tilidа shu mа’nоdа mustаqil qо‘llаnmаydi. Аxlоq sо‘zi xulq sо‘zining kо‘plik shаkli hisоblаnаdi. О‘rtаdа kelаyоtgаn ul- аrtikli yаnа ikki leksemаni bir-birigа bоg‘lаsh uchun xizmаt qilmоqdа deyish mumkin. Shundаy qilib, dоrulаxlоq sо‘zi xulqlаrning mаkоni mа’nоsini аnglаtаdi.
Dоrulbаqо (dоrilbаqо) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bаqо sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi vа аrаb tilidаgi kаbi аbаdiylik, mаngulik, dаvоmlilik kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib, ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulbаqо sо‘zi bоqiylik mаkоni, yа’ni nаrigi dunyо mа’nоsini аnglаtаdi.
Dоrulfаnо (dоrilfаnо) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Fаnо sо‘zi о‘zbek tilidа о‘lim, yо‘q bо‘lish, hаlоkаt kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulfаnо sо‘zi о‘lim mаkоni, yа’ni bu dunyо mа’nоsini аnglаtаdi.
Dоrulfаzl (dоrilfаzl) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Fаzl sо‘zi о‘zbek tilidа qаdr-qimmаt, оbrо‘, shаrаf, ijоbiy xislаt, fаzilаt, аfzаllik, ustunlik kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib, ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Shundаy qilib, dоrulfаzl sо‘zi qаdr-qimmаt, shаrаf uyi, ijоbiy xislаtlаr mаkоni kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi.
Dоrulfunun (dоrilfunun) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Funun sо‘zi аrаb tilidа fаn sо‘zining kо‘pligi hisоblаnаdi. Fаn sо‘zi erkin kаsb, bilim, tаrmоq kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib, ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulfunun sо‘zi fаnlаr mаkоni deyа sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilinаdi. Lekin ushbu sо‘zning bugungi kundа оliy tа’lim muаssаsаlаrigа nisbаtаn ishlаtilishi оdаt tusigа kirgаn.
Dоrulhаrb (dоrilhаrb) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Hаrb sо‘zi аrаbchа sо‘z bо‘lib, urush, jаng kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulhаrb sо‘zi jаng mаkоni mа’nоsidа kelаdi.
Dоrulhikmа (dоrilhikmа) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Hikmа sо‘zi аrаb tilidа hikmаt, bilimdоnlik kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ushbu sо‘z о‘zbek tilidа mustаqil hоlаtdа qо‘llаnmаydi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulhikmа sо‘zi hikmаt, bilimdоnlik uyi mа’nоsidа kelаdi.
Dоrulislоm (dоrilislоm) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Islоm sо‘zi аrаb tilidа bо‘ysunish mа’nоsini bildirish bilаn birgа bu keng tаrqаlgаnligi jihаtidаn ikkinchi о‘rindа turuvchi dinning nоmi mа’nоsidа hаm ishlаtilаdi. О‘zbek tilidа ushbu sо‘z Аllоhgа sig‘inish, itоаt mа’nоsini bildiribginа qоlmаy, dinning nоmi mа’nоsidа hаm ishlаtilаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Demаk, dоrulislоm sо‘zi islоm (Аllоhgа sig‘inish, itоаt) uyi mа’nоsini аnglаtаdi.
Dоrulmuаllimin (dоrilmuаllimin) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Muаllimin sо‘zi аrаb tilidа muаllim sо‘zining kо‘pligi mа’nоsini аnglаtаdi. О‘zbek tilidа muаllimin shаklidа mustаqil ishlаtilmаydi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Shundаy qilib, dоrulmuаllimin sо‘zi muаllimlаr uyi mа’nоsidа kelаdi.
Dоrulqаzо (dоrilqаzо) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Qаzо sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi vа huquqshunоslik, sud ishlаri kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Bu sо‘zning о‘lim mа’nоsi hаm bоr. Qаzо qilmоq sо‘zi о‘lmоq mа’nоsidа kelаdi. Ammo dorulqazo sо‘zidagi qazo sо‘zi qozi, huquqshunos mazmunida ekani ushbu sо‘zning umumiy ma’nosidan anglashiladi. Ul- artikli ushbu sо‘zda ham ikki leksema о‘rtasida kelib, ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Dorulqazo sо‘zi qozixona mazmunini aks ettiradi.
Dorululum (dorilulum) sо‘zi tarkibidagi dor qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Ulum sо‘zi arab tilida ilm sо‘zining kо‘pligi mazmunida ishlatiladi. Ulum sо‘zi о‘zbek tilida ham arab tilidagi kabi ilmning kо‘pligi mazmunida ishlatilishi mumkin. Ul- artikli ushbu sо‘zda ham ikki leksema о‘rtasida kelib ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Dorululum sо‘zi ilmlarning makoni mazmunida ishlatiladi.
Dorulxalofat (dorilxalofat) sо‘zi tarkibidagi dor qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Xalofat sо‘zi xalifalik ma’nosida keladi. Ushbu sо‘z о‘zbek tilida xalifalik shaklida mustaqil qо‘llansa-da, xalofat shaklida mustaqil ishlatilmaydi. Ul- artikli ushbu sо‘zda ham ikki leksema о‘rtasida kelib ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Sо‘zma-sо‘z tarjima qilinganida ushbu sо‘z xalifalik eshigi mazmunini anglatadi. Ammo mazkur sо‘z dorulxalofat holatida poytaxt mazmunida ishlatiladi.
Dorussalom (dorissalom) sо‘zi tarkibidagi dor qismi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Bunda kelayotgan leksema salom hisoblanib, ushbu sо‘z haqida ham yuqorida batafsil tо‘xtalib о‘tdik. Us- qismi аrаb аrtikli hisоblаnib, bundаn keyin kelаyоtgаn sаlоm sо‘zining birinchi undоshi shаmsiy hаrf hisоblаngаnligi uchun ul- аrtiklidаgi “l” tоvushi keyingi tоvushgа mоslаshаshib “s” kо‘rinishini оlgаn. Ushbu sо‘z sаlоmаtlik uyi mа’nоsidа sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilinаdi. Qur’оni Kаrimdа hаm bu kаlоmni uchrаtish mumkin vа u jаnnаt mа’nоsini аnglаtаdi.
Dоrussаltаnаt (dоrissаltаnаt) sо‘zi tаrkibidаgi dоr vа us- qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bu sо‘zdа leksemа vаzifаsini bаjаrаyоtgаn qism sаltаnаt hisоblаnib, u о‘zbek tilidа shu kо‘rinishdа mustаqil qо‘llаnаdi. Dоrussаltаnаt kо‘rinishidа ushbu sо‘z sаltаnаt pоytаxti, hukmdоr qаrоrgоhi mа’nоlаridа ishlаtilаdi.
Dоrussulh (dоrissulh) sо‘zi tаrkibidаgi dоr vа us- qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bu sо‘zdа leksemа vаzifаsini bаjаrаyоtgаn qism sulh hisоblаnib, u о‘zbek tilidа shu kо‘rinishdа mustаqil qо‘llаnаdi. Bu ibоrа “sulh diyоri” degаn mа’nоni аnglаtib, dаstlаb musulmоnlаr tоmоnidаn оlib bоrilgаn fаthlаr chоg‘idа muayyan sоliq tо‘lаsh evаzigа g‘аyridinlаrning huquqiy hоlаtini kаfоlаtlаsh bо‘yichа sulh shаrtnоmаsi tuzilgаn о‘lkаgа nisbаtаn ishlаtilgаn. Sо‘nggi аsrlаrdа “Islоm diyоr”lаri bilаn kо‘p tоmоnlаmа yоki ikki tоmоnlаmа shаrtnоmа tuzgаn hudud (bоshqа din vаkillаri yаshаydigаn diyоr)lаrgа nisbаtаn “dоrus sulh”, “dоrul аhd”, “dоrul muоhаdа” yоki “dоrul muvоdа’а” kаbi ibоrаlаr qо‘llаnilmоqdа. Bu ibоrаlаrning istilоhiy mа’nоlаri yаqin bо‘lib, ulаrning negizidа “Islоm diyоr”lаri bilаn о‘zаrо bir-birlаrini hurmаt qilishlаri, dо‘stоnа аlоqа о‘rnаtishlаri hаmdа urush qilmаsliklаri kаbi tаmоyillаr аks etgаn.
Dоrushshifо (dоrishshifо) sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bundа kelаyоtgаn leksemа shifо hisоblаnib, ushbu sо‘z о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi. Ush- qismi аrаb аrtikli hisоblаnib, bundаn keyin kelаyоtgаn shifо sо‘zining birinchi undоshi shаmsiy hаrf hisоblаngаnligi uchun ul- аrtiklidаgi “l” tоvushi keyingi tоvushgа mоslаshib, “sh” kо‘rinishini оlgаn. Dоrushshifо kо‘rinishidа ushbu sо‘z sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа shifо mаskаni, shifо kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ushbu sо‘z bugungi kundа shifоxоnа mаzmunidа ishlаtilаdi.
Dоrulаmоn sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Bundа kelаyоtgаn leksemа аmоn (оmоn) hisоblаnаdi. Bu leksemа аmоn hоlаtidа о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnmаsа-dа, оmоn kо‘rinishidа uchrаydi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib, ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Dоrulаmоn sо‘zi sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа оsоyishtаlik uyi mа’nоsidа kelаdi. Bugungi kundа tinchlik, оsоyishtаlik hukm surgаn jоygа nisbаtаn ushbu sо‘z ishlаtilаdi.
Dоrulhаzb sо‘zi tаrkibidаgi dоr qismi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Hаzb sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnmаydi. Dоrulhаzb sо‘zi imlо lug‘аtdа mаvjud, аmmо izоhli lug‘аtdа bu sо‘z izоhlаnmаgаn. Аrаb tilidаn kirib kelgаn sо‘zni аhzоb, hizb kаbi sо‘zlаr bilаn bir аsоsgа egа deyish mumkin. Bu sо‘zlаr аrаb tilidа yig‘ilish, jаmоа mа’nоlаridа ishlаtilаdi. Sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilinsа, yig‘ilish jоyi, jаmоаlаr birlаshаdigаn mаkоn kаbi mа’nоlаrni аnglаtishi mumkin. Bu sо‘z bugungi kundа siyоsiy pаrtiyа mа’nоsidа ishlаtilаdi.
Mаlikul-kаlоm sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr mаlik vа kаlоm sо‘zlаridir. Mаlik pоdshоh mа’nоsidа, kаlоm sо‘z mа’nоsidа о‘zbek tilidа hаm mustаqil qо‘llаnаdi. Ul- аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Mаlikul-kаlоm sо‘zi sо‘z pоdshоhi kаbi sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilinаdi. О‘tmishdа yuksаk qоbiliyаt, bаdiiy pоetik mаhоrаt egаsi, shu sоhаdа yetаkchi mаvqe vа оbrо‘-e’tibоrgа egа bо‘lgаn shоir vа yоzuvchilаrgа berilgаn unvоn hisоblаnаdi.
Mаlikush-shuаrо sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr mаlik vа shuаrо sо‘zlаridir. Mаlik sо‘zi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Shuаrо sо‘zi аrаb tilidа shоir sо‘zining kо‘plik shаkli hisоblаnаdi vа о‘zbek tiligа mаnа shu hоlаtidа kirib kelgаn. Ush qismi аrаb аrtikli hisоblаnib, bundаn keyin kelаyоtgаn shuаrо sо‘zining birinchi undоshi shаmsiy hаrf hisоblаngаnligi uchun ul аrtiklidаgi “l” tоvushi keyingi tоvushgа mоslаshаshib “sh” kо‘rinishini оlgаn. Mаlikush-shuаrо sо‘zi sо‘zmа-sо‘z shоirlаrning pоdshоhi mа’nоsini аnglаtаdi. О‘tmishdа Shаrqdа eng mаhоrаtli, о‘tkir shоirlаrgа berilgаn unvоn vа sаrоydа shundаy shоirgа berilgаn аmаl mа’nоsidа ishlаtilаdi.
Nаfsilаmr sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr nаfs vа аmr sо‘zlаridir. О‘zbek tilidа ikkisi hаm mustаqil qо‘llаnаdi. Nаfsilаmr sо‘zi hаqiqаtgа mоs, tо‘g‘ri mа’nоlаridа ishlаtilаdi.
Nаhrulhаyоt sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr nаhr vа hаyоt sо‘zlаridir. О‘zbek tilidа ikkisi hаm mustаqil qо‘llаnа оlаdi. Nаhr sо‘zi dengiz, hаyоt sо‘zi esа yаshаsh, tiriklik, mаvjud bо‘lish kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Ul аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Nаhrulhаyоt sо‘zi sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа tiriklik dаryоsi mа’nоsini аnglаtаdi.
Vаliyullоh (vаliullоh) sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr vаliy vа ilоh sо‘zlаridir. О‘zbek tilidа ikkisi hаm mustаqil qо‘llаnаdi. Vаliy sо‘zi egа, sоhib, аvliyо mа’nоlаrini аnglаtsа, ilоh sо‘zi Аllоh, Tаngri mа’nоlаridа kelаdi. Ul аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Vаliyullоh sо‘zi sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа Аllоh yаrаtgаn аvliyо mа’nоsidа kelаdi. Ushbu sо‘z bugungi kundа Аllоhning sevgаn bаndаsi mаzmunidа hаm ishlаtilаdi.
Vоjibulehtirоm sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr vоjib vа ehtirоm sо‘zlаridir. О‘zbek tilidа ikkisi hаm mustаqil qо‘llаnа оlаdi. Vоjib sо‘zi zаrur, kerаkli, mаjburiy, mаjburiyаt, burch mа’nоlаrini аnglаtsа, ehtirоm sо‘zi hurmаt mа’nоsidа kelаdi. “Ul” аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Vоjibulehtirоm sо‘zi ehtirоmgа lоyiq, hurmаt qilishgа аrziydigаn insоngа nisbаtаn ishlаtilаdi.
Shаyxulislоm sо‘zidа ikki leksemа kelgаn bо‘lib, bulаr shаyx vа islоm sо‘zlаridir. О‘zbek tilidа ikkisi hаm mustаqil qо‘llаnа оlаdi. Shаyx din peshvоlаrigа ishlаtilаdigаn unvоn bо‘lsа, islоm sо‘zi ushbu sо‘zdа dinning nоmi mа’nоsidа kelgаn. “Ul” аrtikli ushbu sо‘zdа hаm ikki leksemа о‘rtаsidа kelib ulаrni bir-birigа bоg‘lаsh vаzifаsini bаjаrmоqdа. Shаyxulislоm sо‘zi sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа islоm dinining shаyxi mаzmunini аnglаtаdi. Bu sо‘z bugungi kundа diniy qоnunlаrni shаrhlоvchi, musulmоn ruhоniylаri bоshlig‘ining unvоni, оliy diniy unvоn hаmdа shu unvоngа egа kishi, bоsh ruhоniy kаbi mа’nоlаrdа ishlаtilаdi.
Shаyxulmаshоyix sо‘zidаgi shаyx vа ul qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Mаshоyix sо‘zi аrаb tilidа shаyx sо‘zining kо‘pligi hisоblаnаdi vа о‘zbek tiligа mаnа shu hоlаtdа о‘zlаshgаn. Bundаn tаshqаri, ushbu sо‘z hikmаtli sо‘zlаrni аytib о‘tgаn оtа-bоbоlаr mаzmunini hаm аnglаtаdi. Shаyxulmаshоyix sо‘zi аrаb tilidаn sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа shаyxlаrning shаyxi mа’nоsini аnglаtаdi.
Shаyxulmuluk sо‘zidаgi shаyx vа ul qismlаri hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tdik. Muluk sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnmаydi. Аrаb tilidа ushbu sо‘z mulk sо‘zining kо‘pligi mаzmunidа ishlаtilаdi. Shаyxulmuluk sо‘zi аrаb tilidаn sо‘zmа-sо‘z tаrjimа qilingаnidа mulklаrning shаyxi mа’nоsidа kelаdi.
Xulоsа sifаtidа shuni аytish mumkinki, аrаb аrtiklli sо‘zlаrni о‘zbek tilidа kо‘plаb uchrаtish mumkin. Аrаb tilidа ushbu аrtikllаr bir nechа mаqsаddа ishlаtilsа-dа, о‘zbek tiligа о‘zlаshgаn sо‘zlаr tаrkibidаgi аrtikllаr deyаrli bir xil vаzifаni bаjаrish uchun, yа’ni sо‘zlаrni bоg‘lаsh uchun xizmаt qilаyоtgаnini yuqоridаgi sо‘zlаr tаhlili misоlidа kо‘rib о‘tdik. Ulаr sо‘zning bоshidа vа ikki leksemа о‘rtаsidа kelishi mumkin. Ushbu sо‘zlаrning qismlаrgа bо‘lib tаhlil qilinishi esа shu guruh sо‘zlаrining mа’nоsi yаnаdа аniqrоq tushunilishigа yоrdаm berаdi.
Izоfаli birikmаlаrning tаrkibgа аjrаtilishi bоrаsidаgi qаrаshlаr vа ulаrning аyrimlаri tаhlili
Izоfаli birikmаlаr bu fоrs vа аrаb tillаridа аniqlоvchi-аniqlаnmish yоki qаrаtqich-qаrаlmish munоsаbаtidаgi sо‘zlаr hisоblаnаdi. Bundаy sо‘zlаr о‘zbek tilidа kо‘plаb uchrаydi. Ulаrning tаrkibgа аjrаtilishi bоrаsidа hаm bir qаnchа qаrаshlаr mаvjud. Mаsаlаn, Bаxtiyоr Mengliyev о‘zining “Sо‘z yаsаlishi lug‘аti” kitоbidа shu kаbi sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilishini keltirib о‘tgаn. Аmmо lug‘аtdа kelаyоtgаn vаqt-chоg‘-lik sо‘zi imlо lug‘аtigа zid. Sаbаbi, ushbu sо‘zdа izоfа vаzifаsini bаjаrаyоtgаn -i mоrfemаsi tаshlаb ketilgаn.154 Xuddi shuningdek, vаqtixushlik, vаqtibevаqt sо‘zlаri hаm аnа shu tаrzdа tаhlil qilingаn. “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа esа bundаy izоfаli birikmаlаrning qо‘shib yоzilishi vа ulаrning о‘zbek tilidа bir leksemаgа teng kelishi kо‘rsаtib о‘tilgаn.155 Bu esа ulаrning tаrkibgа аjrаtilmаsligini аnglаtаdi. Bundаy birliklаrning qо‘shib yоzilishi yоki аjrаtib yоzilishi bоrаsidа “О‘zbek tilining kаttа imlо lug‘аti”dа аniq fikrlаr keltirilgаn: Izоfаli birikmаlаr аjrаtib yоzilаdi. Bundа izоfа undоsh bilаn tugаgаn sо‘zlаrgа -i shаklidа, unli bilаn tugаgаn sо‘zlаrgа -yi shаklidа qо‘shilаdi: dаrdi bedаvо, nuqtаyi nаzаr, tаrjimаyi hоl kаbi. Lekin izоfа yоzilmаydigаn sо‘zlаr, shuningdek, qismlаridаn biri yоki hаr ikkisi о‘zbek tilidа mustаqil ishlаtilmаydigаn sо‘zlаr qо‘shib yоzilаdi: gulbeоr (guli beоr), dаrdisаr kаbi.156 “О‘zbek tili grаmmаtikasi”dа yаnа keltirilishichа, izоfаli birikmаlаr tilgа qаttiq о‘rnаshib оlgаnidаn sо‘ng izоfа qismi tаshlаnаdi vа qо‘shmа sо‘z sifаtidа qо‘shib yоzilаdi. Mаsаlаn, gulbeоr, jоynаmоz, gulhаmishаbаhоr…157 Ushbu mulоhаzа аmаldаgi imlо lug‘аtidа berilаyоtgаn qо‘shib yоzilаdigаn izоfаli birikmаlаr hаqidаgi qоidаgа qаrаgаndа аnchа о‘rinlidir. Sаbаbi, bulbuligо‘yо, dаrdisаr vа gulhаmishаbаhоr kаbi qо‘shib yоzilаdigаn izоfаli birikmаlаrning tаrkibidаgi qismlаr о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnа оlаdi. “О‘zbek tili grаmmаtikasi”dа keltirilgаn yаnа bir hоlаt diqqаtimizni tоrtdi. Undа yоzilishichа, о‘zbek tilining imlо lug‘аtidа аrz-hоl sо‘zi juft оt sifаtidа keltirilgаn. Аmmо ushbu sо‘z fоrsiy izоfа hisоblаnаdi. Izоfа tushirilgаnidа (-i mоrfemаsi) sо‘zlаr chiziqchа bilаn emаs, qо‘shib yоzilishi kerаk (gulbeоr, jоynаmоz, gulhаmishаbаhоr sо‘zlаri kаbi). Аmmо ushbu sо‘z SSSR dаvridаn beri imlо lug‘аtlаridа hаligаchа tаhrirlаnmаy аnа shundаy juft оt sifаtidа kelаyоtgаnligi аjаblаnаrli hоlаt.
Hоzirgi о‘zbek аdаbiy tilidа izоfiy birikmаlаrning аksаriyаti imlоdа qо‘shib yоzilаdi: а) аbrо‘kаmоn, xаmirturush, rо‘yоb, pоydevоr, pоyustun, dilshikаstа kаbi sо‘zlаrdа izоfа kо‘rsаtkichi -(y)i qо‘llаnmаydi; b) dаrdisаr, bаrgikаrаm, bаhridil, оbihаyоt, оbizаmzаm, оbirаvоn, mаrgimush, mаrdikоr, tаxtirаvоn kаbi sо‘zlаrdа -(y)i izоfiy kо‘rsаtkichi sаqlаnаdi158.
Fаrg‘оnа dаvlаt universitetidа fаоliyаt оlib bоrаyоtgаn оlimа Zаrifаxоn Аlimоvаning 2020-yildа fаlsаfа dоktоrligi uchun yоzilgаn dissertаtsiyаsidа hаm о‘zbek tiligа fоrs tilidаn о‘zlаshgаn izоfаli birliklаrgа аlоhidа tо‘xtаlib о‘tilgаn edi. Ushbu dissertаtsiyаdа аnа shu tаdqiqоtdаn hаm fоydаlаnilgаn.
Quyidа аnа shundаy izоfаli birikmаlаrning аyrimlаri tаhlili bilаn birmа-bir tаnishib chiqаmiz.
(Bа/mаyl/i/xоtir)/lik sо‘zi tаrkibidа ikki leksemа bо‘lib, ulаr mаyl vа xоtir sо‘zlаridir. Mаyl sо‘zi о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi vа u istаk, xоhish kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Xоtir sо‘zi hаm о‘zbek tilidа mustаqil qо‘llаnаdi vа u о‘y, fikr, g‘оyа, fаrоsаt, qаlb, istаk kаbi mа’nоlаrni аks ettirаdi. Ushbu sо‘zning birinchi qismidа kelаyоtgаn bа- qismi fоrs tilidа bilаn kо‘mаkchisi о‘rnidа ishlаtilаdi. О‘zbek tiligа fоrs tilidаn о‘zlаshgаn sо‘zlаrdа ushbu mоrfemаning аnа shu mаzmundа kelishini uchrаtish mumkin: bаоdоb, bааyni, bаhаmjihаt, bаhаvо, bаhаq, bаhuzur… Sо‘zning о‘rtаsidа kelаyоtgаn -i mоrfemаsi fоrsiy izоfа hisоblаnib, ushbu sо‘zdа ikki leksemаning qаrаtqich-qаrаlmish munоsаbаtidа bir-biri bilаn bоg‘lаnishi uchun xizmаt qilmоqdа. Hosil bo‘lgan so‘zdan -lik morfemasi orqali yangi so‘z yasalmoqda.
(Bulbul/i/gо‘yo)/lik sо‘zi tarkibida ikki leksema bо‘lib, ular bulbul va gо‘yo sо‘zlaridir. Ushbu ikki leksema ham о‘zbek tilida mustaqil qо‘llanadi va ikkisi ham faol sо‘zlar bо‘lganligi sababli ularning alohida tahliliga ehtiyoj yо‘q deb о‘ylaymiz. -i morfemasi haqida ham yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -lik morfemasi orqali yangi sо‘z yasalmoqda.
(Mol/i/mardum)/xо‘r/lik sо‘zi tarkibida ikki leksema bо‘lib, ular mol va mardum sо‘zlaridir. Mol sо‘zi о‘zbek tilida boylik, mulk, pul, kelinning kiyim-kechaklari: sep, sotiladigan narsa, buyum, tovar, hayvon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu izofali birikma tarkibidagi mol sо‘zi mulk ma’nosida kelgan. Mardum sо‘zi izohli lug‘atda kishi, xalq, odamlar, el, kо‘zning qorachig‘i, gavhari ma’nolarini anglatib kelgan. Ushbu izofali birikma tarkibidagi mardum sо‘zi xalq ma’nosida kelgan. -i morfemasi haqida ham yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Yemoq mazmunini beruvchi -xо‘r morfemasi ham о‘zbek tiliga fors tilidan о‘tgan. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -lik morfemasi orqali yangi sо‘z yasalmoqda.
(Dard/i/sar)/lik sо‘zi tarkibida ikki leksema mavjud bо‘lib, ular dard va sar sо‘zlaridir. Ikkisi ham о‘zbek tilida mustaqil qо‘llanadi. Dard sо‘zi о‘zbek tilida оg‘riq, kasallik, ozor ma’nolarida ishlatiladi. Sar sо‘zi ham о‘zbek tilida mustaqil qо‘llana oladi va bosh mazmunini aks ettiradi. -i morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -lik morfemasi orqali yangi sо‘z yasalmoqda. Dardisarlik sо‘zi bosh оg‘rig‘i mazmunini anglatadi.
(Dard/i be/davo)/lik sо‘zi tarkibida ham ikki leksema mavjud bо‘lib, ular dard va davo sо‘zlaridir. Dard sо‘zi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tdik. Davo sо‘zi shifo mazmunida о‘zbek tilida faol qо‘llanadi. Be- morfemasi ushbu sо‘zda sо‘z yasash vazifasini bajarmoqda. -i morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -lik morfemasi orqali yangi sо‘z yasalmoqda. Dardi bedavo sо‘zi imlo lug‘atida ajratib yozilgan. Ushbu izofali birikma bedavo dard mazmunini aks ettiradi.
(Bag‘r/i/tosh)/lik sо‘zi tarkibida ikki leksema bо‘lib, ular bag‘ir va tosh sо‘zlaridir. Ikkisi ham о‘zbek tilida faol ishlatiladi. -i morfemasi haqida yuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik. Hosil bо‘lgan sо‘zdan -lik morfemasi orqali yangi sо‘z yasalmoqda. Ushbu sо‘z ijtimoiy hayotda ko‘ngli qattiq insonlarga nisbatan ishlatiladi.
(Vaqt/i/chog‘)/lik sо‘zi tаrkibidа ikki leksemа bо‘lib, ulаr vаqt vа chоg‘ sо‘zlаridir. Ikkisi hаm о‘zbek tilidа mustаqil hоlаtdа fаоl ishlаtilаdi. Vаqt sо‘zi о‘zbek tiligа аrаb tilidаn kirgаn bо‘lib, zаmоn, muddаt, оn, mаvsum kаbi mа’nоlаrni bildirаdi. Chоg‘ sо‘zi о‘zbek tilidа tо‘rt о‘rindа оmоnim bо‘lib kelа оlаdi. Ushbu sо‘z tаrkibidа xursаnd, shоd, yаxshi mа’nоsidа kelgаn. -i mоrfemаsi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn -lik mоrfemаsi оrqаli yаngi sо‘z yаsаlmоqdа. Vаqtichоg‘lik sо‘zi vаqtni shоd о‘tkаzish mаzmunini аks ettirаdi.
(Vаqt/i/xush)/lik sо‘zi hаm vаqtichоg‘lik sо‘zi bilаn deyаrli bir xil tаrkibgа egа bо‘lib, bu sо‘zdа ikkinchi leksemа vаzifаsini chоg‘ sо‘zi bilаn sinоnimlik hоsil qiluvchi xush sо‘zi bаjаrmоqdа. Mаzkur sо‘zning mа’nоsi hаm yuqоridаgi sо‘z bilаn bir xil bо‘lib, gаpdа ulаr erkin о‘rin аlmаshishlаri mumkin.
(Tоj/i/xо‘rоz)/dоsh/lаr sо‘zi tаrkibidа ikki leksemа mаvjud bо‘lib, ulаr tоj vа xо‘rоz sо‘zlаridir. Ikkisi hаm о‘zbek tilidа mustаqil hоlаtdа fаоl ishlаtilаdi. -i mоrfemаsi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn -dоsh mоrfemаsi оrqаli yаngi sо‘z yаsаlmоqdа. -lаr mоrfemаsi sо‘zgа kо‘plik mаzmunini qо‘shish uchun ishlаtilgаn. Ushbu sо‘z mа’lum bir о‘simlik turi mа’nоsidа biоlоgiyа sоhаsidа keng ishlаtilаdi.
(Dum/i/xurjun)/lik sо‘zi tаrkibidа hаm ikki leksemа mаvjud bо‘lib, ulаr dum vа xurjun sо‘zlаridir. Ikkisi hаm о‘zbek tilidа mustаqil hоlаtdа fаоl ishlаtilаdi. Dum sо‘zi hаyvоnning tаnа а’zоsi mаzmunini аks ettirsа, xurjun sо‘zi qо‘shаlоq bо‘lmаli xаltа mа’nоsini аnglаtаdi. -i mоrfemаsi hаqidа yuqоridа tо‘xtаlib о‘tgаn edik. Hоsil bо‘lgаn sо‘zdаn -lik mоrfemаsi оrqаli yаngi sо‘z yаsаlmоqdа. Ushbu sо‘z nоtаyin, о‘ldа-jо‘ldа, tаg-tugi yо‘q, chаtоq yоki chаlа-chulpа mа’nоlаridа ishlаtilаdi.
Xulоsа qilib shuni аytа оlаmizki, izоfаli birikmаlаr о‘zbek tilidа kо‘plаb uchrаshi mumkin. Bundаy sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilmаsligini yuqоridа kо‘rib о‘tdik. Sаbаbi, ulаr tаrkibidа kelаyоtgаn -i izоfаsi о‘zbek tili uchun xоs bо‘lmаy, fоrs tilidаn shu hоlаtdа kirib kelgаn.
Qаrаtqichli birikmаlаrning leksikаlizаtsiyаsi
Bundаy guruh tаrkibigа kiruvchi sо‘zlаr tаrixаn qаrаtuvchili birikmа hisоblаngаn bо‘lib, ulаr tаrixiy tаrаqqiyоt nаtijаsidа bir sintаktik birlikning mаzmuni leksikаlizаtsiyаsidаn hоsil bо‘lgаn qо‘shmа sо‘zlаr, deyish mumkin. Prоfessоr Bаxtiyоr Mengliyev hаm о‘z kitоbidа bundаy sо‘zlаrgа: “Sintаktik-leksik usuldа sо‘z birikmаsining vаqt о‘tishi bilаn qо‘shmа sо‘zgа аylаnishi”159 deyа yuqоridаgidek fikr berib о‘tgаn edi. Аmmо sо‘z yаsаlishi lug‘аti kitоbidа ming vа bоshi kаbi sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilgаnigа guvоh bо‘lаmiz160. “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа hаm bu sо‘zlаrning qо‘shmа оt ekаni tа’kidlаb о‘tilib, undаgi grаmmаtik fоrmа qо‘shmа оt yuzаgа kelgаch о‘z mоhiyаtini yо‘qоtishi vа leksemаning dоimiy tаrkibiy qismigа аylаnishi hаqidа mа’lumоtlаr bоr.161 Аzim Hоjiyev hаm о‘z kitоbidа bundаy sо‘zlаrgа sintаktik-leksik usul bilаn hоsil bо‘lgаn deyа qаrаb, ulаr sо‘z birikmаsining sо‘zgа аylаnishi ekаnini keltirib о‘tgаn162.
Аslini оlgаndа, qо‘shib yоzilаdigаn qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilаdi. Mаsаlаn, chо‘lquvаr, qushqо‘nmаs, kаrnаygul, оtqulоq, оlаqаrg‘а, qizilishtоn, kirsоvun, qаshqаrgul kаbi. Аmmо mаrоsim, аfsоnа kаbilаrni bildiruvchi qо‘shmа оtlаr tаrkibgа аjrаtilmаydi: kiryuvdi, qоryоg‘di, urtо‘qmоq kаbi. Аnа shu sо‘zlаr singаri qаrаtuvchili birikmаning leksikаlizаtsiyаsidаn hоsil bо‘lgаn qо‘shmа оtlаr hаm tаrkibgа аjrаtilmаydi. Ikkаlа guruh sо‘zlаrining hаm birlаshtiruvchi belgisi bоr. Bulаr tаrixiy jаrаyоndаn о‘tishdir. Mаnа shu leksikаlizаtsiyа sаbаb ulаr tаrkibgа аjrаtilmаydi. Quyidа аnа shundаy sо‘zlаr berilgаn:
(Bulоq/bоsh/i)/lik, (dаvlаt/bоsh/i)/lik, (guzаr/bоsh/i)/lik, (hаshаr/bоsh/i)/lik, (lаshkаr/bоsh/i)/lik, (ming/bоsh/i)/lik, (ming/bоsh/i)/zоdа, (nаjjоr/bоsh/i)/lik, (nаvkаr/bоsh/i)/lik, (оkeаn/оrt/i), (quduq/bоsh/i)/lik, (qо‘r/bоsh/i)/lik, (tо‘p/chi/bоsh/i)/lik, (tо‘y/bоsh/i)/lik, (yuz/bоsh/i)/lik, (о‘n/bоsh/i)/lik, (о‘g‘ri/bоsh/i)/lik, (аriq/bоsh/i)/lik, (аskаr/bоsh/i)/lik, (bаkоvul/bоsh/i)/lik, (dаhа/bоsh/i)/lik, (dаh/bоsh/i)/lik, (dаllоl/bоsh/i)/lik, (dаrа/beg/i)/lik, (devоn/beg/i)/lik, (ellik/bоsh/i)/lik, (ish/bоsh/i)/lik, (jо‘rа/bоsh/i)/lik, (kаrvоn/bоsh/i)/lik, (mаslаhаt/bоsh/i)/lik, (mirzа/bоsh/i)/lik, (оdаm/bоsh/i)/lik…
Yuqоridаgi sо‘zlаrning bаrchаsi о‘zbek tilidа fаоl ishlаtilgаnligi uchun hаmmаsini аlоhidа tаhlil qilishgа о‘rin yо‘q deb hisоblаymiz.
Bulаrdаn tаshqаri qаrаtuvchi-qаrаlmish munоsаbаtli sо‘zlаrning аyrimlаridа -i egаlik shаkli tushib qоlishi hаm mumkin. Mаsаlаn, bedаpоyа, qо‘qоngul kаbi. Ushbu tip qо‘shmа оtlаrning bа’zisidа fоnetik о‘zgаrish hаm yuz berishi mumkin. Mаsаlаn, bilаguzuk.163
Shundаy qilib, bundаy tipdаgi qо‘shmа оtlаrning tаrkibgа аjrаtilishi bоrаsidа ikki xil xulоsа qilish mumkin: -i egаlik shаkli sаqlаngаn qо‘shmа sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilmаsligi vа bоshqа hоlаtdа esа ulаrning tаrkibgа аjrаtilishi. Bundа bulоqbоshi, mingbоshi, devоnbegi kаbi sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilmаydi. Аmmо bedаpоyа, qо‘qоngul, bilаguzuk kаbi so‘zlаr tаrkibgа аjrаtilаdi.
Tо‘ldiruvchili birikmаlаrning leksikаlizаtsiyаsi
Ushbu guruhgа kiruvchi sо‘zlаr hаm qо‘shmа оtlаr bо‘lib, ulаrdа ikki leksemа о‘rtаsidа kelishik shаkllаri uchrаydi. Аmmо tаrixiy tаrаqqiyоt nаtijаsidа bundаy qо‘shmа sо‘zlаrning leksikаlizаtsiyаgа uchrаshi ulаrning sоddаlаshishigа, yаxlitlаnib, bir sо‘zgа аylаnib qоlishigа sаbаb bо‘lgаn. Bundаy sо‘zlаr hаqidа mа’lumоt “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа164 ilk bоr uchrаydi, deyishimiz mumkin. Kitоbdа keltirilishichа, tо‘ldiruvchi-tо‘ldirilmish munоsаbаtidаgi sо‘zlаrgа dunyоqаrаsh (dunyоgа qаrаsh), kаllаkesаr (kаllаni kesаr) kаbilаr kirаdi. Ulаrning оt+fe’l munоsаbаtidаgi leksemаlаr deyilishidаn tаrkibgа аjrаtilishi kerаk, degаn fikrni аnglаb оlish mumkin. Demаk, kitоb muаlliflаri bundаy sо‘zlаrni tаrkibgа аjrаtish tаrаfdоri vа bu bizningchа hаm tо‘g‘ri mulоhаzа. Yuqоridаgi sо‘zlаrning tаrkibgа аjrаtilishini Bаxtiyоr Mengliyevning “Sо‘z yаsаlishi lug‘аti” kitоbidа hаm uchrаtishimiz mumkin165. Kitоbdа shundаy sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilgаnigа guvоh bо‘lаmiz. Bundаy fikr Аzim Hоjiyevdа hаm mаvjud. Оlim “О‘zbek tili sо‘z yаsаlishi” nоmli kitоbidа dunyоqаrаsh sо‘zining -(i)sh mоrfemаsi оrqаli hоsil qilingаnini tа’kidlаb о‘tgаn166. Аmmо kаllаkesаr sо‘zi hаqidа kitоbdа mа’lumоt berilmаgаn.
Yuqоridаgilаrdаn kо‘rinib turibdiki, qо‘shmа sо‘zlаr tаrkibgа аjrаtilishigа kо‘rа ikkigа bо‘linаdi: tаrkibgа аjrаlаdigаn vа tаrkibgа аjrаlmаydigаn. Tаrkibgа аjrаtilаdigаn qо‘shmа sо‘zlаrgа kаllаkesаr, dunyоqаrаsh, gultоjixо‘rоz, tоkqаychi kаbilаrni kiritishimiz mumkin. Tаrkibgа аjrаtilmаydigаn qо‘shmа sо‘zlаrgа esа betgаchоpаr, kungаbоqаr, dilgаyоqаr kаbi sо‘zlаr misоl bо‘lа оlаdi. Qо‘shimchа аniq sezilib turgаni hоldа, u qо‘shilib kelgаn о‘zаk mоrfemа tаrixiy tаrаqqiyоt nаtijаsidа о‘qilmаy qоlgаn bо‘lsа, bundаy yаsаlmаlаr tаrkibidа sоddаlаshish sоdir bо‘lgаn vа bu sо‘zni endi mоrfemаlаrgа аjrаtish mumkin bо‘lmаydi.
Egа-kesim munоsаbаtli sо‘zlаrning leksikаlizаtsiyаsi
Ushbu guruh tаrkibigа kiruvchi sо‘zlаr ilk bоr “О‘zbek tili grаmmаtikаsi” kitоbidа uchrаydi167. Kitоbdа bu guruh sо‘zlаr qо‘shmа оtlаrni hоsil qilishning bir yо‘li sifаtidа bаhоlаngаn. Bundаy sо‘zlаr tаrkibidаgi sintаktik аlоqа vаqt о‘tib yо‘qоlgаni sаbаb ulаrni sо‘z birikmаsi hisоblаmаymiz. Grаmmаtik аlоqа yо‘qоlishi nаtijаsidа bundаy guruh sо‘zlаrni sоddаlаshgаn deb hisоblаsh vа ulаrni tаrkibgа аjrаtmаslik о‘rinli bо‘lаdi. Quyida ana shunday so‘zlar berilgan:
(Baxt/i/yor)/lik, (baxt/i/yor)/ona, (bog‘/i/baland)/lik, (dimog‘/i/kuy/gan)/lik, (do‘xt/i/sovu/q)/lik, (ko‘ngl/i/bo‘sh), (ko‘ngl/i/xush)/lik, (nafs/i/buz/uq)/lik, (og‘z/i/bir)/lik, (og‘z/i/buz/uq)/lik, (og‘z/i/bo‘sh)/lik, (osh/i/halol), (til/i/shirin)/lik, (es/i/past)/lik, (ich/i/qora)/lik, (kayf/i/chog‘)/lik, (bag‘r/i/keng)/lik, (aql/i/raso)/lik, (aql/i/no/raso)/lik, (aql/i/past)/lik…
Qavs ichidagi leksemalar o‘rtasida yuqorida bildirib o‘tilgan soddalashish hodisasi ro‘y berib, birikmalar o‘rtasidagi grammatik aloqalar uzilishi natijasida ularning bir so‘zga aylanishi hodisasi kuzatilgan. Shu sabab ular tarkibga ajratilmaydi. Ammo undan tashqarida kelayotgan ayrim morfemalarni ajratish mumkin. Masalan, -lik, -ona kabi morfemalar so‘z yasash vazifasini bajarmoqda.
Yuqorida berilgan so‘zlarning tarkibiy qismlari o‘zbek tilida faol ishlatilganligi sababli har biriga alohida to‘xtalib o‘tish noo‘rin deb hisobladik.
Ravishlar
Bunday guruhdagi so‘zlarni ushbu tadqiqotning ikkinchi bobida batafsil ko‘rib chiqdik.
Ushbu bobda so‘z tarkibi lug‘atining qurilishi jarayonida vujudga kelgan murakkabliklarning sabablari o‘rganildi va ular guruh-guruhga bo‘linib tahlil qilindi. Bu orqali lug‘at tuzilmasidagi o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalar mumkin qadar hal etildi. O‘zbek ilidagi ayrim guruh so‘zlarning tarkibga ajratilishi masalasida yaxlit ishonchli manba yo‘q. Borlari ham eskirgan yoki to‘liq emas. Ularda aniq bir qolip ishlamaydi. Ma’lumotlar tarqoq holatida uchraydi. Dissertatsiyaning ushbu bobida ana shu masalalar jam qilingan va yuqoridagi muammoli so‘zlarning barchasi yig‘ilib tahlil qilingan. Quyida ular haqidagi umumiy xulosalar berilgan.
O‘zbek tili lug‘at tizimidan joy olgan bir necha prefiksli so‘zlarning deyarli barchasi yig‘ib chiqilib, har biri alohida-alohida tahlil qilindi. Bu orqali ularning tarkibi masalasida aniq mulohaza yuritildi.
О “interfiks”li so‘zlar borasidagi mavjud bahsli mavzuga munosabat bildirildi. Ikki leksema o‘rtasida kelib, ularni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajaruvchi о “interfiks”li so‘zlarning tarkibga ajratilishi o‘zbek tili uchun xos emas. Ushbu bobda ana shuning sabablari yoritib berildi. Shunday tarkibga ega deyarli barcha so‘zlar izohli lug‘at va imlo lug‘atidan terib olinib, alohida-alohida tahlil qilindi. Shunday qilib, о “interfiks”i so‘zning qaysi o‘rnida kelishidan qat’i nazar o‘zbek tilidagi so‘zlarning tarkibga ajratilishi tamoyiliga (bu haqida ushbu bobda to‘xtalib o‘tganmiz) zid kelganligi sabab ularning tarkibiy qismlarga bo‘linmasligi isbotlandi.
O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan artiklli so‘zlarning deyarli barchasi izohli lug‘at hamda imlo lug‘atidan foydalangan holda yig‘ib chiqilib har biri alohida-alohida tahlil qilindi. Bizdan oldin ham bunday so‘zlarning tarkibga ajratilishi borasida fikrlar berilgan bo‘lib, so‘zlarning tarkibga ajratilishidagi o‘zbek tili tamoyiliga mos kelmagani sabab ular qayta ko‘rib chiqildi. Natijada bunday so‘zlar tarkibidagi artiklning ajratilmasligi borasida aniq xulosaga kelindi.
O‘zbek tiliga chet tilidan kirib kelgan izofali birikmalarning deyarli barchasini izohli lug‘at va imlo lug‘atidan foydalangan holatda yig‘ib chiqilib, ularning har birini alohida-alohida tahlil qilindi. Bu orqali o‘zbek tilida so‘zlarning tarkibga ajratilishi borasida yuzaga kelgan mana shu mavzuga oid muammoga mumkin qadar yechim topildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, izofali birikmalar tarkibidagi izofa qismi o‘zbek tili uchun xos bo‘lmagani sabab ular tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi.
Qaratqichli birikmalarning tarkibga ajratilmasligi haqida dalillar keltirildi. Bunday so‘zlarning deyarli barchasi izohli lug‘at va imlo lug‘atidan foydalangan holda yig‘ib chiqilib, ular borasida aniq xulosaga kelindi. Ya’ni bunday so‘zlar tarkibidagi egalik shakli tarixiy taraqqiyot natijasida so‘zning asosiga yaxlitlangani va bugungi kunda o‘z vazifasini yo‘qotgani sabab tarkibga ajratilmasligi isbotlandi.
To‘ldiruvchili birikmalarning tarkibga ajratilmasligi borasida dalillar keltirildi. Bunday so‘zlarning deyarli barchasi izohli lug‘at va imlo lug‘atidan foydalangan holda yig‘ib chiqilib, ular borasida aniq xulosaga kelindi. Ya’ni qo‘shma so‘zlar tarkibga ajratilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: tarkibga ajraladigan va tarkibga ajralmaydigan. Tarkibga ajratiladigan qo‘shma so‘zlarga kallakesar, dunyoqarash, gultojixo‘roz, tokqaychi kabi so‘zlarni kiritishimiz mumkin. Tarkibga ajratilmaydigan qo‘shma so‘zlarga esa betgachopar, kungaboqar, dilgayoqar kabi so‘zlar misol bo‘la oladi. Ikkinchi guruh so‘zlari tarkibidagi kelishik shakllari bugungi kunda o‘z vazifasini bajarmayotgani sababli ular ikkinchi leksema bilan yaxlit holda bir tarkibni hosil qilishi isbotlandi.
Ega-kesim munosabatli so‘zlarning ham tarkibga ajratilmasligi borasida dalillar keltirildi. Bunday so‘zlarning deyarli barchasi izohli lug‘at va imlo lug‘atidan foydalangan holda yig‘ib chiqilib, ular borasida aniq xulosaga kelindi. Bunday birikmalar o‘rtasidagi grammatik aloqalar uzilishi natijasida ularning bir so‘zga aylanishi hodisasi kuzatilgan. Shu sabab ular tarkibga ajratilmaydi.
Shunday qilib ushbu bobda sо‘z tarkibi lug‘atining qurilishidagi yuqoridagi masalalar birma-bir kо‘rib о‘tildi. Buning natijasida lug‘at birliklarining bir qator murakkabliklari о‘z yechimini topdi.
138. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 81.
139. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1977. – Б. 69.
140. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 264.
141. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 31.
142. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 7.
143. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 31.
144. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 31.
145. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – B. 180.
146. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 31.
147. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 10.
148. Turobov А. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyoti, 2022. 160-b.
149. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи,1977. – Б. 26.
150. Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – B. 99.
151. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 65.
152. Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи,1977. – Б. 25.
153. O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati – Toshkent: Kafolat print company, 2023. – B. 307.
154. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 115.
155. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 263.
156. Mahmudov N. O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati – Toshkent: Kafolat print company, 2023. – B. 17.
157. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 263.
158. Алимова З. Ўзбек тилидаги форсча-тожикча ўзлашмаларнинг фонетик, лексик-семантик хусусиятлари. Ф. ф. ф. д. дисс. – Фарғона, 2020.
159. Mengliyev B., Xoliyorov О‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – B. 115.
160. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 60.
161. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 261.
162. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 30.
163. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 260.
164. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 263.
165. Mengliyev B. va boshq. O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 26-, 45.
166. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – Б. 48.
167. Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 262.
Avval tilda mavjud bo‘lmagan grammatik birliklarni chet el tilshunosligi andozasida qabul qilish yaxshi samara berishi mumkin. Tilshunoslikda o‘zga tillarning tajribasidan foydalanilar ekan, ularni qabul qilishda mazkur til xususiyatidan kelib chiqib xulosa qilinmasa, muammo muammoligicha qolaveradi.
Morfemaning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishiga doir manbalar yig‘ib chiqildi va dissertatsiyaning shu mavzuga bag‘ishlangan qismida 20 ga yaqin olimning qarashlari berib borildi, tahlil qilindi. Natijada morfemaga so‘zning tarkibiy qismi sifatida qaraydigan (yetakchi morfema va ko‘makchi morfema sifatida o‘rganadigan) olimlar an’anaviy qarash tarafdorlari va morfemaning shakllanish xususiyatiga ega emas, shakllantirish belgisigagina egaligini tan olgan olimlar mavjudligi aniqlandi.
Morfema borasidagi bahsli mulohazalar ko‘rib chiqilib, Azim Hojiyev, Shavkat Rahmatullayev va Baxtiyor Mengliyev kabi olimlarning bu boradagi fikrlari ma’qullandi. Ushbu olimlar o‘zbek tilshunosligida morfema faqatgina shakllantirish belgisigagina egaligidan kelib chiqib, uning yetakchi morfema (asos) va ko‘makchi morfema (qo‘shimcha) kabi turlarga bo‘linmasligini, bu termin shu tilda faqatgina lug‘aviy birliklarni shakllantirish uchun xizmat qilishini o‘z asarlarida keltirib o‘tishgan.
So‘z tarkibi lug‘atining morfem lug‘atdan farqi mavjud ekanligi asoslab berildi. Unga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida morfema tushunchasiga so‘zning tarkibi sifatida qarash o‘rinli bo‘lganligi sababli so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajratishga asoslangan lug‘at morfem lug‘at deb nomlangan. Keyinchalik Baxtiyor Mengliyev, Azim Hojiyev, Shavkat Rahmatullayev kabi olimlarning ushbu terminga o‘zbek tili xususiyatidan kelib chiqib bergan ta’riflaridan keyin ushbu terminga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Endilikda morfema shakllanish (asos) va shakllantirish (qo‘shimcha) xususiyatiga ega birlik emas, faqatgina lug‘aviy birliklarni shakllantirish xususiyatiga ega bo‘lgan birlik (qo‘shimcha) sanaladi. Shuning uchun so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajratishga asoslangan lug‘at “morfem lug‘at” emas, “so‘z tarkibi lug‘ati” deb nomlanishi asoslandi.
“Sar”ning leksema sifatidagi o‘rni aniq dalillar bilan mustahkamlandi. Bunga uning izohli lug‘atda o‘zlashma so‘z sifatida alohida berilishi va u qatnashayotgan so‘zlarda asosiy lug‘aviy ma’noni ifodalab kela olish xususiyati sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu qism qatnashayotgan so‘zlar borasida bir qator xulosalar berildi.
Affiksoid terminining o‘zbek tilshunosligi uchun ahamiyatsiz ekanligi mavjud manbalar asosida dalillandi. Qo‘shma so‘z bo‘lishi uchun kamida ikki mustaqil ma’noga ega bo‘lgan asos kerak. O‘zbek tilshunosligida affiksoidli so‘zlar na qo‘shma so‘z, na sodda so‘z (tilshunoslikda ularga so‘z-qo‘shimchalar sifatida qaraladi. Ya’ni so‘z va qo‘shimcha oralig‘ida bo‘lgan birliklar sifatida baholanadi). Tadqiqot davomida ular ishtirokidagi so‘zlar borasida bir-birini rad etadigan yetarlicha mulohazalar mavjud ekani ko‘rib chiqildi.
Ravishlarning tarkibga ajratilishi borasidagi muammolar o‘rganib chiqildi, soha olimlari tomonidan bildirilgan fikrlar tahlil qilindi. Unga ko‘ra, ravishlarning tarkibida egalik, kelishik va ko‘plik shakllari asos tarkibiga yaxlitlanib qolishi va yasalish xususiyatiga egaligi mavjud manbalar asosida isbotlandi. Bundan tashqari, ayrim ravish yasovchi morfemalar borasida xulosalar berildi.
O‘zbek tilida interfiks masalasiga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa-da, bu borada aniq ma’lumot berilmagan. Keltirilgan ma’lumotlar mavzuni oydinlashtirishga ojizlik qiladi. Shu sabab mazkur munozarali masalaga ushbu dissertatsiya ishida to‘xtalib o‘tildi va uning o‘zbek tilshunosligi uchun ahamiyatsiz ekanligi borasida xulosa qilindi.
So‘z tarkibi lug‘atining qurilishi jarayonida vujudga kelgan murakkab tarkibga ega so‘zlar (ravishlar, bir necha prefiksli so‘zlar, о “interfiks”li so‘zlar, arab artiklli so‘zlar, izofali birikmalar, qaratqichli birikmalarning leksikalizatsiyasi, to‘ldiruvchili birikmalar, ega-kesim munosabatli birliklar) alohida-alohida guruhlarga bo‘lingan holda tahlil qilindi.
Tadqiqot natijasida “O‘zbek tilining so‘z tarkibi lug‘ati” ishlab chiqildi. Ushbu lug‘at tarkibida 50 mingga yaqin so‘zlar tahlil qilingan bo‘lib, undan 422 ta qo‘shimcha va uning izohi o‘rin olgan.
I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
Мирзиёев Ш.М. 2017 – 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Адолат, 2017. – 112 б.
Mirziyoyev Sh. O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Prezident Sh.Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi. 2019-yil, 21-oktabr. https://www.gazeta.uz/oz/politics/
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси /prezident.uz/uz/lists/view/137/.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 22 декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. – Халқ сўзи, 2017 йил 23 декабрь. 258 (6952)-сон.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni // Xalq so‘zi. 2017, 8 fevral. №28.
II. Ilmiy adabiyotlar
Monografiya, ilmiy risola, darslik va o‘quv qoʼllanmalar
Abdurahmonov G‘. va boshq. О‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – 528 b.
ЎзМУ. Аюб Ғуломов ва ўзбек тилшунослиги. – Тошкент, 2004. – 166 б.
Abduazizov А. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: Sharq, 2010. – 177 b.
Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 136 б.
Аmоnоv U. Оnа tili (Mоrfоlоgiyа). – Buxоrо: Durdоnа, 2021. – 216 b.
Аnоrbekоvа А. Hоzirgi о‘zbek аdаbiy tili. – Тоshkent: Nоshir, 2011. – 336 b.
Абдуллаев Ф. Тил қандай ривожланади? - Тошкент: Фан, 1972. - 69 б.
Абдураҳмонов F. Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи. 1973. - 320 б.
Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. – Москва:1955. – 414 б.
Баскаков Н. А. Введение в изучение тюркских языков. – Москва: Высшая школа, 1969. – 383 б.
Баскаков Н. А. Историко-типологическая морфология тюркских
языков. – Москва: Наука, 1979. – 275 б.
Баскаков Н. А., Содиқов А.С., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. – Тошкент: VranyByn, 1979. – 192 b.
Berdialiyev А., Ermatov I. Hozirgi о‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Tamaddun, 2022. – 121 b.
Бердиалиев А. Сўз таркиби ва шакл-маъно номутаносиблиги. Бишкек, 2013. – 154 б.
Бердиалиев А. Ҳозирги ўзбек адабий тили, морфемика, сўз ясалиши. морфонология. - Хўжанд. 2015. – 134 б.
Березин Ф.М. История лингвистичесских учений. – Москва, 1975. - 304 б.
Бодуэн де Куртенэ. Избранные труды по общему языкознанию. Том 2. — Москва: Наука, 1963. - 391 б.
Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – 80 б.
Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. – Тошкент: Ўқитувчи, 2007. – 168 б.
Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши. – Тошкент: Ўқитувчи, 1989. – 109 б.
Ҳожиев А. Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. – Тошкент: Фан – 2010. – 256 б.
Ҳожиев А. Сўзнинг морфологик ва сўз ясалиш структураси.// Ўзбек тили ва адабиёти. 1976.
Hojiyev А. O‘zbek tilining ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzuvchilar uchun yo‘riqnoma.– Toshkent: 2000.
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Tоshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – 264 b.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, darslik. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti – 2013. – 330 b.
Jamolxonov H. Hozirgi о‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005. – 260 b.
Mengliyev B., Xoliyorov О‘. О‘zbek tilidan universal qо‘llanma. – Toshkent: Fan, 2008. – 436 b.
Mengliyev B. Hоzirgi о‘zbek tili. – Тоshkent: Tаfаkkur bо‘stоni, 2018. – 200 b.
Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи – 1992.
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.
Нигматов Х. Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI–XII вв. –Тошкент: Фан, 1989.
Nurmonov А. va boshq. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. – 80 b.
Нурмонов А. Танланган асарлар. 1-жилд. – Тошкент: Фан, 2012. – 308 б.
Қўчқортоев И.К. Сўз маьноси ва унинг валентлиги. - Тошкент: Фан, 1977. - 168 б.
Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки. – Тошкент: Фан, 1970. – 59 б.
Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили (дарслик). – Тошкент, “Университет” нашриёти, 2006. – 464 б.
Раҳматуллаев Ш. Тил қурилишининг асосий бирликлари. – Тошкент: Университет, 2002. 58 б.
Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент: Fan va texnologiya markazi, 2013. – 208 b.
Сапаев Қ. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – 254 б.
Sаpаyev Q. Hоzirgi о‘zbek tili. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, 2009.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2006. – 391 b.
Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi о‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – 405 b.
Сайфуллаева Р. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Мофология II (Ўқув қўлланма). – Тошкент, 2005.
Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. - Тошкент, 1981. – 225 б.
Тожиев Ё. Ўзбек тили морфемикаси. – Тошкент, 1992. – 68 б.
Тожиев Ё. Ўзбек тилида эргаш морфемаларнинг семантик-стилистик ва функционал хусусиятлари. – Тошкент, 2014. – 267 б.
Тожиев Ё. Шахс отлари ясовчи аффикслар синонимияси. - Тошкент, 1987. – 84 б.
Турсунов У. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 400 б.
Turobov А. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyoti, 2022. – 255 b.
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Barkamol fayz mediya, 2016. –195 b.
Usmon О., Avizov B. O‘zbek tili grammatikasi. I bo‘lim. Fonetika va morfologiya. – Toshkent, 1939.
Усмонов С. Ўзбек тилида сўзнинг морфологик тузилиши. – Тошкент, 2010 (1964). - 198 b.
Усмонов С. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 1972. - 208 б.
Виноградов В.В. Русский язык (грамматическое учение о слове). – Москва: Высшая школа. 1972.
Ўзбекистон ССР Фанлар академияси. Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. – Тошкент: Фан, 1975. – 609 б.
Шанский Н.М. Лексикология современного русского языка. – Из-во “Просвещение” М. 1964. – 160 с.
Шарафиддинов Х. Рифмы и ее функционально-стилистические особенности в структуре узбекских народных пословиц. АКД. – Ташкент, 1986.
Щербак А.М. Последовательность морфем в словоформе как предмет специального исследования // Вопросы языкознания. 1983. Nº3.
Щербак А.М. Грамматика староузбекского языка. - М. -Л., 1962. – 276 б.
Щербак А.М. Очерки по сравнительной морфологии тюркских языков (Имя). – Москва: Наука, 1977. - 191 6.
Щербак А.М. Очерк и по сравнительной морфологии тюркских языков (Глагол). - Л., 1981. - 184 6
Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Х. Ўзбек тили стилистикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. – 248 б.
Dissertatsiya va avtoreferatlar
Алимова З. Ўзбек тилидаги форсча-тожикча ўзлашмаларнинг фонетик, лексик-семантик хусусиятлари. Ф. ф. ф. д. дисс. – Фарғона, 2020-йил.
Бердиалиев А. Словообразующие сложные аффиксы в узбекском языке. Автореф. канд. дисс. - Тошкент, 1970. – 30 б.
Bozorov О. O‘zbek tilida darajalanish: fil.f.dokt. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya. Toshkent 1997. – 270 b.
Iskandarova Sh. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish (shaxs mikromaydoni): Filol. fan. nom. dis. ... avtoref. – Toshkent, 1999. – 56 b.
Мирзақулов Т. Ўзбек тили морфем парадигматикаси ва синтагматикаси масалалари. Филол.фан. док. дисс.: Тошкент: 1994.
Нормуродов Р. Шукур Холмирзаев асарларининг тил хусусиятлари: Филол. фан. номз. дисс. автореф. – Тошкент, 2000.
Ilmiy to‘plam, jurnal va gazetalardagi maqolalar
Abduvaliyeva D. Morfemika modulini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish // filologiya ufqlari jurnali. – 2024. – Т. 2. – №. 2.
Boysariyeva S. Morfem lug‘atlar klassifikatsiyasi va tabiati //«contemporary technologies of computational linguistics». – 2024. – Т. 2. – №. 22.04. – С. 561-564.
Неъматов Ҳ. Чегара келишиги. Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 4-сон. 1971. 33-39-б.
Раҳматуллаев Ш. Отларда негизлар (биринчи мақола) // Ўзбек тили ва адабиёти. 1971. Nº1.
Раҳматуллаев Ш. От лексемага қўшиладиган баъзи форма ясовчилар. Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 2-сон. 1975. 39-40-б.
Раҳматуллаев Ш. Отларда негизлар (иккинчи мақола) // Ўзбек тили ва адабиёти. 1971. Nº2.
Rasulova H. M. Maktab darsliklarida morfemika bo‘limiga doir mavzularni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi //Scientific Impulse. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 654-569.
Rustamovich M. А. O‘zbek tilshunosligida morfemaga munosabat // Ijtimoiy fanlarda innovatsiya onlayn ilmiy jurnali. – 2024. – Т. 4. – №. 4. – С. 76-79.
Zayniyevich X. X., Anarbayevna X. I. Morfemikaning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish holati //journal of science, research and teaching. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 93-96.
III. Lug‘atlar
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. – Москва, 1966. – 608 б.
Большой энциклопедический словарь. Языкознание. – Москва, 2000. – 688 б.
Mengliyev B., Bahriddinova B. О‘zbek tilining sо‘z tarkibi о‘quv lug‘ati. – Тоshkent: Yаngi аsr аvlоdi, 2007. – 56 b.
Mengliyev B. vа bоshq. О‘zbek tilining sо‘z yаsаlishi о‘quv lug‘аti. – Тоshkent: 2007. – 142 b.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик, 1-том. – Москва: 1981. – 632 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик, 2-том. –Москва: 1981. –715 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 1-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 679 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 2-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 671 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 3-жилд. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 687 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 4-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 606 б.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 5-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 591 б.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 962 b.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 2-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 1035 b.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 843 b.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 823 b.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 5-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 716 b.
О‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 6-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. – 862 b.
О‘zbek tilining imlo lug‘ati – Toshkent: О‘qituvchi, 2011. – 240.
О‘zbek tilining imlo lug‘ati – Toshkent: О‘qituvchi, 2013. – 528 b.
О‘zbek tilining katta imlo lug‘ati – Toshkent: Kafolat print company, 2023. – 648 b.
Ғуломов А. ва бошқ. Ўзбек тили морфем луғати. – Тошкент: Ўқитувчи – 1977. – 463 б.
IV. Internet saytlari
http://uzbekcorpora.uz/, https://uzbekcorpus.uz/newIndex.
https://izohli.uz
https://www.natlib.uz/
https://www.researchgate.net/publication/228881331_The_UCREL_semantic_analysis_system.
https://lex.uz/uz.